Tashqi tasirlar va hozirgi vaqtda ularga qaratilgan davlat siyosati Kirish


Ishlab chiqarish jarayonining bozorga salbiy tashqi tasirlari


Download 0.97 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1561911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
botirjon kurs ishi

2.Ishlab chiqarish jarayonining bozorga salbiy tashqi tasirlari.
Endi aluminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi, deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan aluminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog'lig'i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko'rsatadi?

Talab chizigi xaridorlar uchun


qiymat va taklif chizigi sotuvchilar uchun natijani aksi ettiradi.
Muvozanat miqdor yani Q bozor haridorlar uchun toliq qiymat ayrilgan sotuvchilar toliq harajatini oshiradi.
Tashqi tasirlar bolmaganda bozor muvozanati samaralidir.


1-rasm. Aluminiy bozori

Tashqi ta’sir tufayli aluminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun xarajati aluminiy ishlab chiqaruvchilar xarajatidan katta bo'ladi. Ishlab chiqarilgan har bir aluminiy birligi uchun ijtimoiy xarajat aluminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy xarajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko'rgan kishilar xarajatini ham o'z ichiga oladi. 2-rasm aluminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatini ko'rsatadi. Ijtimoiy xarajat chizig'i taklif chizig'idan yuqori, chunki u aluminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi xarajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq o'rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish xarajatini aks ettiradi. Aluminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba ko'ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini ko'rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni, ya’ni iste’molchilar uchun aluminiy qiymatidan aluminiy ishlab chiqarish xarajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi aluminiy rShlab chiqarish xarajati ifloslanish tashqi xarajatlarini ham o'z ichiga olishini tushunadi. Reja tuzuvchi talab chizig'i bilan ijtimoiy xarajat chizig'i kesishgan darajadagi aluminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul aluminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun aluminiy qiymati (talab chizig'i balandligi bilan o'lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan (ijtimoiy xarajat chizig'i balandligi bilan o'lchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo'shimcha aluminiy ishlab chiqarish ijtimoiy xarajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi. E’tibor bering, aluminiyning muvozanatli miqdori — QboZor’ ijtimoiy maqbul miqdor - Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy xarajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi aluminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozorda, talab chizig'i ijtimoiy xarajat chizig'idan past bo'ladi. Shunday ekan, aluminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi. Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo‘li sotilgan har bir aluminiy tonnasi uchun aluminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi boladi. Soliq 0‘zining miqdorida aluminiy taklif chizig‘ini yuqoriga ko‘taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizigl ijtimoiy xarajat chizigl bilan bir to‘g‘ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida aluminiy ishlab chiqaruvchilar aluminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqariladi.





Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling