Tasnifi populyatsiyalarning asosiy xususiyatlari biotsenoz biogetsenoz va ekotizinlarning


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1381520
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
POPULYATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI POPULYATSIYALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI



POPULYATSIYALARNING UMUMIY 
TASNIFI POPULYATSIYALARNING ASOSIY 
XUSUSIYATLARI BIOTSENOZ 
BIOGETSENOZ VA EKOTIZINLARNING 
TUZULMALARI VA XUSUSIYATLARI 
REJA: 
 
Kirish 
1. Populyatsiyalar mohiyati 
2. Populyatsiyaning soni vа zichligi 
3. Turning populyatsion tuzilmasi 
4. Turning fazoviy tuzilmasi 
5. Hayvonlar populyatsiyasining ekologik (xulqiy) xatti-
harakat tuzilmasi
Xulosa 
Adabiyotlar. 


Populyatsiyalar mohiyati 
Populyatsiya (lotincha populus-so‟zidan olingan bo‟lib,xalq,aholi degan 
ma‟nolarni bildiradi) atamasi XVIII asrning oxirlaridan boshlab,to 40-50-yillarga 
qadar biologiya fanida xar qanday individlar yig‟indisi sifatida qo‟llanib 
kelindi.Ekologik nuqtai nazardan esa populyatsiya deb uzoq muddat davomida 
muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o‟sadigan ) va bir turga mansub bo‟lgan 
individlar yig‟indisiga aytiladi. 
Populyatsiya – tashqi muhit o„zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega 
bo„gan, o„z-o„zini ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o„zaro aloqa qiluvchi bir turga 
mansub har xil individlar majmuasidir. Bu o„z-o„zini boshqaruvchi ochiq sistema 
bo„lib, tur mavjudligining elementar formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga
ajratiladi. 
Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud 
bo„ladi. 
Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi
ham har xil yashash muhitining tа‟siri tufayli sodir bo„ladi. Biologik polimorfizm 
qanchalik yaqqol ko„zga tashlansa, individlar shuncha rang-barang bo„ladi va 
tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o„zgarishlariga asosan moslashadi. Shu 
sababli mo„tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial mintaqadagi turlarga 
nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga 
nisbatan keng doiradaakvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi. 
Bir pupulyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya 
individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi.Populyasiyaning 
asosiy xususiyati uning genetik birligidir. 
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o‟zini son jihatidan 
idora etishidir.Ayni sharoitda optimal songa individlarning saqlab turilishi 
populyatsiya gomeostazideyiladi.Yuquqoridagi ta‟rifdan ko‟rinib 
turibdiki,populyatsiya guruhli birlashma xisoblanadi.Guruhli xayot tarzi 
populyatsiya uchun o‟ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi.Bunday 
xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. Populyatsiyaning soni 
2. Zichligi 
3. Tug‟ilish 
4. O‟lish (nobud bo‟lish) 
5. Populyatsiyaning o‟sishi 


6. O‟sish sur‟ati 
Individlarning ma‟lum xududda tarqalishi,jins va yosh 
nisbatlari,morfologik,fiziologik,hulqiy va genetik xususiyatlari 
populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling