Klinik holat va simptomlar. Qon kasalliklarining asosiy simptom- lari; tez charchash, holsizlik, hansirash. Lixoradka - ko‘pincha qon kasalliklarida subfebril harorat kuzatiladi. Leykozlarda leykotsitlarni tez yemirilish davrida harorat baiand bo‘ladi. Teri va shilliq qavatlarni rangparligi - anemiyaning belgisi. Gemorragik sindrom - teri ostiga qon ketish belgilari - gemorragik diatezga xos. Termoregulatsiyani va haroratni sezishni buzilishi. Vitamin Bj^ kamqonligi bor bemorlar haroratini doimiy ravishda o‘lchab turish kerak, chunki kasallik qo‘ziganda harorat ko‘tariladi. Addisson-Birmer sindromida periferik nerv tizimi buzilishlari kuzatiladi, ya’ni terida og‘riq sezgisi buziladi. Chap qovurg‘a' osti sohasidagi og‘riqlar taloq kattalashganligi bilan ta’riflanadi (leykoz- larda). Suyaklardagi og‘riq leykozlarda kuzatiladi. Terini trofik o‘zgarishlari (ozish, teri quruqligi, soch to‘kilishi, tirnoqlarning sinishi) organizmda temir saqlovchi fermentlar yetishmasligining belgisidir.
Tekshirish usullari va davolash. Subyektiv usul: Bemor quyida- gilarga shikoyat qiladi: umumiy holsizlik, quloqlarda shovqin, teri va shilliq qavatlar sariqligi, tomoqda, barmoqlarda og‘riq, limfa tugunlar kattalashuvi, ta’m bilishning o‘zgarishi, tana bosimi oshishi, milklarni qonashi, jigar va taloq sohasida og‘irlik, soch to‘kilishi, tirnoqlar sinishi. Kasallik anamnezi: xavfli faktorlar, sabablar, kasallik boshlanishi, dinamika, tekshiruv natijalari, o‘tkazilgan davo, asoratlari.
Hayot anamnezi: Irsiyat, boshidan o‘tkazgan kasalliklari, kasbi, xavf guruhi, ijtimoiy ahvoli va ovqatlanishi, kasbi, zararli odatlari. Obyektiv usullar: Ko‘zdan kechirilganda: teri rangparligi, teri sariqligi, nekrotik angina, teriga qon quyilishi, tilni o‘zgarishi.
Paypaslab ko'rish - perkussiya: limfa tugunlarini kattalashuvi, jigar va taloq kattalashuvi, yassi suyaklarda og‘riq. Instrumental tekshiruv usullari: Taloqni UTT da tekshirish, limfa tugunlari punksiyasi, suyaklarni radioizotop skanerlash, yassi suyaklar rentgenografiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |