Tashqi savdo asoslari. O’zbekiston tashqi savdo hajmi,tarkibi va dinamikasi


Download 46.02 Kb.
bet2/2
Sana10.12.2021
Hajmi46.02 Kb.
#179799
1   2
Bog'liq
#60

Xalqaro savdoning ahamiyati:

Xalqaro savdoning davlat iqtisodiyotida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rni va ahamiyati juda katta.

Tashqi savdoning barqaror o’sishiga qator omillar ta’sir ko’rsatdi:

1) Xalqaro mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning baynalmilalashuvining rivojlanishi;

2) ITI

3) jahon bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati;



4) Xalqaro savdoning Tarif va Savdo Bosh Bitimi (TSBB) faoliyati orqali tartibga solinishi (erkinlashtirilishi);

5) Xalqaro savdoning erkinlashtirilishi, ko’plab davlatlarning importni son jixatdan cheklashni bekor qiluvchi va bojlarni keskin qisqartiruvchi rejimga o’tishlari, erkin savdo hududlarining tashkil topishi;

6) Savdo-iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi: mintaqaviy to’siqlarning olib tashlanishi, umumiy bozorlar, erkin savdo hududlarining tashkil etilishi;

7) sobiq mustamlaka davlatlarning mustakilliqqa erishishlari. Ular orasidan tashqi bozorga yo’naltirilgan iqtisodiyot modelini tanlagan "Yangi industrial davlatlarning" ajralishi kabi omillar.


XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ochiq iqtisodiyotli davlat rivjlanishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi tovarlar tarkibi o’zgarib turadi. Agar XIX asrning 2-yarmidagi xalqaro savdo-sotiqda xom-ashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, XXI asrga kelib bulardan tashqari ilmiy-texnikaviy yangiliklar,texnologik murakkab va ilmtalab mahsulotlar, shuningdek axborot texnologiyalari va axborotning o’zi sotilmoqda. Xalqaro savdo-sotiq unig hamma ishtirokchilari uchun nafli bo’lganda uning ahamiyati oshib boradi.
Mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokining samaradorligi, uning eksport va importining tarkibiga ham bog’liq bo’ladi.Respublikamiz tashqi savdo hajmi va tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, u mustaqillik yillarida ham hajm jihatdan, ham tarkib jihatdan yildan yilga o’zgarib bormoqda.

Kirish qismida takidlanganidek o’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu jumladan , eksport hajmi – 29,5 barobar, import – 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib , oltin-valyuta zaxiralarining yuqori darajada o’sishi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlandi2.Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi.

Yuqorida aytib o’tilganidek eksportchi firma va korxonalarga tashqi savdoda tovar ayirboshlash yani tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishlari uchun O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan keng ko’lamda ko’mak berilib kelinmoqda, hozirgi kunda iqtisodchilarning fikriga ko’ra “Jahon moliyaviy inqirozi”ning ikkinchi to’lqini kelmoqda. Biz bilamiz 2008-yil boshlangan “Jahon moliyaviy inqirozi”ning 1-to’lqinidan yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan o’tdik.Joriy yilning birinchi yarmida eksportchi-korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash va tashqi savdoda qo’llab-quvvatlash maqsadida Inqirozga qarshi choralar dasturi ko’zda tutilgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirish, mamlakatimiz tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlariga ichki ehtiyojni rag’batlantirish bo’yicha faol choralar ko’rildi.

Sohibqiron Amir Temur ham mamlakatlararo savdo sotiqni rivojlantirishga katta e’tibor qaratganlar. Bobokalonimiz: “Jahon - tijorat ahli bilan oboddir”, deb aytganlar, karvon yo’llarini himoya qilishda faollik ko’rsatganlar, savdogarlarga moliyaviy yordam ko’rsatganlar.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Islom Karimov: “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari”;

  2. Islom Karimov: “Kelajagimizni o’z qo’limiz bilan yaratamiz”;

  3. «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbotlari to’gtisida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so’zi”15.06.2005

  4. «Tashqi savdo faoliyatiniyanada erkinlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»giO’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarori. “Xalq so’zi”.01.04.1998

  5. “Iqtisodiy talimotlar tarixi”, Toshkent-2007. Iqtisod-Moliya .A.Razzoqov , Sh.Tashmatov, N.O’rmonov.



Foydalanilgan internet saytlari

  1. www.mfa.uz

  2. www.stat.uz

  3. www.tradingeconomics.com

  4. www.mfer.uz

  5. www.CIA.Factbook,com



1Manba – Statistik to’plam. Toshkent-2011

2



Download 46.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling