Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet79/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Laborator tekshiruv usullari: umumiy qon analizi, koagulog- ramma, sternal punksiya (suyak ko‘migi analizi), umumiy siydik analizi, qonning bioximik analizi: (zardobdagi temir), oshqozon massa- sining analizi.
Davosi: Medikamentoz davosi, ya’ni dori-darmonlar bilan davolash. Diyetoterapiya, qon kasalliklarida parhez ahamiyati judayam katta.
Hamshiralik parvarishi va o‘z-o‘zini parvarish qilish. Termore- gulatsiya va harorat sezgisi buzilganda haroratni doimiy ravishda o‘lchash kerak. Vitamin В,^ kamqonligida - kasallik avj olgan paytda harorat ko‘tarilishi mumkin. Addisson-Birmer anemiyasida periferik nerv tizimi jarohatlanganligi sababli og‘riqni sezish buziladi hamda ular sovuqni issiqdan ajratolmay qoladi. Shuning uchun bemorlarga issiq grelkalar berishda, muolajalar qilishda ehtiyot bo‘lish lozim. Addisson-Birmer anemiyasida siydik chiqarish faoliyati buzilishi natijasida bemor o‘zi bilmasdan siyib qo‘yishi mumkin.
Lixoradkada bemor isitiladi (ko‘rpa yopiladi, oyog‘iga issiq grelka qo‘yiladi va issiq choy beriladi). Har ikki soatda harorat o‘lchanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va lablar suv bilan ho‘llab qo‘yiladi, labdagi yoriqlarga vazelin surtiladi. Juda yuqori temperaturada bosh ustiga muz osib qo‘yiladi. A/B, puls, nafas sonlari qaytadan o‘lchanib, natija varag‘iga yozib qo‘yiladi. Teri tozaligiga, ichki kiyim va oqliklariga e’tibor beriladi. Shifokor ko‘rsatmalari ba- jariladi. Haroratni kritik tushib ketishiga tayyorgarlik ko‘riladi: iliq choy, grelka, toza va quruq oqliklar, kofein, kordiamin, sulfokamfokain tay- yorlab qo‘yiladi. Harorat chiqqanda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ruhiy holatlarga e’tibor beradi. Hadeb to‘shakda yotish bemorda zotiljam yoki qon aylanishi buzilishiga olib kelishi mumkin. 0‘pkasidagi asoratlarni oldini olish maqsadida tana holatini tez-tez o‘zgartirib turish va nafas gimastikasini amalga oshirish zarur. Nafas gimnastikasi usullarini hamshira o‘rgatadi. Gematologik kasalliklarda ko‘pincha milklar shishi va qonashi kuzatilib, keyinchalik og‘iz bo‘shlig‘ida yiringli jarayonlar avj oladi. Shuning oldini olish maqsadida hamshira bemor og‘zini kuniga 2-3 marta chaydiradi (1 stakan suvga 1 choy qoshiq soda va 4-5 tomchi 5% li yod solinadi). Gemorragik sindromda bemorga travmalar va qon ketishi oldini olish bo‘yicha tavsiya beriladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling