Klinikasi. Pilorostenoz belgilari bolada asta-sekin ayj olib boradi. Sutni qaytarib tashlash hodisasi bola 2-3 haftalik bo‘lganida paydo bo‘ladi, tezda fontandek, varaq-varaq qusishga aylanib ketadi. Ayni vaqtda, qusuq massalarining miqdori bola so‘rib olgan sut miqdoridan ko‘proq boMadi. Uzoq muddat, takror-takror qusaverish natijasida bola organizmi holdan toyadi, suvsizlanish kelib chiqadi.
Pilorostenozning eng yaqqol namoyon boiadigan simptomlaridan biri me’daning peristaltika mahalida qum soat shakliga kirib qolishi bo‘lib, uni bolani ovqatlantirayotganda yoki qomini yuza palpatsiya qilib turgan mahalda ko‘rish mumkin. Bolada siyish muddati va siydik miqdori kamayadi, qabziyat paydo bo‘ladi, dispeptik yoki «ochlikka xos» ich kelishi kuzatiladi.
Pilorostenoz diagnozi rentgenologik tekshiruv natijasiga ko‘ra tasdiqlanadi. Odatda me’daga yuborilgan bariy bo4qasi pilorospazmda 4—5 soatdan keyin ichakka o‘tadi, pilorostenozda esa bariy 24 soat va bundan ham ko‘proq vaqtgacha (agar bola qusib bariy bo‘tqasini chiqa- rib tashlamasa) me’dada qolib ketadi.
Asoratlari. Kasallik vaqtida aniqlanmaganda gipotrofiya, keyin- chalik atrofiya rivojlanishi, ikkilamchi kasallikiar qo‘shilib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |