Tasnifi populyatsiyalarning asosiy xususiyatlari biotsenoz biogetsenoz va ekotizinlarning


Struktura va funksional xususiyatlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1381520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
POPULYATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI POPULYATSIYALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Struktura va funksional xususiyatlari 
Populyatsiyalarni tashkil etuvchi elementlar (organizmlar) va ularning 
muhitda tarqalishi sifat jihatidan o„xshash emas. 
Populyatsiyalarni tashqil etuvchi individlar: yoshi, jinsi, jinsiy balog„atga
yetishi va boshqa biologik ko„rsatkichlari bilan farq qiladi. Shuning uchun ham 
populyatsiyalar sturkturasi ularning sifati tarkibiga ko„ra: 
1.Yosh strukturasi; 
2.Jinsiy strukturasi;
3.Generativ struktura va boshqalardan iborat. 
Bularga qo„shimcha populyatsiyalar strukturasi miqdori, zich-lik, muhitda 
taqsimlanish (xorologik) strukturalari ham xarakterli-dir. 
Populyatsiyalar mavjudligining har bir davri uchun bir jins va yoshga mansub 
individlar morfofiziologiyasining har xil sifatda bo„lishi biologik jihatdan 
muhimdir. 


Strukturalarning barcha parametrlari harakatda bo„ladi va doimo muhitning 
o„zgaruvchan sharoitga qarab populyatsiya hola-tining optimal varianti tomon 
yo„naltirilgan bo„ladi. 
Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi,jinsi,xayot siklining turli 
fazalariga,beqaror guruhchalarga (poda,koloniya,oila….) mansubligi bilan farq 
qiladi.Populyatsiyadagi individlar soni xar xil turlar orasidagini emas,balki bir 
tur ichida xam xar xil bo‟ladi. 
Populyatsiyaning soni va zichligi 
Hamjamoalardagi populyatsiyalar individlarning mo‟lligi sonlarda,absolyut 
va nisbiy zichliklarda ifodalanadi. 
Ekologik, asosan ekologo – genetik tadqiqotlar jarayonida populyatsiyada 
individlar umumiy soni, miqdori (bosh yoki tub soni) qanday degan savol 
tug„iladi. Bu savolga mavjud laboratoriya populyatsiyalari uchun javob berish 
oson. Masalan: bankada yashovchi un mitalari (qo„ng„izlari) to„g„risida. Tabiiy 
populyat-siyalar umumiy soni, miqdorini baholash juda ham murakkab, ammo 
bа‟zi hollarda bu mumkin, qaysiki yirik va inson uchun ko„rinishi sezilarli 
darajada chegaralangan maydonda to„plangan organizmlar bo„lsa. Masalan: Kola 
yarim orolida yashovchi yovvoyi shimol bug„ulari qish oxirida, bahorning 
boshlarida, baland bo„lma-gan tog„ tepaliklarida (bu yerda qor qatlami yupqa
lishaynik-lar ochilib qoladi) to„planadi. Zoologlar samolyot yoki vertolyot-lardan 
bu to dalarni suratga oladi va surat bo„yicha sanaydi. Bu usul dast-lab B.Grjimek 
tomonidan qo„llanilgan bo„lib, unga Afrika yovvoyi tabiati tuyoqlilarini «boshma-
bosh» sanash imkoniyatini berdi. Bu usul orqali koloniya bo„lib uya qurib 
yashovchi qushlar: oq o„r-daklar, grachlar, g„ozlar populyatsiyasining individlari 
umumiy sonini aniqlash mumkin. 
Son (miqdor) ko‟rsatkich populyatsiyadi individlarning umumiy 
sonidir.Populyatsiya aniq ifodalangan chegaraga ega bo‟lgan xolatda uni ushbu 
ko‟rsatkich bilan baholash biologik axamiyatga ega.Boshqa xolatlarda mo‟llikni 
ifodalashning aniq uslubi populyatsiyaning zichligini aniqlashdir. 
Populyatsiyaning zichligi deganda ma‟lum maydan birligiga to‟g‟ri keluvchi 
individlar soni tushuniladi.Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir-biri bilan 
chambarchas bog‟langan,shuning uchun u yoki bu populyatsiya xaqida gap 
borganda uning soni va zichligi barobar e‟tiborga olinadi.Yuqorida qayd 
etilganidek,absolyut va nisbiy zichliklar ajratilib,absolyut zichlik ma‟lum maydon 


birligiga to‟g‟ri keluvchi populyatsiyaning miqdori bo‟lsa,nisbiy zichligi ma‟lum 
maydon birligidagi individlar sonini bildiradi.Populyatsiyaninig nisbiy zichligi bir 
populyatsiyani ikkinchi bir populyatsiya bilan taqqoslash,shuningdek takror 
kuzatishlarda muayyan bir populyatsiyaning vaqt o‟tishi bilan ko‟payishi yoki 
kamayishi sodir bo‟layotganligini aniqlash imkonini beradi. 
Populyatsiya 
zichligini 
o‟rganishga 
tadqiqotchilar 
turlicha 
yondashadilar.Zoologlar 
populyatsiyadagi 
individlar 
sonini 
maydon 
birligida,mikrobiologlar tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida,suvdagi soda 
xayvonlar va suv o‟tlari, shuningdek tuproq mezo-va mikrofaunalar suv va 
tuproqning xajm birligida xisobga oladilar. 
Populyatsiyaning o’lchami. Xar xil turlarning populyatsiyasi bir-biridan 
o‟lchami bilan farq qiladi.Masalan,bir gektar o‟rmonda qushlardan o‟nlab 
individlar; sichqonsimon kemiruvchilardan o‟nlab va yuzlab; xasharotlar va 
yomg‟ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin.Turlar populyatsiyasi 
zichligining 
o‟zgarib turish sabablaridan biri individlarning kata-
kichikligidir.Individlar qanchalik yirik bo‟lsa populyatsiya areallari kata;zichligi 
esa past bo‟ladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling