Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Biologik va psixosotsial ta’sirlarning umumiyligi tamoyiliga


Download 0.64 Mb.
bet74/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Biologik va psixosotsial ta’sirlarning umumiyligi tamoyiliga, asosan, har bir bemorga undagi o‘ziga xos kasalligining klinik kechishi, bemorning psixosotsial statusiga, individual, ya’ni yakka, yo'naltirilgan holda munosabatda bo‘lishdir. Biologik davolash usullari ijtimoiy va psixoterapiya, reabilitatsiya bilan birgalikda olib borilishi kerak. Biologik terapiyada turli xil davolash usullari bo‘lib, yo'nalishi va ta’sir etish mexanizmlari bilan ajralib turadi, kasallikning patobioiogik, somatoserebral mexanizmiga, patogeneziga ta’sir etadi. Kasallikning paydo boMishi genezida va qayta tiklanish davrida biologik va ijtimoiy taassurotlar biriigini inkor etolmaymiz.
Reabilitatsion dasturda zo‘r berish va ta’sirlarni har tomonlamalilik tamoyiliga binoan reabilitatsiya masalalarini hal etishda tabiiy chora- tadbirlardan tashqari psixologik, oilaviy, professional, ya’ni kasbiy, jamoa muhiti va dam olish muhitiga xos bo'lgan xususiyatlami ham hisobga olib, ulardan o‘rinli foydalangan holda olib borishdir.
Reabilitatsiyada shifokor va bemorning hamkorligi tamoyili mazmuni reabilitatsiya ishlari masalalarini hal etishda, davolash chora-tadbiriarini olib borishda shifokor va bemor o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhim ahafniyatga ega. Qolaversa, faqat shifokor va bemor o'rtasidagina emas, balki davolash jarayonida bemor va u bilan munosabatda bo‘ladigan barcha tibbiyot xodimlari o'rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlarining bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bemor ishonchini oqlash oson emas, albatta, bu uning shaxsiy xususiyatlari, temperamenti, xarakteri, kasallik va uning bemorga ta’siri bilan bog'liq. Shu sababli tibbiyot xodimlari bemor bilan bo‘lgan munosabatlarida unda ishonch tuyg‘ularini uyg‘ota olsa, bu xususiyat, tamoyil davolash ishlarini olib borishda o‘z ijobiy ta’siriga ega bo‘iadi. Barcha reabilitatsiya tadbirlari bemomi davolash-tiklash jarayoniga jalb etishga qaratilgan, faolligini oshirishga moijallangan bo‘lishi kerak. Reabilitatsiya jarayonini bemorning faol ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling