Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Senil sistit
Buyrak-tosh kasalligi 35-60 yoshlarda kam uchraydi. Toshlar hosil bo‘lishi buyraklarda moddalar almashuvining buzilishidir. Buyrakdagi toshlar ko‘pincha rentgenologik tekshirishda tasodifan topilishi mumkin.
Kasallik belgilari quyidagilardan iborat: bel sohasida simillab turadigan yoki qattiq og‘riqlar; sanchiq paytida mikro va makrogematuriya bo‘lishi; siydik bilan tuzlarning yoki toshlarning chiqishi va og‘riqning to‘xtab qolishi. Intestinal simptomlar - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, meteorizm. Juda ko‘p hollarda quyidagi simptomlar uchraydi: Qaltirash va tana haroratining oshishi. Siydik chiqishining kamayishi, hatto anuriyaga yetishi. Arterial bosimning oshishi. Buyrak sanchig‘ida to‘satdan belda qattiq og‘riqlar paydo bo‘lib, chov| sohasiga, qoringa, tashqi jinsiy organlarga o‘tib turadi. Bemorlar qattiq ‘ bezovtalanadilar, sanchiq bir necha minut, soat yoki kun mobaynida tutibj turishi mumkin. Qariyalarda og‘riqlar juda kuchli bo‘lmaydi, ko‘pincha yi xastaligini eslatadi. Kasallikni aniqlashda rentgenologik tekshirish kifoya Buyrak-tosh kasalligining oldini olishda to‘g‘ri ovqatlanish, haral rejimi, siydik yo‘llari infeksiyasining oldini olish tayinlanadi. Buyr sanchig‘i mahalida bemor 39-40°C li issiq vannaga tushiriladi (yur xasta bemorlarga man qilinadi). Og‘riqqa qarshi narkotik analgetiklar, 1 atropin eritmasi, 2 ml papaverin yuboriladi, 2 ml ketonal mushak orasiga. Og‘riqni qoldirish maqsadida quyidagi litik aralashma yuboris mumkin: platifilin, promedol, dimedrol yoki papaverin, promedol, dimedrol, aminazin. Mayda tosh va qumlarni yuvish uchun rovatineks, blemaren, sis- tenal, avisan, kellin ishlatiladi. Bemorlarga mineral suvlar, sanatoriylarda davolanish tavsiya etiladi. IV.4.4. Senil sistit Senil sistit - qariyalarda yoshlarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Kasallik prostata bezining adenomasi, buyrak toshlari oqibatida jinsiy organlar gigiyenasiga rioya qilinmaganda paydo bo‘ladi. Ayollarda senil sistitlari jinsiy organlar involutsiyasi, qinning tushib qolishi kabi kasalliklarda rivojlanadi. Kasallik davrida tez«tez og‘riq bilan siyish, achishish, siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Siydik loyqa, cho‘kmasida eritrotsitlar, leykotsitlar tdpiladi. Sistoskopiyada qovuq shilliq pardasida giperemiya va yiringli o‘choqlar aniqlanadi. Kasallikni davolashda antibiotiklar, furogin, 5-NOK,^ negram, Hseptol, urctropin buyuriladi. Analgin, papaverin, belladonnali rektal shamchalari qo‘yiladi. Mahalliy davolash maqsadida protorgol, kollargol eritmalari bilan qovuq yuviladi, bunda yiring va shilimshiqlar chiqarib yuboriladi. Sistitning oldini olish uchun qovuq kateterizatsiya qilinganda ascptika va antiseptika qoidalariga, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmoq kerak. IV.4.5. Prostata bezining adenomasi Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling