Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obssessiv alomat-miyadan
- Fobik alomat
- Nevrotik depressiya alomati
- Qo‘zg‘aluvchi psixopatlar-bemorlar
Patologik (qiziqish) psixopatlar - bemorlarning ba’zilarida ruhiyati baland bo‘lib yursa, boshqalarida pasaygan bo‘ladi. Ba’zi psixopatlarda jinsiy buzuqlik uchraydi. Masalan, gomoseksualizm — o‘z jinsidagi kishiga jinsiy mayl qo‘yish, sadizm - jinsiy aloqa qiladigan kishisining tanasini og‘ritib, jinsiy hirsini qondirish, pedofiliya - go‘daklarga jinsiy mayl qo‘yish, zoofiliya - hay vonlarga nisbatan jinsiy qiziquvchanlik. Psixopatlarda ko‘proq nevrotik, ba’zilarida esa isterik belgilar rivojlangan bo‘ladi.
Davosi. Psixopatlarni davolashda trankvilizatorlarga, neyro- leptiklarga katta ahamiyat berish kerak. Qo‘zg‘aluvchanlik bilan o‘tadigan psixopatik o‘zgarishlarga neyroleptiklar (neuleptil, mellipril, stelazin) yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Paranoyyal psixopatlarda stelazin, galoperidol, pimozid (orap) qo‘llaniladi. Agar kasallik o‘tkir affektiv qo‘zg‘alishlar yoki notinchlik bilan kuzatilsa, neyroleptiklar trankvilizatorlar bilan birga tomir ichiga yuboriladi. Astenik o‘zgarishlarda nootropil, ensefabol, glitsin, novopassit, riboksin, vitaminlar, nikotin kislotasi yaxshi samara beradi. Bemorlarni hayotga moslashtirish maqsadida ularni o‘rab turgan muhitni sog‘lomlashtirish, kerak boisa bemorlarni vaqtincha ichuvchi, narkoman yoki salbiy ta’sir etuvchi shaxslardan ajratish lozim. Bu borada bemor oilasi bilan psixoterapevtik ishlar olib borish, ular orasida o‘zaro tinch munosabatlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Nevrozlar Nevroz so‘zini fanga birinchi bo‘lib shotland shifokori Kellen 1776-yilda olib kirgan. Nevroz - bu markaziy asab tizimining funk- sional kasalligi hisoblanadi. Nevrozlarning quyidagi alomatlari bor: Astenik a 1 о m a t - asab va ruhiyatning zaiflashuvi, toliqishi. Juda ko‘p kasalliklardan keyin va sog‘lom odamlar charchaganda, toliqqanda astenik alomat kuzatiladi. Bunda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, serjahllik, yurak sohasida og‘riq, tez charchab qolish, xotiraning susayishi, mehnat qobiliyatining pasayishi va kayfiyatning buzilishi bo‘lib turadi. Bemorlarning uyqusi buziladi, uyqusi yuzaki bo‘ladi, tezda uxlab qolmaydi, ko‘p o‘ylaydilar, uyqudan turgandan keyin karaxt bo‘lib turadilar. Obssessiv alomat-miyadan ketmaydigan holatlar. Bunda bemorlar qilgan ishlarini qayta-qayta tekshirib yuradilar. Masalan: eshik qulflanganmi yoki yo‘qmi, gaz o‘chirilganmi yoki yo‘qmi deb bezovta bo‘lib yuradilar. Bemorlarning miyasiga qo‘rqinchli, vahimali narsalar o'rnashib qoladi va ulardan qutulish choralarini ko‘p o‘ylab yuradilar. Fobik alomat - bemorlar biror narsalardan qo‘rqib yashaydilar, kardiofobiya - yurak kasali bo‘lib qolishdan qo‘r- qish, lissofobiya-xvLhxy kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqish, ppso- /o6/>a - balandlikdan qo‘rqish, kanserofobiya - rak kasalligidan qo‘rqish, klaustrofobiya - yopiq imoratlardan qo‘rqish, agorafobiya - ochiq joylardan qo'rqish. Ipoxondrik a I о m a t — bemorlar o‘z sog‘lig‘iga nisbatan ortiqcha qayg‘uradilar va ko‘p o‘ylaydilar. Ipoxondrik alomat ruhiy kasalliklarda ko‘p uchraydi va fobiyaiar bilan birga kechadi. Ipoxondrik alomatda bemorlar tanasida uvushish, yoqimsiz his- tuyg‘ular va og‘riqlar boMib turadi. Nevrotik depressiya alomati - bemorlar tashqi voqealarga befarq, loqayd bo'lib qoladilar. Bemorlarning kayfiyati buzilgan, ishtahasi yo‘qolgan va uyqusi buzilgan boMadi. Bemorlar bir o‘zi yolg‘iz qolishga intiladi. Nevrotik deprcssiyada bemorlar o‘zini qo‘lga oladi, isteriyadagi singari harakatlar qilmaydi. Nevrasteniya Nevrasteniya - bu asteniya va depressiya alomatlarining birgalikda qo‘shilishi natijasida yuzaga keladi. Nevrasteniyada bemorlar shikoyati bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, yurak sohasidagi uvushish va og‘riq, qo‘l-oyoqlarning sovuq qotishi, ko‘p terlash, dispeptik buzilishlar - ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozon sohasida va ichaklarda og‘riq hamda ich ketishi yoki qotishidir. 179 Psixopatiyalar Psixopatiya - emotsional iroda buzilishidan xarakterning, ya’ni fe’l-atvorning kasallik tusiga kirishidir. Boshqacha aytganda, psixopatiya xarakter kasalligidir. Odamning atrofdagilarga moslashib olishi qiyinlashib qoladi. Bunday odamlar o‘zlarining ishlaydigan jamoalari bilan yaxshi chiqisha olmaydilar. Ular doimo janjallashib turishadi. Psixopatlar tajovuzkor boiib, o‘z xarakterining g‘alatiligidan o‘zlari qiynalib yuradilar. Psixopatlarning quyidagi turlari bor; Qo‘zg‘aluvchi psixopatlar-bemorlar arzimagan bahona bilan tutoqib ketadilar. Bemorlar tajovuzkor bo‘lib, ko‘pchiligida ruhiyatning aynib, isteriya ko‘rinishida bo‘lishidir. Bu turdagi bemorlar juda janjalkash, tez hayajonlanuvchi shaxslardir. Ular osoyishtalik davrida o‘zlarining yurish-turishlariga tanqidiy ko‘z bilan qarab, yo‘l.qo‘ygan xato va kamchiliklarini to‘g‘rilash choralarini izlashadi. 12- Asab va ruhiy kasalliklar 177 Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling