Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet160/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Davolash. 0‘tkir leykozni davolash shifoxona va ambulato- riya sharoitlarida kasallikning shakli, bosqichi, kechishiga ko‘ra iloji boricha erta o‘tkaziladi. Asosan, hujayra mitozining bar xil davrlarida ta’sir qiluvchi ximiyaviy preparatlar turli kom- binatsiyalarda beriladi. So'nggi yillarda kompleks terapiya: prednizalon 50 g dan kuniga, deksametazon, merkoptopurin (tana massasiga nisbatan 2,5 mg/kg hisobida, remissiya yuz bergunga qadar, siklofosfan ftoruratsil, antibiotiklar), qon va eritrotsit massa quyish (125-150 ml dan tomchi usulida, 3—5 kunlik tanaffuslar bilan) tayinlanadi. Davolash natijasida o‘tkir leykoz o‘rtacha o‘tkir turga o‘tadi, bemor umrini 1—2 yilga uzaytirish mumkin. 04kir leykozda qunt bilan parvarishlash, bemorga sharoit yaratish, og‘iz bo‘shlig‘ini nam tampon bilan artish, og‘izni tez-tez chayib turish, yotoq yaralarning oldini olish nihoyatda muhim.
Ian yuzaga chiqadi. Kasallikning klinik manzarasi 3 bosqichda (boshlang‘ich, rivojlangan, terminal) kechadi. Boshlang‘ich bosqich yashirin kechadi va asosiy belgilar rivojlangan bosqichda kuzatiladi.
Klinik manzarasi. Bemorlar umumiy darmonsizlik, chap qovurg‘alar ostida og‘irlik va og‘riq sezish, ko‘p terlash, milk- larning qonab turishidan shikoyat qiladilar. Tekshirib ko‘rilganda taloqning anchagina kattalashgani (taloq ham suyak ko‘migi singari miyeloid metaplaziyaga uchraydi va juda kattalashib tosgacha tushadi: ko‘ndalangiga 40 sm .gacha, og‘irligi 7 kg gacha yetadi, qorinning kattagina qismini egallaydi) ma’lum bo‘ladi, limfatik tugunlar ham kattalashadi, teri qoplamlari oqarib ketadi, bemor oriqlaydi. Tana harorati ko‘tariladi, qon tekshirilganda miyeloid qatoridagi leykotsitlarning yetilmagan formalari, pro- miyelotsit, metomiyelotsit, miyelotsitlar topiladi, leykotsitlar miqdori anchagina ko‘payadi, to‘sh suyagi punksiya qilinganda miyelotsit va promiyelotsitlarning katta miqdori aniqlanadi. Anemiya, trombotsitoz qayd qilinadi. Kasallik to‘lqinsimon— vaqt-vaqtida takrorlanib turadigan qo‘zish va remissiya bilan kechadi. Surunkali miyeloleykozning quyidagi klinik-gemetologik turlari farq qilinadi: leykemik (leykotsitlar miqdorining anchagina oshganligi va perefirik qonda ko‘p sonli donador elementlar paydo bo‘lishi qayd qilinadi), subleykemik (ley­kotsitlar miqdorining o‘rtacha oshishi va qon formulasidagi siljish bilan miyelotsitlar va promiyelotitlar paydo bo‘lgunga qadar), aleykemik-osteomiyelofibroz (leykotsitlar miqdori nor­mal yoki hatto pasaygan va periferik qonda yetilmagan hujayralar yo‘q) formalari. Osteomiyelofibrozda to‘sh suyagini punksiya qilish va punktatni tekshirishning ahamiyati katta: ko‘p sonli miyeloblastlar va promiyeloblastlar topiladi. Surunkali miyelo­leykozning atipik turlari ham kuzatiladi: eozinofil miyeloleykoz, periferik qonda, asosan, atsidofil granulatsitlar bo‘lishi bilan xarakterlanadi va bazofil miyeloleykoz- Eng og‘ir asorati — ko‘p qon oqishi bilan o‘t^igan gemorrogik diatez.
Klinik belgilaridah tashqari surunkali miyeloleykoz tashxisini



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling