Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuberkulyozli (sil) keratit
- Chuqur joylashgan yarasiz sil keratiti
Gerpetik (virusli) keratit — ko‘p uchrashi va og‘ir kechishi bilan hozir ko‘z shox pardasi kasalliklari ichida birinchi o‘rinni egallaydi (25% dan ziyod). Gerpes vimsi 90 % odamlarning hujayralarida yashaydi, hech qanday kasallikka olib kelmaydi. Grippdan keyin, shamollashda, shox pardaning yuzaki shikastlanishida virus aktivlashib, keratitga olib keladi. Bu keratit ko‘pincha xronik o‘tadi, bahor va kuzda avj olib, 1—2 oygacha cho‘ziladi. Virus shox parda nervlarini toksik paralichlaydi, natijada kasalning ko‘z shox pardasi hech narsani sezmaydi (nam paxtadan ingichka pilik yasab, shox pardaga tekkizish orqali tekshiriladi: sog‘ odam bu holatda ko‘zini yumib oladi). Shu xususiyatni inobatga olib tashxis qo‘yiladi. Davolashda virusga qarshi IDU, florenal 0,1%, oksalin 0,1%, interferon, DNK - aza kabi tomchilar 6 mahal tomiziladi; oksalin 0,25%, tebrofen 0,5%, florenal 0,5%, bonafton malhamlari qovoq orqasiga qo‘yiladi; chuqur keratitda ko'zga 1% li atropin tomiziladi. Gormonal tomchilar va ukollar shox pardaning yuzaki qavati bitganidan so‘ng tavsiya qllinadi.
Tuberkulyozli (sil) keratit — bolalarda fliktenali keratit bo‘lsa, kattalarda chekkali keratit bo‘lib o‘tadi. Fliktenali keratit allergik bo‘ladi, bolaning ko‘zida shox pardaning limb sohasida (limb — bu shox parda bilan oqsil orasidagi chegara) 1 ta yoki 2-3-4 ta tuguncha (infiltrat) paydo bo'ladi, unga qon tomirlar ulanadi. Shikoyatlardan eng kuchlisi — bu nurga qaray olmaslik. Bola uyning eng qorong‘i xonasini topib, eng qorongM burchagiga borib ko‘zini yumib o4iradi. Ko‘zlar qattiq yoshlanadi va qovoqlar qisilib shishadi. Chuqur joylashgan yarasiz sil keratiti — bu ikkilamchi sil bo‘lib, organizmning boshqa a’zolaridan qon orqali o‘tadi yoki kon’yunktiva, sklera, tomirli pardalarning biridan shox pardaga o‘tadi. Klinikasi chuqur joylashgan (parenxima) qon tomirli keratit manzarasini beradi. Yallig'lanish jarayopi o‘tkir va kuchli bo‘l- maydi. Awal shox pardaning yallig'lanishi bir ko'zda boshlanib, o‘sib ko‘payadi. Shox pardada keyinchalik qon tomirlar paydo bo‘lib, chuqur va yuza joylashadi. Borib-borib shox pardaning hamma ichki varaqlari loyqalanib, 6—8 oygacha davom etadi va qalingina qon tomirli chandiq qoldiradi. Keyin ikkinchi ko‘z ham kasallanadi. Agar sil shox pardaga skleradan o‘tsa, unda skleroz keratit vujudga kelib, limbning bir qismidan va keyinchalik butun limb atrofidan shox pardaga qon tomirlari aralash skleraning o‘ziga o'xshash oppoq xiralanish surilib o‘tadi. Qon tomirlari juda kam bo‘ladi va hech qachon yaraga aylanmaydi. Tashxis qo‘yish uchun bemorning umumiy ahvolini (o‘pkasi, bronxlari, limfa bezlari, qoni) qunt bilan tekshirish, silni aniqlash uchun laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish kerak. KERATITNING ASORATLARI Agar keratitlar o‘z vaqtida va yaxshi davolanmasa ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilib, oddiy (yiringsiz) keratitdan yiringlisiga aylanib ketishi mumkin, u esa shox parda chandig'iga olib kelishi mumkin. Yiringli keratit shox pardaning o‘rmalovchi yarasiga aylanib, shox pardaning teshilishiga (perforatsiya) yoki yiringning ko‘z ichiga o‘tib ketishiga sababchi bo'lib, endoftalmit (ko‘z ichki pardasining yiringli yallig‘lanishi) va panoftalmit (ko‘zning hamma pardalari yiringli yallig'lanishi) ga olib kelishi mumkin. Agar infeksiya to‘xtatilmasa, bu ko‘z keyinchalik umuman ko‘rmaydi (V = 0), chunki to‘r parda o'ladi va kichrayib qoladi (ko‘z S7 MAVZU: _______________________________________________ ____________________________________________________________________ Oy-kuni yetmasdan, chala tug‘ish deb, homiladorlikning 28 haftasidan keyin to 38 haftasigacha yetmasdan turib tug'ishga aytiladi. Chala tugMlgan chaqaloq vazni 1000 g dan kam, bo‘yi 35 sm gacha boMsa ham, yashab ketishi mumkin. Homilaning ncchogMik erta tug’ilganligi va homilaning qanchaliq yetilganligi anamnez, homilador ayol va tug'ilgan bolani obyektiv tekshi- rishda olingan jami ma’lumotlarga qarab bilib olinadi. Muddatidan oldin tugMshning sabablari xilma-xildir. Ular ona organizmi, homila holati hamda yo'ldoshning patologik xususiyatlariga bogMiq. Sabablar orasida homilador ayol kasalliklari alohida o‘rin tutadi. Bunga yuqumli kasalliklar (gripp, virusli gepatit, toksoplazmoz va boshqalar), yurak va qon tomir tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklari, ichki sekretsiya bezlar patologiyasi, kamqonlik va boshqalar, jinsiy a’zolar yalliganishi, bachadon bo'ynidagi nuqsonlar (yetishmovchiligi) kirishi mumkin. Bundah tashqari shuni ham ta’kidlab o4ish kerakki, bizning region sharoitimizda chala tug'ishning asosiy sabablaridan biri, homiladorlik gestozlaridi^ Chala tug‘ishning kechishi. Chala tug'ish muddati yetib tugMshga o'xshaydi. Dard va toMg^oq tutadi, bachadon bo'yni tekislanadi, bachadon bo'ynining teshigi ochiladi, qog‘onoq suv ketadi, homila tug‘iladi, so'ngra yoMdosh tushadi. Ammo chala tug'ish nuiddati yetib tug‘ishga qaraganda ko‘proq ogMrlashadi. Avvalo qog'onoq suvlari barvaqt (va ilk) ketib qoladi, tug‘ruq kuchlari sust boMadi. Chala tugilgan ko‘proq homilaning chanoq tomoni oldinda yotadi, homila qiyshiq va ko'ndalang vaziyatlarni oladi, tug‘ruq vaqtida va ayniqsa yo4dosh tushish davrida qon ketadi. Homila asfiksiyasi, tug'ruq shikastlari - kalla ichining travrnasi va o4ik tug'ishi, muddati etib tug‘ishdagiga qaraganda ko'proq uchraydi. Chala tug'ishni davolash va tug‘ruqni boshqarish. Tug'ruq alomatlari boshlangan paytda chala tugMshning oldini olish uchun choralar ko'rishga harakat qilish, tug'ruq jarayonini to'xtatish mumkin. Ayolni tug'ruqxonaning patologiya boMimiga yotqiziladi. Qat’iy o'rindayotishbuyuriladi. Uyquning normal boMishi va davolash muhofaza rejimini saqlash katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda bachadon mushaklari qo'zg‘aluvchanligini pasaytiruvchi dorilar qoMlaniladi. Bular vitamin E, magniy sulfat eritmasi, tokolitik preparatlardan partusisten 0,5 mg, ritodrin 1 mg va boshqalar. Ritodrin 1 mg 250-400 mg natriy xlor eritmasi bilan vena ichigayuboriladi. Qon bosimi pasayib, ko‘ngli aynishi, qusish, bosh og‘rishi bilinadi. Shamchalardan papaverin gidroxlorid, indometasinli shamchalar qolaniladi. Bolaning chala tug‘ilganligini va qanchalik chalaligini aniqlashda anamnez, akusherlik tekshirishining ma’lumotlari, hammadan muhim chaqaloqni tekshirish ma’lumotlari hisobga olinadi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘shang, uyquchan bo‘lib, chinqirganda ovozi past chiqadi, yuzaki nafas oladi, ko‘pincha bir tekis nafas olmaydi, reflekslari susayganligi qayd qilinadi. Bola anchagina chala bo‘Isa, sut emish va yutish reflekslari yuzaga chiqmaydi. Chala tugilgan bolalarda termoregulyatsiya yaxshi rivojlangan emas, shuning uchun havo soviganda tana harorati pasayadi, isib ketganda esa ko‘tariladi. Chala tugilgan chaqaloqlarda immunitet pasaygan, shuning uchun ular yuqumli kasalliklar (gripp, pnevmoniya, piodermiya, sepsis) ga moyilroq bo‘ladi. Chala tug‘ilgan bolalaming omon qolishi va rivojlanishi parvarish bilan boqishga anchagina bogiiq. Chala tug‘ilganlar badani sovuqdan ehtiyot qilinadi, birinchi tozalash (tualet) avaylab tez o4kaziladi, ayni vaqtda yo‘rgaklash stolchasi isitiladi (isitgich qo^yiladi, yo‘rgagi isitiladi), isituvchi lampa ostida issiq yo‘rgak va adyolga o‘raladi. Keyinchalik yo‘rgaklash va tozalash vaqtida bola albatta issiq tutiladi. Chala tug'ilganlami issiq tutish uchun kuvez va isitgichlardan foydalaniladi. Kuvezlaming konstruksiyasi har xil, hozirgi davr harorati, namligi va shu kabilar avtomatik ravishda boshqariladigan kuvezlar bor. Oddiy kuvezlar qo‘shdevorli vannachalarga o‘xshaydi: kuvez devorlari orasidagi bo‘sh kamgakka zaruratga qarab qariyb 60° temperaturadagi suv quyiladi. Kuvez tubidagi choyshabli matrasga issiq qilib o‘ralgan bola yotqiziladi. Bolaning yoniga termometr joylanadi, kuvezdagi harorat 30-32° boiishi kerak Kuvezlar bo4masa, 60° gachaisitilgan suvli isitgichlardan foydalaniladi. Bolaning har tomoniga bittadan va karavotchasining oyoq tomoniga yana bitta isitgich qo‘yiladi. Isitgichlami bolaning tagidan qo‘yish yaramaydi, ulami birato‘la almashtirmasdan, navbat bilan almashtirish kerak. Chala tug‘ilgan bolalar qizib ketishga chidash bermaydi. Ular qizib ketganda bezovtalanadi, harorati ko4ariladi, badani qizaradi, terlab ketadi. Bunday hollarda isitgich (yoki kuvez) haroratini pasaytirish kerak. Hozirgi paytda chala tug‘ilgan va alohida parvarishga muhtoj bo‘lgan chaqaloqlami maxsus isitadigan krovatlardan foydalaniladi Chala tug‘ilgan bolalar infektsiyadan ehtiyot qilinadi, shu maqsadda maxsus palatalar ajratiladi. Maxsus palata ajratishning iloji boMmagan kichkina muassasalarda chala tug‘ilgan bolani chaqaloqlaming umumiy palatasiga yotqizib, oynavon devor bilan ajratib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Chala tug‘ilgan bolalami parvarish qilishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinadi.Chala tugilgan bolani ayolning ko‘krak suti bilan, yaxshisi onasining suti bilan boqish nihoyatda muhimdir. Chala tug‘ilgan bolalami boqish usuli ulaming nechog‘li chalaligiga, umumiy ahvoliga, sut so‘rish va yutish qobiliyatiga bog‘liq. Chala tug‘ilgan bolani tug‘ruqdan 2 soat keyin birinchi marta emizgan ma’qul. Ulami bir sutkada necha marta emish kerakligi bolaning xususiyatlariga bog‘liq. A. F. Tur vazni 2000-2500 g keladigan bolalami sutkasiga 7-8 marta, 1500-2000 g vaznli bolalami 8-10 marta, 1000-1500 g vaznli bolalami 10-14 marta emizishni tavsiya etadi. Chala tugilgan bola tuzukkina emsa, umuman qabul qilingan qoidalar asosida emizaverish kerak. Bola sutni yaxshi so‘rmasa, tez charchab qolsa, bir gal emizgandan keyin ikkinchi gal sutni shishadan rezina so‘rg‘ich orqali ichirish mumkin. Dastlab sutkasiga 1-2 marta emchak solinadi; bola o‘zini tutib olgach, bot-bot emiziladi, bora-bora u so‘rg‘ichdan butunlay voz kechadi emchak olmasa yoki so‘rgich orqali so‘rolmasa, sutni sog‘ib, iliq holida oz-oz qoshiqda ichiriladi. Kichkina choy qoshiqdan foydalanishadi; uchi cho‘ziq qoshiqcha hammadan qulay Bolaga sut berishdan oldin va keyin kisloroddan nafas oldiriladi. Nimjon bolalarga sutni pipetkada ichirish mumkin. Pipetkadagi sut bolaning yuqori labiga burun kataklari yaqinidan tomiziladi. Sut burunhalqum orqali oqib tushib, qizilo‘ngachga o4adi. Sut sourish va yutishga ojiz bo‘lgan juda nimjon bolalarga sut zond orqali beriladi. Buning uchun 13-15-sonli yumshoq kateterdan foydalaniladi, kateter shisha naycha orqali voronkaga ulanadi. Zond bolaning qizilo‘ngachiga og‘zidan avaylab kiritiladi. Zond kiritishdan oldin uchiga steril vazelin moyi surtiladi. Bolaning me’dasiga havo kirib qolmasligi uchun sut zonddan uzluksiz kirib turishi kerak Chala tug‘ilgan bolaning tana haroratiga, vazniga, terisiga, sezgi a’zolariga, ichining yurishib turishiga, umumiy ahvoliga va xulq-atvoriga e’tibor bilan qarab turiladi. Chala tug‘ilgan bolalar tug‘ruq kompleksida kamida ikki hafta parvarish qilinadi, anchagina chala bo4sa, tug‘ruq kompleksida uzoqroq saqlanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling