Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet154/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Mavzu: _________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
1.1. Quloq anatomiyasi
Eshituv va muvozanat organining asosiy qismi chakka suya- gining piramidasimon o‘simtasida joylashgan. U 3 qism - tashqi, o‘ita va ichki quloqdan iborat (1-rasm).
Tashqi quloq {auris externa) - quloq suprasi va tashqi eshituv yoMidan tashkil topgan. Quloq suprasi - teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan tuzilgan bo‘lib, tovush to‘lqinini ushlash vazifasi-ni bajaradi. Tog‘ay quloq chetida qayrilib supra burmasini hosil qiladi. Quloq suprasining asosini 0,5-1 mm qalinlikdagi elastik tog‘ay tashkil qilib, u har yon tomonidan teri hamda tog‘ay usti pardasi bilan qoplangan. Quloq suprasi uning tashqi sathini o‘rab olgan gajak va ichki tomondan unga qarama-qarshi joylashgan bolishsimon gajakdan tuzilgan. Quloq suprasining oldingi tomoni­dan ko‘tarilib tashqi eshituv yo‘lini bekitib turadigan bo‘rtmasi supacha deyiladi. Uning
orqa tomonidagi boshqa bo‘rtmasi qarshi supacha deyiladi. Quloq suprasining pastki qismida tog'ay plastinka o‘mida yumshoq yog‘ qatlami bor. Bu joy quloq yumshog‘i deyiladi. Quloq suprasi voronkasimon torayish hosil qilib, tashqi eshituv yo‘liga aylanadi.


Tashqi eshituv yo'li uzunligi 30—35 mm li «S»simon kanal bo‘lib, tashqi tomondan quloq teshigi, ichkaridan nog‘ora parda bilan chegaralanib turadi.
Tashqi eshituv yo‘li teri bilan qoplangan, quloq suprasi terisining davomi hisoblanadi. Tashqj eshituv yoUining pardali tog'aysimon bo‘limidagi terining qalinligi 1-2 mm bo'lib, sertuk, yog‘ va sera ishlab chiqaradigan bezlari bor. Bu bezlar shaklan o‘zgargan yog‘ bezlardir.
Ular jigarrang sekret ajratadi, bular o‘z navbatida yog‘ bezlari ajratmasi va tashqi eshituv yo‘li terisidan ko‘chgan epiteliylar bilan birgalikda quloq kirini hosil qiladi.
Nog'ora parda (membrana tympani) soat oynasiga o‘xshash botiq doira shaklida bo‘lib, yupqa va elastik to‘qimadan tuzilgan, diametri o'rta yoshdagi odamlarda 9x12 mm cha bo‘ladi. Quloqning nog‘ora pardasi nog‘ora bo‘shlig‘ining tashqi devori hisoblanadi (2-rasm).
U tashqi quloqdan o‘rta quloqni ajratib turadi. Shakli noto‘g‘ri (oval ko'rinishida bo‘lib) juda qattiq, xiyol elastik va juda yupqa (0,1 mm gacha) anatomik tuzilmadir. Nog‘ora parda 3 qavatdan iborat: tashqi - teri qavat (bezsiz va so‘rg‘ichlarsiz), ya’ni tashqi eshituv yo‘li terisining davomi hisoblanadi, ichki shilliq qavati — nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasining davomi sanaladi, o‘rta qavat - biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan ikki qavatli tolalardan (tashqi radiar va ichki aylana tolalardan iborat).
Nog‘ora parda tashqi eshitish kanali bilan o‘rta quloq chegarasida joylashgan aylana arteriyaga soat oynasi soat korpusiga joylashgandek kirib turadi.

205




Tashqi quloq uyqu aiteriyasi va yuqori jag‘ arteriyasi tarmoq- laridan oziqlanadi.
Tashqi quloqning harakat innervatsiyasi yuz nervi tarmoqlari, sezgi innervatsiyasi uch shoxli va adashgan nerv tarmoqlari bilan boshqariladi.

  1. Zararsizlantiruvchi 0,5% И gipoxlorid eritmasini tayyorlash

(1 litr SUV hisobida)

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling