Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet150/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Poliuriya. Bunda siydik miqdor me’yoriga nisbatan ko‘- payib, 2,5—3,0 litrdan 5—10 litrgacha yetadi. Agar bemor bunga ahamiyat bermagan boisa, undan necha marta hojatga borgani va har gal qancha siydik ajralgani, uning miqdori va rangi so‘raladi.
Diabeti bor bemorlar siydik yo‘li kasalliklaridan farqli o‘laroq, oz-ozdan siydik ajratadi. Siydik miqdori tungiga nisbatan kunduzi ko‘p boiadi. Shunga mos ravishda glukozuriya ham kunduzi ko‘p, siydigi yopishqoq bo‘ladi.
Polidipsiya. Kuchli chanqoq kasallikka xos belgi hisob­lanadi. Dastlab bemor uni sezmaydi, u kuniga 2—3 litrdan ortiq SUV ichadi. Sababsiz terlaydi, qizib ketadi, hatto ishtaha kuchli bo‘lsa ham, ozish rivojlanaveradi. Ba’zi bemorlarda semirib ketish kuzatiladi. Semirish deb vaznning me’yordan 20% ortib ketishiga aytiladi.
Polifagiya Doimiy yuqori ishtahada bo‘ladi. Sunday bemorlarni „ovqat ishqibozlari“, „ovqatni qizg‘anadiganlar“, deb atashadi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan keyingi guruh belgilar: adinamiya, lanjlik, asteniya hisoblanadi. Bu belgilar ko‘pincha bemorlarni bezovta qiladi va ular doimo shifokorga shikoyat qilib turadilar. Adinamiya (quvvatsizlik) asta-sekin, boshqa belgilar qatori zimdan rivojlanadi. Ozgina jismoniy harakat qilganda yengil charchash paydo boMadi. Dam olgandan so‘ng ahvol yaxshilanadi. Muskul charchashi og‘riq xurujlari va oyoq-qo‘llarining sal-pal titrashi bilan namoyon bo'ladi.
Kasallikka xos belgilardan yana biri teridagi va to‘qimalardagi ba’zi bir o'zgarishlar hisoblanadi. Bu o‘zgarishlar moddalar almashinuvi sindromining yomonlashishi yoki yaxshilanishi bilan paydo bo‘lib va yo‘qolib turadi. Shikoyatlardan yana biri teri qichishi hisoblanadi. Qichishish ko‘pincha jinsiy a’zolar sohasida va orqa chiqaruv teshigi atrofida bo‘ladi. Uzoq vaqt tuzalmaydigan, qaytalanadigan, odatdagi muolaja bilan davolab bo‘lmaydigan chipqonlar diabet bilan birga kechishi mumkin. Ekzemalar, dermatozlar, soch mikozlari, tirnoqlarning trofik yarasi kuzatilishi mumkin. Diabetda jarohatlar sekin bitadi, ichki a’zolar shikastlanishiga xos qator belgilar paydo bo‘ladi. Oshqozon-ichak yoMlari tomonidan: og‘iz qurishi, kuchli chan- qash kuzatiladi. Bemorlar og‘zida shirin ta’m paydo bo‘ladi. Tishlari qimirlab, tushib ketadi.
Yurak-qontomir sistemasida turli o‘zgarishlar: atero- sklerozning xilma-xil joylashishi, yurak sanchig‘i, miokard infarkti, qo‘l-oyoq tomirlari shikastfanishi (oyoq-qo‘llarning uvushishi, achishishi, oyoqning sovqotishi va boshqalar) belgi- lari kuzatiladi. Asab sistemasi tomonidan nevritlar, polinevritlar kelib chiqadi. Ko‘rish, jinsiy a’zolar ishi buziladi. Bemorning hayot tarzini so‘rab-surishtirish vaqtida kasallik rivojlanishidagi o‘z- garishlar sog‘lig‘idagi chetga chiqishlarni so‘rab-surishtirish kerak, chunki ular diabetdan oldin yoki u bilan birga kechadi. Atrof-muhit sharoiti: kasallik ko‘pincha moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan oiladagi odamlar orasida, ko‘proq shahar aholisi o‘rtasida rivojlanadi. So‘rashda ovqatlanish xususiyati, yeydigan ovqatning miqdori, uning kaloriyasi, bemorning turmush tarzi, ixtisosi, o‘tkir yoki surunkali ruhiy shikast- lanishlar bilan bog‘liqligiga ahamiyat berish kerak. Irsiy omil 10—50% hollarda ta’sir etadi. Otasi va onasi kasal bo‘lsa, kasallanish xavfli bo‘ladi, ulardan biri yoki boshqa qarindoshlari kasal boMsa, xavf kamroq bo‘ladi. Streptokokkli infeksiya, gripp, epidemik parotit (tepki), o‘tkir va surunkali pankreatit, kalla suyagining, miyaning shi- kastlanishi, qorindagi jarohatlar katta ahamiyatga ega. Bemorni diqqat bilan ko‘rish bemorning vazni ortganligini yoki u ozgan- ligini, charchoqlik sezayotganligini aniqlashga imkon beradi. Lunjning yoki peshonaning o'ziga xos to‘q pushtirangga bo‘ya- lishi kasallikka xos belgi hisoblanadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling