Tashqi tasirlar va hozirgi vaqtda ularga qaratilgan davlat siyosati Kirish


Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati


Download 0.97 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1561911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
botirjon kurs ishi

4 Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
Tashqi ta’sirlar nima uchun bozorlarni resurslar samarasiz taqsimlanishiga olib kelishini muhokama qildik, lekin bu samarasizlikni qanday bartaraf qilish haqida kam gapirildi. Amalda davlat siyosatchilari va xususiy shaxslar tashqi ta’sirlarga turli yo‘llar bilan javob beradi. Barcha yechimlarning maqsadi resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirishdir. Ushbu bo‘limda davlat yechimlari ko‘rib chiqiladi. Umumiy masala sifatida, hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yo‘lning biridan foydalanishi mumkin. Buyruq va nazorat siyosati bevosita xatti-harakatni tartibga soladi. Bozorga asoslangan siyosat rag‘batlantirish bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul qiluvchilar muammoni hal qilish yo‘lini o‘zlari tanlaydi. Buyruq va nazorat siyosati: tartibga solish Hukumat muayyan xatti-harakatni talab qilish yoki cheklash orqali tashqi ta’sirni bartaraf qilishi mumkin. Misol uchun, suv ta’minoti ichiga zaharli kimyoviy moddalar qo‘shishjinoyat hisoblanadi. Bu holda, jamiyat uchun tashqi xarajatlar ifloslantiruvchi foydasidan ancha oshib ketadi. Hukumat shuning uchun bu xattiharakat sodir bo‘lishini man qiluvchi bir buyruq va nazorat qilish siyosatini institutlashtiradi. Ammo ifloslanishning ko‘p hollarida vaziyat bunchalik oddiy emas. Ba’zi ekologlar belgilangan maqsadlarga qaramay, barcha ifloslantiruvchi faoliyatlarni taqiqlab qo‘yishning iloji yo‘q. Masalan, deyarli barcha turdagi transport, hatto otlar ham ayrim nomaqbul ifloslantiruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Lekin hukumatning barcha transportni taqiqlashi aqlga sig‘maydi. Shuning uchun butunlay ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish o‘rniga, jamiyat bu ifloslanishlarning qaysi turlariga va qancha miqdoriga ruxsat etishga qaror qabul qilishning zarari 395 va foydasini ko‘rib chiqishi kerak. Amerika Qo‘shma Shtatlarida atrof-muhit himoya qilish agentligi (EPA) va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish va rioya qilish vazifasini olgan davlat muassasasidir. Atrof-muhitni tartibga solish ko‘p shakllarda boiishi mumkin. Ba’zan EPA zavod chiqarishi mumkin boigan ifloslanish maksimal darajasini aytadi. Boshqa paytlari EPA firmalardan chiqindilarni kamaytirish uchun muayyan texnologiya qabul qilishni talab qiladi. Barcha hollarda, yaxshi qoidalarni tuzish uchun, hukumat tartibga soluvchilari muayyan sanoatlar haqida ma’lumotlarni va bu sanoat qabul qilishi mumkin bo'lgan muqobil texnologiyalar haqida bilishi kerak. Bu ma’lumotlar hukumat regulyatorlari tomonidan olinishi ba’zida juda qiyin. Bozorga asoslangan siyosat: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o‘rniga davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag‘batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko‘rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o‘zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta’sirlar bilan shug‘ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo‘lgan iqtisodchi Artur Pigu (1877—1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi xarajatlariga teng boladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng boladi. Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish y o li sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal ko‘rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam xarajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko‘rish uchun, keling bir misolni ko‘rib chiqaylik. Faraz qilaylik, ikkita korxona — qog‘oz ishlab chiqaruvchi va polat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko‘rib chiqadi:
• Tartibga solish: EPA ifloslanishni kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin.
• Tuzatuvchi soliq: EPA har bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun 50,000 so‘mdan soliq undirishi mumkin.
Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo'ladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, o‘ylaysiz? Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko‘radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o‘zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori bo‘lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo‘ladi. Soliq yetarlicha yuqori bo‘lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.
Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo‘lsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo‘l emas. Qog‘oz zavodi po‘lat zavoddan ko‘ra ancha past xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, qog‘oz zavodi soliq to‘lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, po‘lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni to'lab qo‘ya qoladi.
Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo‘yadi. Bozorlar tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga ko‘nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’i nazar, u soliq yordamida eng past umumiy xarajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.
Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir, deb aytishadi. Buyruq va nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yo'q. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to'lashi kerak bo‘lgan soliq miqdorini kamaytiradi.
Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar rag‘batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. Iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi, ya’ni iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat ko‘taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo'qotishlarga sabab bo‘ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko'rgan boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg'uradi. Tuzatuvchi soliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarning taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi.
Keys stadi. Nega 'benzin bunchalik og'ir soliqqa lortiladi?
Ko'p mamlakatlarda, benzin eng og‘ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz solig‘i avtomobil bilan bog'liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida ko'rilishi mumkin:
• Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo'lgan bo'lsangiz, siz ehtimol yo'lda kam mashina bo'lishini istagansiz. Benzin solig'i odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.
• Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sportkommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, o'zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qo'shnilarini xavf ostiga qo'yadi. M illiy Avtomobil Yo'l Xavfsizligi Boshqarmasi (N ational Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko'ra, boshqa mashinaga urilgandan ko'ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko'p bo'ladi. Gaz solig'i odamlarni katta, gaz-yoqilg'isidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda to'lashga majbur qilishning bilvosita yo'lidir, bu esa o'z navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.
• Ifloslanish: benzinga o'xshash yoqilg‘ilarni yoqish global isishi sababi deb ko‘pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig‘i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi.
Shunday qilib, gaz solig‘i ko'pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o'rniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo‘llar va toza muhitni anglatadi.
Benzinga soliq qanchalik yuqori boiishi kerak? Ko‘pchilik Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlarga qaraganda benzinga ancha yuqori soliqlarni kiritadi. Ko'pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo‘shma Shtatlari ham og‘irroq benzin solig‘ini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bogiiq turli tashqi ta’sir miqdori bo'yicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga ko'ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir gallonga 2.10 dollar edi, Qo'shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo'lgan.
Benzin solig'idan keladigan soliq daromadi rag'batlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yo'qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan og'ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur bo'lmadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling