Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet34/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Pilorostenoz

1

Bola tug‘ilishidan qusa boshlaydi.

1

Qusish bola 2—3 haftalik boigan mahaldan boshlanadi.

2

Qusish mahallari har kuni har xil boiadi.

2

Qusish mahallari birmuncha doimiy boMadi.

3

Bola qusganida tashlaydigan sut miqdori emib olgan sutidan kamroq boiadi.

3

Bola qusganida tashlaydigan sut miqdori emib olgan sutidan ko‘proq bo‘ladi.

4

Qabziyat bo‘ladi, ammo ba’zida o‘z-o‘zidan ich kelishi mumkin.

4

"Hamisha deyarli og‘ir qabziyat bo'ladi.

5

Siyish sonlari kamayib qoladi (bola 10 martagacha siyadi).

5

Siyish sonlari keskin kamayadi (bola 6 martagacha siyadi).

6

Badan terisi uncha oqarmaydi.

6

Badan terisi keskin oqarib ketadi.

7

Bola ko‘p yig‘laydi.

7

Bola yig‘lamay tinch yotadi.

8

Tana vazni o‘zgarmaydi yoki biroz kamayadi.

8

Tana vazni keskin kamayib ketadi.

9

Bola kasalxonaga kelganda tanasining vazni tug‘ilganidagiga qaraganda ko^proq bo‘ladi.

9

Bola kasalxonaga kelganda tanasining vazni tug‘ilganidagiga qaraganda kamroq boiadi.


Oqibati. Toiiq tekshiruvlar natijasida aniqlangan kasallik muvaf- faqiyatli o‘tkazilgan operativ davolashdan so‘ng batamom yo‘qolib ketishi mumkin.
Hamshiralik tashxislari. Tinmay qusish, qabziyat, tana vaznining keskin kamayishi va hokazo.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Rentgenologik va rentgenoskopik tekshiruvlar, sutkalik siydik miqdorini aniqlash, kontrol o‘lchash va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Pilorostenoz odatda operativ yoi bilan davolanadi. Asosiy e’tibor bolani operatsiyadan keyingi davrda yaxshi parvarish qilib borishga qaratilgan bo‘lmog‘i kerak. Operatsiyadan so‘ng 3 soat o‘tgach, bolaga har ikki soatda sog‘ib olingan sutdan 20 ml dan berib turish tavsiya etiladi. Keyingi kunlari sut miqdori asta-sekinlik bilan (10 w/ dan) ko‘paytiriladi va 5-kunlarga kelib bolani kuniga l-2 maita 5 daqiqadan emizishga ruxsat beriladi. 7-10 kunlaiga kelib esa bolani to‘liq ko‘krak suti bilan emizib boqishga o‘tish mumkin. Qolgan barcha davo choralari paydo bo‘ladigan patologik simptomlaira qarab olib bo’ladi.
Profilaktikasi. Pilorostenozning oldini olish choralari xuddi pilorospazmdagi kabi isMarni amalga oshirishga asoslangan.

MAVZU: _______________________________________________
_____________________________________________________________________
Oftalmologiya ko‘ruv analizatorining anatomiya va fiziologiyasini, ko’z kasalliklarining etiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olishni o'rganadigan fandir. Oftalmologiya XIX asrning o‘rtalaridan tibbiyotning mustaqil sohasi sifatida shakllana boshlagan. Inson hayotida ko'rishning ahamiyati katta, chunki ko‘z orqali odam atrofdagi 80— 90 % ma'lumotni qabul qilsa, 10—20 % ini quloq, burun, hid bilish va sezish a'zolari orqali qabul qiiadi. Ko‘rishning zaiflashuvi vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qolishiga, ko‘zdagi turg‘un anatomik va funktsional o'zgarishlar esa nogironlik uchun asos bo‘ladi. Ko‘z shifokori oftalmolog (yunoncha «ophthalmos» — ko‘z, «logos» — fan) yoki okulist (lotincha «oculus» — ko‘z) deyiladi.
Barcha Lxtisoslikdagi tibbiyot xodimlari oftalmologlaiTiing eng yaqin yordamchilari bo‘lishlari lozim. Negaki, ular ko‘z soqqasi va uning qo'shimchalarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklari: qovoqlar, shox parda, shilliq pardasining zararlanishini aniqlay olishlari, ko‘r bo‘lib qolish etiologiyasida ahamiyati katta bo‘lgan glaukoma, katarakta, iridotsiklit va boshqa kasalliklaming simptomlari to‘g‘risida tushunchaga ega bolishlari shart. Ko‘z kasalliklari shikastlarida shifokor kelguncha yordam ko‘rsata olishlari, shuningdek, bemorni o‘z vaqtida oftalmologga yiiborishlari, ularni parvarishlash va davolash bo'yicha ko‘rsatmalarni puxta bajarishlari lozim. Oftalmologiya fanining rivojlanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ko‘z kasalliklari haqidagi ma'Iumotlami qadimgi Misrda eramizdan 4400 yil avval ham topish mumkin. Faraonlar qabrlaridan ko‘z kasalliklariga oid kitoblar va dori qoldiqlari bo'lgan flakonlar qazib olingan. Qadimgi yunon tibbiyotining otasi Gippokrat (eramizgacha 460—372 yil) ko‘z strukturasi va ko‘pgina ko‘z kasalliklarning rivojlanishini ta'riflab bergan. Arab shifokorlari tomonidan oftalmologiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha 12 ta qo‘Uanma yozilgan. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» kitobining 3-tomi ko‘zning anatomiya, fiziologiya va patologiyasiga bag‘ishlangan. G.Gelmgols (1821 — 1899) fanda muhim kashfiyot — oftalmoskopiyani kashf etdi. Bu ko‘z tubini, ya'ni ko‘z soqqasining yorug'lik taassurotini qabul qiladigan ichki orqa tomonini (setchatka) va ko'ruv nervini ko'rish imkonini berdi. Ko‘z tubidagi o‘zgarishlar nafaqat ko‘z kasalliklarining tashxisi va profilaktikasida, balki yurak, qon-tomir, buyrak, endokrin, nevrologik va yuqumli kasalliklar patologiyasida ham muhim ahamiyatga egadir. Oftalmologiyaning yutuqlari shu fanning atoqli namoyandalari bo‘lgan M.I. Averbax, V.N. Arxangelskiy, V.P. Odintsov, V.P. Filatov, N.I. Medvedev, N.A. Puchkovskaya, T.I. Eroshevskiy, S.N. Fedorov, Ye.I. Kovalevskiy, A.V. Xvatova va boshqalaming nomi bilan bog‘liq. Toshkentda 0‘rta Osiyo Davlat universitetining ochilishi bilan uning tibbiyot fakulteti tarkibida ko‘z kasalliklari kafedrasi tashkil etilgan. 1931-yilda kafedra I ToshDavTI kasalxonasiga ko‘chgan. Kafedrani professor A. N. Murzin 1924-yildan 1931-yilgachaboshqai;gan. 1932- yildan 1953-yilgacha professor P. F. Arxangelskiy rahbarlik qilgan. Uning 100 dan ortiq ilmiy ishi mavjud, 1936-yilda ko‘zni protezlash punktini, 1940-yilda esa traxoma dispanserini tashkil etgan. 1957—1969-yillarda oftalmologiya sohasidagi o‘zbeklardan birinchi fan nomzodi, dotsent T. Ye. Qosimov kafedrani boshqargan. Uning glaukoma, ko‘z shikastlanishiga oid qirqqa yaqin ilmiy ishlari mayjud. 1969-yildan 1990-yilgacha kafedrani o‘zbek ayollaridan birinchi fan nomzodi va 0‘rta Osiyoda ayollardan birinchi fan doktori, professor M.X. Hamidova boshqardi. Ulaming 150 dan ziyod ilmiy ishlari oftalmologiyaning dolzarb masalalari — ko‘zning homiladagi anomal rivojlanishi, uning toksoplazmozi, glaukoma, katarakta, ko‘z shikastlanishiga bag‘ishlangan. Hoziigi paytda bu kafedraga 0‘zbekiston Respublikasining bosh oftalmologi A. R. Xudoyberdiyev boshchilik qilmoqda. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. A. R. Xudoyberdiyev Toshkentda «Shifo nur» xususiy klinikasini ochib, dunyodagi eng zamonaviy uslublarda ish olib bormoqda. Markaziy Osiyoda yagona boMgan «eksimer — lazer» jarrohlik markazi ish yuritmoqda.
II Toshkent Davlat tibbiyot institutida ko‘z kasalliklari kafedrasida uzoq yillar mobaynida ishlab kelgan professor T.G.Ilina, X.K.Hojimuha-medov samarali faoliyat olib borishgan. Hozir bu kafedrani tibbiyot fanlari doktori F.A.Bahritdinova boshqarmoqda. Kafedrada turli mavzuda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, dissertatsiyalar himoya qilinyapti.
Markaziy Osiyo respublikalarida ishlayotgan shifokorlaming kasb mahoratini va amaliy tajriba malakalarini oshirish maqsadida 1932- yilda Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan institutda ko‘z kasalliklari kafedrasi ishlay boshladi. 0‘tgan 20 yil mobaynida 3500 dan ortiq ko‘z shifokorlari ushbu kafedrada oftalmologiya bo‘yicha ixtisoslashib, umumiy malaka va tajribalarini oshirishdi. Bu kafedraga 1957—1988-yillar davomida 0‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor M.K. Komilov rahbariik qildi. U 130 dan ortiq ilmiy ish va monografiyalarning muallifidir. Hozir bu kafedraga iste'dodli oftalmolog, tibbiyot fanlari doktori, professor X.M.Komilov rahbarlik qilmoqda.
Mintaqada go‘daklar, bola va o‘smiriar salomatligini saqlash maqsadida 1972-yili Toshkentda 0‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti ochildi. Institut ko‘z kasalliklari kafedrasining mudiri bo‘lib prof. O.G.Levchenko ishladi. U bolalar ko‘z kasalliklariga bag‘ishlangan 110 ta Umiy ish, ikkita monografiya chop etdi. Dotsent X.M.Mirzayev, B.A.Zohidov, S.L.Pisarevskiy tumanlararo bolalar ko‘z kasalliklari xonalarini, viloyatda g‘ilay bolalarni davolovchi bolalar bog‘chalarini ochishdi. Oftalmologiya juda ham rivojlangan fan sohasi bo‘lib, aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Dunyoning eng kuchli jarroh oftalmologlar brigadasi yig'ilib, «Orbis» klinikasini tashkil qilishgan. Bu klinikaning shaxsiy jarrohlik samolyoti bor. U turli mamlakatlaiga uchib таЬаШу aholiga zamonaviy jarrohlik yordamini ko‘rsatib, shu bilan biigalikda таЬаШу shifokorlaiga o‘zlari qo'llayotgan usullami o‘rgatib kelishmoqda. Bu klinika bar ikki yilda Toslikentga ham keladi. Rossiyalik mashhur oftalmolog S.N.Fedorov esa teploxod klinika Ьафо etgan. Bu teploxod turli mamlakatlarga suzib borib, jarrohlik usulida bemorlarni turli ko‘z kasalliklaridan forig‘ etmoqdalar. Toshkentda esa Respublika ko‘z kasaliiklari klinik shifoxonasiga biriktirilgan maxsus operatsiya avtobusi bor. U turli viloyatlarga borib, ko'pdan-ko'p ko'zi ojiz bemorlarni zamonaviy jarrohlik usuli yordamida davolayapti.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling