Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet159/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Quloq chirki - tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay pardali qismida joylashgan bezlar sekretor funksiyasining buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan konglomeratdir. Agar bu cKirk quloqda ko‘p turib qolsa, qattiqlashib uning devorlariga yopishib qoladi. Bu holda odamning eshitish funksiyasi pasayadi, quloqda shovqin bo‘lishi va autofoniya kuzatiladi. Ba’zan bemorlar to‘satdan eshitish faoliyatining keskin pasayganidan, ayrim hollarda quloqda shovqin paydo bolishidan shikoyat qiladi.
Hamshiralik parvarishi. Agar chirk qattiq va eshituv yoii devorlariga yopishgan boisa, bemor qulog'iga ikki, uch kun davomida soda-glitserinli tomchi yoki «Otinum» preparati tomiziladi. Chirk yumshagandan so‘ng tashqi quloq iliq suvda Jane shprisi yordamida yuviladi. Buning uchun 100-150 ml iliq SUV olinib, quloq suprasini orqaga va yuqoriga, bolalarda esa orqaga va pastga tortib turib, suyuqlik oqimini eshituv yoiining orqa-yuqori devori bo‘ylab boiib-boiib yuboriladi. Quloqning eshituv yoiini tozalash va yuvishga quyidagi moneliklar mavjud. Bular tashqi va o‘rta quloq yalligianishlari, nog‘ora pardasining perforatsiyasi.
Bu muolajadan keyin eshituv yoii artiladi va quruq paxta bilan yopiladi.

231


229


227



Mavzu: _________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
.
Leykoz (yunoncha— leukos — oq) leykemiya oqqon raki — qon yaratish sistemasining o‘sma kasalligidir. Leykoz — qon yaratilish hujayralaridan paydo boiadigan va suyak ko‘migini zararlantiradigan o smalarning umumiy nomi. Kasallikning etiologiyasi noma’lum va uning kechishi xavfli o‘sma rivojlani- shini eslatadi. Leyko/ning vims tabiati to‘g‘risida taxminlar ilgari surilyapti. Leykoz mohiyati suyak ko‘migi, taloq, limfatik tugun- lar zararlanishidan ihorat. Leykozda periferik qonda ko‘p miq- dorda yetilmagan le\ kotsitlar kuzatiladi, ular, odatda, faqat suyak ko‘migida va limfotik uigunlarda bo‘ladi. Qator hollarda periferik qonda leykotsitlarninu umumiy miqdori ko‘paymaydi, ular sifat 232
jihatidan o‘zgaradi, xolos. Bunday leykozlar aleykemik leykoz- lar deyiladi. 0‘tkir va surunkali leykoz farq qilinadi. 0‘tkir ley­koz, asosan, navqiron yoshda uchraydi. Og‘ir kechishi gemo- poyezning nisbatan tez va chuqur buzilishi va letal natija bilan tugashi bo‘yicha farq qiiadi. Bu hamma leykozlar orasida eng ko‘p uchraydigan (qariyb 30 %) formasidir. Prognozi yomon. Bemorlar bir necha oydan bir-ikki yilgacha (hozirgi vaqtda ko‘proq) yashaydilar. Oiim kaxeksiya, qon oqishi, infeksiya qo‘shilib kelishi, leykozogen intoksikatsiya, neyroleykemiyadan yuz beradi. Bemor uzoq vaqt ko‘фa-to‘shakda yotishi natijasida yotoq yaralar paydo boMishi mumkin.
Klinir ko‘rinishi. 0‘tkir leykozning birinchi klinik belgilari turlicha bo‘ladi. Ko‘p hollarda bemorlar quvvatsizlik, ish- tahaning pasayishi, bo‘g‘imlarda og‘riq va mayda jaro- hatlanishdan, terida ko‘karishlar paydo bo‘lishidan shikoyat qiladilar. Boshqa bemorlarda kasallik o‘tkir boshlanib, ularda rinit, faringit, murtak bezlari yallig‘lanishi, tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi. Ba’Zida o‘tkir leykoz kutilmaganda — qonni analiz qilinganda aniqlanadi. 0‘tkir leykozning rivojlangan bosqichida kasallikning klinik ko‘rinishi anemiya, gemorragiya, infeksiya va yarali nekroz bilan asoratlanish sindromlari sifatida namoyon bo‘ladi. Anemiya sindromi quvvatsizlik, bosh aylanishi, yurak sohasida og‘riq va hansirash bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar ko‘zdan kechirilganda teri qoplamlari va shilliq pardalarning rangparligi aniqlanadi. Kamqonlikning ifodalanishi har xil bo‘lib, eritropozning pasayish darajasiga, gemoliz yoki qon ketishlarga bog‘liq. Gemorrogiya sindromi deyarli barcha bemorlarda uchraydi. Ularda milkdan, burundan, bachadondan qon ketishi, teri va shilliq qavatlarda qon quyilishi kuzatiladi. Teri ostiga yoki venaga dori yuborish uchun nina sanchilganda katta qon quyilishlar kuzatiladi. Kasallikning terminal bosqichida me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatlardagi qon quyilishlar yarali nekrotik o‘tadi.
0‘tkir lekozning terminal bosqichida kasallik tez rivojlanadi. Tana harorati yuqori raqamlargacha ko‘tariladi, umumiy bchol lik Orta boradi, bemorni eti junjikishi, ko‘p terlash bezovta qiladi. Ishtaha boMmaydi, burun, milk qonab turadi. Ko‘zdan kechirilganda terida ko‘p sonli qon quyilishlar topiladi. Stomatit, nekrotik angina rivojlanadi, bo‘yin va pastki jag‘ osti limfatik tugunlari kattalashgan, bo‘yin sohasidagi teri osti yog‘ qatlamiari shishgan bo‘ladi. Me’da devoridagi leykemik infiitratlar yoril- ganda me’dadan qon ketishlar kuzatiladi. 0‘tkir leykoz formasiga ko‘ra taloq, jigar, limfatik tugunlar kattalashadi. Qon tekshirilganda ayj olib borayotgan anemiya, trombotsitopeniya, redkulotsitopeniya qayd qilinadi. Leykotsitlarning qariyb 95 foizini miyeloblastlar va boshqa tabaqalashmagan blast hiijay- ralar tashkil qiladi, leykemiya qayd qilinadi. 0‘tkir miyeloley- koz-mityeloblast leykozda—qonda blast hujayralar va yetilgan leykotsitlar aniqlanadi, oraliq shakllari kam bo‘ladi (leykemik uzilish). 0‘tkir limfaleykoz — limfoblast leykozda qonda limfoblastlar ko‘p bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling