Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Termik va kimyoviy shikastlanishlar


Download 0.64 Mb.
bet158/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Termik va kimyoviy shikastlanishlar yuqori va past harorat, kislota, ishqor va boshqalar ta’sirida kelib chiqadi. Termik shikastianish deyarli hamisha yuz va bo‘yinning birga shikast- lanishi bilan qo‘shilib keladi. Kuyishda ham sovuq urishdagidek 4°C tafovut qihnadi. Kuyishda: I daraja — eritema; II daraja — shish va pufaklar paydo bo‘lishi; III daraja - terining yuzaki nekrozi (chirishi); IV daraja - chuqur nelaoz (chirish), ko'mirga aylanish. Sovuq urishda: I daraja — terining shishishi va ko‘karishi; II daraja —
pufaklar paydo bo‘lishi; III daraja — teri va teri osti klet- chatkalarining nekrozi (chirishi); IV daraja - tog‘ay nekrozi (chirish).
Hamshiralik parvarishi. Quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining terisi termik kuyganda birinchi yordam umumiy xirurgiyaning barcha qoidalariga asoslanadi. Og‘riqsizlantiruvchi dorilar — pantopon yoki morfm buyuriladi. Terining jarohatlangan joyi 2% li kaliy permanganat eritmasi yoki taninning 5% li suvdagi eritmasi bilan yuvib tozalanadi. Pufakchalar yorilgandan keyin 10-40% li kumush nitrat eritmasidan foydalaniladi. Agar nekroz boisa, nekrozlangan to‘qimalarni tozalash bilan birga antiseptik surtmalar va kortikosteroidlar (gidrokortizon suspenziyasi va boshqalar) qo‘llaniladi. Kuyishning dastlabki kuniyoq atreziya yoki torayib qolishning oldini olish uchun tashqi eshituv yo‘liga sintomitsin emulsiyasi shimdirilgan dokadan tayyorlangan tampon qo‘yiladi, keyinchalik esa tashqi eshituv yo‘li kengayib oraliq paydo bo‘lishi uchun tashqi eshituv yo‘liga rezinadan tayyorlangan naycha qo‘yiladi. Quloq suprasini sovuq urganda birinchi yordam sifatida uni iliq (37 °C li) suv bilan isitish, so‘ng spirt bilan artish kerak bo‘ladi. Pufaklar paydo bo‘lganda burishtiruvchi eritmalar va surtmalar qo‘llaniladi.
Bular pufakchalarni quritadi yoki boMmasa aseptika qoi­dalariga qat’iy rioya qilgan holda pufaklar yoriladi va ichidagi suyuqhklarni chiqarib yuborib antibiotikli surtma qo'yilgan bog‘lamlar qo‘yiladi. Ill va IV darajali termik kuygan bemorlar kasalxonalarda davolanadilar. Kimyoviy moddalardan kuyganda ko‘rsatiladigan yordam neytralizatsiyalovchi moddalar qo‘llashdan iborat bo‘ladi (kislota bilan kuyganda ishqor bilan neytralizatsiya qiiinadi va boshqalar), keyingi hamshiralik parvarishi usuli esa termik kuyishni davola- nishiga o‘xshash.
1.10. Quioqdagi yot jism
Tashqi eshituv yo‘lidagi yot jismlar xilma-xil boMishi mumkin: inayda hasharotlar, dukkaklilar urug‘i, metall zarrachalar va sluinga o‘xshash mayda jismlar. Ko‘pincha yot jismlar tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay qismida yoki tog‘ay qismining suyak bo‘limiga o‘tish joyida tiqilib qoladi.
Bunday hollarda bemor qulog‘ida biror narsa borligidan, yaxshi eshita olmayotganidan, ayniqsa, yot jism eshituv yoiining ichkarisiga kirib qolib, nog‘ora pardaga biror narsa tegib turganidan, og‘riqdan shikoyat qiladi. Ba’zan yo‘tal, ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Jonli yot jismlar o‘zining harakati bilan quloqda shangMllash, qitiqlash va og‘riq chaqiradi.
Quloqdagi yot jismlar maxsus ilgak yordamida chiqariladi (9- rasm). Tashqi eshituv yo‘lini orqa-yuqori devori bo‘ylab Jane shprisi yordamida yuvish yaxshi samara beradi






Agar tashqi quloq yo‘Uga kirib qolgan o‘simlikIar urug‘i shishib kattalashib, uni butunlay zich berkitib qo‘ygan bo‘lsa yoki jonli yot jism (hasharot) kirib qolsa, u holda uni olishdan awal quloqqa bir necha tomchi toza spirt tomiziladi. Shunda hasharot havo oUsh uchun tashqariga intiladi yoki o‘ladi. Shundan so‘ng yuvib olish mumkin. Agar yot jism quloq pardani teshib, nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tib ketsa, uni jarrohlik yoii bilan olib tashlanadi.
1.11. Quloq chirki

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling