Tasnifi populyatsiyalarning asosiy xususiyatlari biotsenoz biogetsenoz va ekotizinlarning


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1381520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
POPULYATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI POPULYATSIYALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Turning populyatsion tuzilmasi 
Xar qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topgan.Uning tuzilmasini 
esa individlarni xarakatlanishi yoki ma‟lum xududga bog‟liqlik darajasi,tabiiy 
to‟siqlarni yengib o‟ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.U doimiy 
emas.Organizm o‟sishi,tug‟ilish,o‟lish va boshqa sabablarga ko‟ra,ya‟ni tashqi 
muhitning o‟zgarishi, dushmanlar sonining o‟zgarishi kabi qator omillarga bog‟liq 
holda populyatsiyalar ichida o‟zgarish vujudga keladi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli 
yoshdagi guruhlardagi erkak va urg‟ochi individlarning son jihatidan nisbatidir. 
Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo‟shilishi 
bilan, ya‟ni genetik qonuniyatlarga bog‟liq bo‟lsa, ikkinchidan, ma‟lum darajada 
tashqi muhit ham ta‟sir etishi mumkin. 
Ekologik nuqtai nazardan populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror
tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog‟liq. Masalan, parazit 
chuvalchanglar va jamoa bo‟lib yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish 


jarayonida ishtirok etishdan iborat bo‟lgani uchun jinslar nisbati urg‟ochilar tomon 
siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. 
Monogam yirtqich sutemizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg‟ochi 
jinsga ozuqa topishda ishtirok etadi. Shuning uchun jinlar nisbati teng.Populyatsiya 
evolyutsiyasi uchun urg‟ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, odamlar populyatsiyasining potensial o‟sishi o‟smir va qariyalarga 
nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‟lgan ayollar hisobiga to‟g‟ri keladi. 
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo‟lishi, jinslar nisbati amaliy ahamiyatga 
ham ega.Bu hol ko‟proq sut emizuvchi hayvonlar uchun tagishlidir. 
Populytsiyadagi jinslar nisbati genetik qonuniyatlarga bog‟liq bo‟lib 
qolmasdan, balki ma‟lum darajada tashqi muhit ta‟siriga ham bog‟liq bo‟ladi. 
Masalan, o‟rmon chumolilari temperatura -20 °C dan past bo‟lganda faqat erkak 
chumolilar, yuqori haroratda esa deyarli urg‟ochi chumolilar rivojlanadi. 
 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta 
tiklanishning jadalligi, nobud bo‟lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi 
muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab har bir populyatsiya uchun 
turning genetitik xususiyatiga bog‟liq bo‟ladi.Yosh tuzilmasi har xil usullarda 
ifodalanadi. 
 
O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi.Fitosenozdagi muayyan 
turlarning, har xil holatlardagi individlarning yig‟indisi senopopulyatsiya deb 
ataladi. Uni agar gulli o‟simliklar misolida ko‟radigan bo‟lsak, unga tuproqda 
(yoki uning yuzasida) o‟z hayotchanligini yo‟qotmagan urug‟lar nihollar va har xil 
yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiyaning tarkibiga ba‟zan o‟t 
o‟simliklarning ikkilamchi tinim holatdagi yer ostki organlari- ildizpoya, 
piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi –
senopopulyatsiyalar yig‟indisidir. Turlarning o‟zi esa populyatsiyalar tizimidan 
iboratdir. Jamoada har bir turning senopopulyatsiyasi maydon birligiga to‟g‟ri 
krladigan soni va yoshlarning nisbatlari bilan farqlanishi mumkin. T. A. Rabotnov 
o‟simliklar jamoasidagi o‟simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga 
ajratadi: 
a) 
Latent davri.Bunda o‟simlik spora, urug‟ yoki mevalar holida tinim davrida 
uchraydi. Tinim davri har xil o‟simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, 
terakning urug‟i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba‟zi bir 
begona o‟t o‟simliklar esa urug‟ining hayotchanligini bir necha o‟n yillab saqlay 
oladi.Tuproqda turli o‟simliklarning ko‟p sondagi urug‟larini topish mumkin. Ular 
qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har 
yili yangi urug‟lar tuproqqa tushib turadi. 


b) 
Virgul davri. Bu davr o‟simlikning nihollik, yosh o‟simlik va voyaga yetgan 
holatidir.Nihollar yosh o‟simliklardan urug‟palla barglarining bo‟lishi bilan 
farqlanadi. 
c) 
Generativ davri. O‟simlik hayotida sporalar yoki urug‟lar bilan 
ko‟payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi 
d) 
Senil (qarilik) davri.O‟simlikning yoshi ortishi bilan generativ ko‟payish 
xususiyati yo‟qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi. 
Populyatsiya o‟simlikning turli davrlarida kechadi. T.A. Rabotnov ma‟lumotlariga 
ko‟ra invazion, normal va regrissiv turlardagi populyatsiyalar ajratiladi. Invazion 
tipdagi populyatsiya deyilganda o‟simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan 
populyatsiyalar tushunilib, uni nihollar yosh o‟simlik hamda voyaga yetgan holda 
uchratish mumkin.Bunday populyatsiyaning urug‟lari fitosenozga tashqaridan 
kelib qolib, jamoada eng muhim o‟rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi 
ham mumkin. 
Regrissiv turdagi populyatsiya generativ ko‟payish xususiyatini yo‟qotgan 
populyatsiyadir.U odatda gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo‟qotgan 
bo‟ladi. Ana shu holat populyatsiyaning fitosenozda o‟lib, yo‟qolib, chirib 
ketayotganligidan dalolat beradi. 
Normal turdagi o‟simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha 
bosqichlarini to‟liq o‟tgazuvchi o‟simliklardir.Ular spora yoki urug‟lardan tortib to 
voyaga yetgan o‟simliklar ko‟rinishida uchraydi. Senotik nuqtai nazardan ular 
o‟simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o‟simliklar va hayvonlarda hambir necha 
omillarga bog‟liq. Birinchi navbatda balog‟atga, voyaga yetish vaqti, umr ko‟rish 
muddati, avlodlar davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug‟iladigan individlarning 
dunyoga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo‟lish 
xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o‟zgarib turish dinamikasi kabilarga 
bog‟liq. Ikkinchidan, yuqoridagi omillarning tur ichidagi har xil populyatsiyalarda 
turlicha ko‟rinishda namoyon bo‟lishidir.Bunda populyatsiyaning yosh tuzilmasi 
beqarorligi bilan tavsiflanadi. O‟simliklar va hayvonlar populyatsiyasining yosh 
tuzilmasiga juda ko‟p misollar keltirish mumkin. Ammo biz populyatsiyaning yosh 
tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid 
ma‟lumotlar bilan cheklanamiz. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling