Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Tug‘uruq biomexanizmi
Tug'uruqning birinchi davrida haydab chiqaruvchi kuch dard bo‘ladi, uning hisobiga bachadon bo‘yni ochiladi. Dard — bu bachadonning ixtiyorsiz davriy qisqatishidir. Tug‘ish faoliyati tezlashishi bachadon ichki va tashqi mushaklarining aniq mo‘ljalli qisqarishi hisobiga sodir bo‘ladi. Tug‘uruq me’yorida davom etganda, dardning kuchi va davo- miyligi uzluksiz oshib boradi. Dard tutish orasidagi vaqt qisqarib boradi. Dard natijasida bachadonning fchki bosimi oshadi va homila pardasi bachadon bo‘yni kanaliga o4adi. Bu bachadon bo'ynining ochilishiga yordam beradi. Bachadon bo‘yni ochilish mexanizmi birinchi va qayta tug‘uvchi ayollarda bir xil bo‘lmaydi. Birinchi tug'uvchi ayolda bachadon bo‘yni ochilishi ichki bo‘g‘iz tomondan boshlanadi, keyin bachadon bo‘yni silliqlanadi va tashqi bo‘g‘izi ochila boshlaydi. Qayta tug‘ayotgan ayollarda ichki va tashqi bo‘g‘iz ochilishi bir vaqtning o‘zida bachadon bo‘yni qisqarishi bilan sodir bo‘ladi. Bachadon bo‘yni to‘liq yoki qisman ochilganda homila pardasi yoriladi va qog‘onoq suvlari chiqib ketadi. Qog‘onoq suvlari bachadon to‘liq ochilmay turib oqib ketsa, barvaqt suv ketish deyiladi. Agar suv dard boshlanguncha oqib ketsa, bu holat ilgari SUV ketish deyiladi. Kam hollarda qog‘onoq suvlari ketishi kechikadi. Bu holatda qog‘onoq pardasini ochib yuborishga to‘g‘ri keladi. Bachadon bo‘ynining to‘liq ochilishi tug‘uruq birinchi davri- ning tugaganini bildiradi. Tug‘uruqning ikkinchi — homilani haydab chiqarish davrida homila tug'ilishi sodir bo‘ladi. Qog‘onoq suvlari oqib bo‘lgach, dard birmuncha to‘xtaydi yoki sekinlashadi. Bachadon tubi balandligi kichrayadi va bachadon homilaga zich tegib turadi. Tug'uruqdagi ikkinchi davrning haydab chiqaravchi kuchlari kuchaniq bo‘ladi. Kuchaniqning darddan farqi shundaki, bachadon mushaklarining ixtiyorsiz reflektor qisqarishiga qorin mushaklari,' diafragma, dumg‘azaning toialigicha reflektor qisqarishlari kelib qo‘shiladi. Kuchanish quwati tug‘ayotgan ayol tomonidan ixtiyoriy boshqariladi. Ayol o‘zi kuchanishni kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Homilaning awal old qismi, keyin gavdasi tug'iladi. Homila tug'ilgandan keyin tug‘uruqning III davri boshlanadi. Bu davrda yo'ldosh va qobiqlar bachadon devoridan ajralishi va yo‘ldosh tug'ilishi kuzatiladi. Yo‘ldosh ajralishining belgilariga quyidagilar kiradi: yengil dard paydo bo‘lishi; bachadon tubi balandligi awal ko‘tariladi, so‘ng qorin o‘rta chizig‘idan chetga chiqadi; kaft qirrasi qov ustiga bosib ko‘rilganda, qisqich qisilgan kindik tizimchasi ichkariga qarab ko'tarilmaydi, aksincha, tushib turadi. Yo‘ldosh bachadonga yoki homilaga qaragan yuzasi bilan tugilishi mumkin. Yo‘ldoshning homilaga qaragan yuzasi yaltiroq (qobiq) bo‘lib, unda kindik tizimchasi aniqlanadi. Bachadonning qisqaruvchanligini baholash. Tug'uruq vaqtida bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati uning tonusi, kuchi, davomiyligi, dard tutish oralig‘i va ritmi bilan xarakterlanadi. Bachadonning qisqaruvchanligini baholash uchun tug'uruq vaqtida paypaslab ko‘rish, maxsus apparat yordamida bachadon qisqarishini yozib olish mumkin. Paypaslab ko‘rilganda qo‘l bachadonning yuqori qismiga qo‘yiladi, sekundomer bilan bachadon qisqarish davomiyligi va oralig‘i, shuningdek, dard kuchi aniqlanadi. Bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati 2 xil: tashqi va ichki gisterografiya (tokografiya) usulida yozib olinadi. Tashqi gisterografiya usulida qorinning old devoridan bachadon qisqaruvchanligi datchiklar yordamida aniqlanadi. Bu usul xavfsiz va aseptik, lekin ko‘rsatkichlarga teriosti yog‘ qatlamining qalinligi, mushaklar zo‘riqishi hamda datchiklardan qanchalik to‘g‘ri foydalana olishlik ta’sir ko‘rsatadi. Datchiklarni bachadon bo‘yniga qo‘yib ichki gisterografiya (tokografiya) o‘tkaziladi. Tug'uruqning davomiyligini raqamlarda quyidagicha ifodalash mumkin: 1 davr. Birinchi bor ko‘zi yoriyotgan ayollarda 10—11 soat, qayta ko‘zi yoriyotgan ayollarda 6—7 soat; Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling