Tasnifi populyatsiyalarning asosiy xususiyatlari biotsenoz biogetsenoz va ekotizinlarning


Populyatsiyalar o‘rtacha zichligi va individual uchastkalarining


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1381520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
POPULYATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI POPULYATSIYALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Populyatsiyalar o‘rtacha zichligi va individual uchastkalarining
hayvonlar katta – kichikligiga bog‘liqligi 
 
Tabiatshunoslar azaldan biladilarki hayvon tana hajmi qancha katta bo„lsa, 
shuncha katta maydonni egallaydi. Bu u o„z chegarasini qo„riqlaydimi - yo„qmi 
bundan qat„iy nazar. Buning sababi, hayvon qancha yirik bo„lsa shuncha ko„p 
energiya talab qiladi, buning uchun ko„p ovqat kerak, buni esa katta hududdan
topish mumkin. Masalan: buni o„txo„r sut emizuvchilar misolida ko„radigan 
bo„lsak: sariq dala sichqoni umumiy og„irligi 27 gramm, bir sutkada 2.4 
quruq ozuqa talab qiladi, los 200 kg og„irlikda 6.5 ozuqa, Afrika fili – 4 t. 
og„irlikda – 42.6 kg.
Shunga ko„ra har bir hayvon mа‟lumterritoriyani egallaydi. U umrining 
asosiy qismini shu territoriyada o„tkazadi. Ammo bu ko„rinishi mavsumiy 
tarzda o„zgarishi mumkin. Fasllarni o„zgarishi ular ozuqasi miqdoriga tа‟sir qiladi. 
Hayvonlarning gavdasi qancha yirik bo„lsa, uning individual territoriyasi 
ham shuncha keng bo„ladi. Agar shu maydonda ozuqa zichligiga bog„lik bo„ladi. 
Territorial xulq-atvor shakllanishi ham evolyutsiya jarayonida barcha hayotiy 
resurslardan samarali foydalanish adaptatsiyalarining mahsulidir. 


O„z territoriyasini himoya qilish uchun ketgan vaqt va energiya miqdori 
buning natijasida olingan samaradan oshib ketmasligi kerak. Chunki ozuqa 
resurslarining past darajadagi zichligi yoki butunlay ko„pligi tufayli territorial 
xulq–atvorning ahamiyati yo„qoladi (hayvonlar butun vaqtini oziq axtarib o„tkazsa 
yoki ovqat hamma uchun yetarli bo„lsa). Masalan: nektar bilan oziqlanuvchi tropik 
qushlaridan Keniya tog„larida uchrovchi nektarnitsa gullarda nektarning o„rtacha 
miqdori saqlanganda o„z territoriyasini himoya qiladi. Guldagi nektar o„rtacha 
miqdoridan oz yoki ko„p bo„lganda ham himoya qilmaydi.
Hayvon gavdasi qanchalik yirik bo„lsa, shuncha katta hayotiy makon talab 
qilinadi va gavdaning kattalashishi zichlikni kamayishiga olib keladi. Populyatsiya 
zichligi umumiy xususiyati ular gavdasining o„rtacha massasiga bog„liq. 
Populyatsiyaning zichligi vaqt davomida o‟zgarib turadi.Ammo xar qanday 
o‟zgarishning yuqori va quyi chegaralari,shuningdek o‟rtacha o‟lchamlari bo‟ladi. 
Populyatsiya zichligining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o‟z-
o‟zini cheklashi bilan bog‟langan,quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda 
yashay olishi yoki o‟limga yuz tutishi,ya‟ni minimal o‟lchamga tushib qolishi bilan 
belgilanadi.Xar bir populyatsiya ma‟lum sharoitda o‟rtacha zichlikka ega 
bo‟ladi,bunda barcha xayotiy jarayonlar samarali borib,uning natijasi 
populyatsiyaning 
yuqori 
mahsuldorligi,xayotchanligi 
va 
boshqalarda 
ko‟rinadi.Ushbu qonuniyat ekologiyada Olli qoidasi deb nom olgan. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling