Tashqi tasirlar va hozirgi vaqtda ularga qaratilgan davlat siyosati Kirish


Ifloslanish va ijtim oiy maqbul holat


Download 0.97 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1561911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
botirjon kurs ishi

Ifloslanish va ijtim oiy maqbul holat.
Salbiy tashqi ta’sir, masalan, ifloslanish bo‘lganda, tovarlar ijtimoiy xarajati xususiy xarajatdan oshib ketadi.Shuning uchun optimal miqdor Q m a q b u L muvozanat miqdor Q b o z o r dan Past .
Aluminiy bahosi

2-rasm. Aluminiy bahosi
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o'zlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o‘z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Aluminiy ishlab chiqaruvchilar, odatda, qancha aluminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish xarajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularning tashqi xarajatlarini ham tolashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qo'yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, aluminiy iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning o‘nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.
3.Bozor faoliyatiga ijobiy tashqi tasirlar.
Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga xarajatlar joriy qilsa ham, boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi bo‘lib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan odamlar ko‘proq biladigan saylovchilar bo‘lishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq hukumat bo'lishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, ko‘proq ta’lim olgan aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, ko‘proq ta’lim olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini ta’minlaydi, bu esa hamma uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib keladi. Ushbu uchta ijobiy tashqi ta’sir sabab, odamlar ko‘proq ta’lim olgan qo‘shnilari bor bo'lishini xohlaydi. Ijobiy tashqi ta’sirlar tahlili salbiy tashqi ta’sirlar tahliliga o'xshaydi. 17.3-rasmda ko‘ringanidek, talab chizigl jamiyat uchun tovar qiymatini aks ettirmaydi. Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori bolgani sababli, ijtimoiy qiymat chizigl talab chizigldan yuqori boladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizigl (xarajat) kesishgan nuqtada boladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori boladi. Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni o‘zlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini to‘g‘rilashi mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi to‘g‘ri javob, xuddi salbiy tashqi ta’sirlar holatining teskarisi boladi. Bozor muvozanatini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun ijobiy tashqi ta’sir subsidiya kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi siyosatining o‘zginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari asosida subsidiya bilan ta’minlanadi. Xulosa uchun: salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan ko'proq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Ijobiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan kamroq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Bu muammoni yechish uchun hukumat salbiy tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi ta’sirli tovarlarga subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning o'zlashtirilishiga erishadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling