Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Askaridalarning rivojlanish sikli ikki fazadan iborat


Download 0.64 Mb.
bet29/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Askaridalarning rivojlanish sikli ikki fazadan iborat;

  1. Migratsion faza.

  2. Ichak fazasi.

Birinchi, migratsion fazada yutib yuborilgan tuxum ichakka o‘tib, invaziyalovchi lichinka tuxum pardalaridan shu joyda bo‘shanib chiqib, ichak shilliq pardasi, mayda-mayda vena tomirlarini teshib o'tadi va qon oqimi bilan birga qopqa venasiga, jigar tomirlariga, so‘ngra pastki kovak vena bilan yurakning o‘ng yarmiga yetib boradi. Lichinka o‘pka kapillyarlaridan o‘tib borar ekan, ulami teshadi va quyulib qoladigan qon tarkibida o‘pka alveolalari bilan bronxiolalarga tushadi. Nafas yo‘llarining hilpillovchi epiteliysi lichinkaning bronx, traxeya va halqumga qarab surilib borishiga yordam beradi. So‘ngra lichinka og‘izga o‘tib, so‘lak bilan biiga yana yutib yuboriladi va shu yerda ikkinchi faza — ichak fazasi boshlanadi. Askaridalarning tuxumidan chiqqan lichinkalik paytdan tortib to birlamchi bor tuxum qo‘yadigan bo‘lib olgunicha oradan 9 haftadan to 15 haftagacha vaqt o’tadi.
Klinikasi. Askaridozning birinchi fazasi klinik jihatdan olganda simptomsiz o‘tadi yoki subfebril harorat, yo‘talish, tez o‘tib ketadigan bronxitlar, pnevmoniyalar, plevritlar bo‘lib turishi bilan birga davom etadi, ana shunday bronxitlar, pnevmoniyalar, plevritlarda balg‘amda ba’zan lichinkalar topiladi. Aksariyat bolalar yanglishib nafas yo‘llari kasalliklari bilan og'riganlar qatorida samarasiz davolanadi. Ba’zida bola badaniga polimorf toshma toshadi, terisi qichishib turadi, tana harorati ko‘tariladi va qonda eozinofiliya aniqlanadi. Askaridozning ikkinchi ichak fazasi xilma-xil klinik manzara bilan kechadi. Ko‘pincha bolaning ishtahasi pasayib, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qayt qiladi, so‘lagi oqadi, qornida tutib-tutib turadigan og‘riqlar paydo boMadi, ichi buziladi, tana vazni kamayib qoladi, uyqusi behalovat, tez charchaydigan, injiq bo‘lib qoladi, maktabdagi o‘zlashtirishi pasayib ketadi va hokazo. Ayrim hollarda zo‘rayib boradigan enterit, enterokolit, meningeal hodisalar kuzatilishi mumkin. Bolaning terisida (ayniqsa yuzida), badan terisida oq dog‘lar paydo bo‘ladi, bola kechalari uxlaganda bezovta bo‘lib tishlarini g‘ijirlatadi, jizzaki bo‘lib qoladi.
Asoratlari. Kasallikning ikkinchi — ichak fazasida ba’zida bo‘lsa- da, lekin og‘ir asoratlar: obturatsion va spastik ichak tutilishi, askaridoz peritonit kelib chiqishi mumkin. Askaridalarning ichakdan o‘nnalab chiqib, me’da orqali hiqildoq, traxeya va bronxlarga o‘tib qolishi nihoyatda kamdan-kam uchraydigan asoratlar hisoblanadi.
Oqibati. Askaridoz odatda vaqtida aniqlanib, tegishli davo choralari olib borilsa, oqibati xayrli bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling