Toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar


Download 262.34 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi262.34 Kb.
#1411308
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OS mustaqil ish namuna


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Operatsion tizimlar fanidan
MUSTAQIL ISH

Bajardi: 310-20 guruh talabasi Dehqonov


Azamatjon Nozimjon o’g’li
Tekshirdi: Ro‘zibayev Ortiq Baxtiyorovich

Toshkent – 2023


Mavzu:
REJA:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Tezkor xotira haqida.

  2. Xotira turlari

  3. RAMning ishlash prinsipi

  4. Har xil turdagi RAMlar. Solishtirma tahlil.

  5. RAM strukturasi, arxitekturasi va ishlash prinsipi.

  6. Xulosa.

  7. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kalit so‘zlar: RAM, ***********************************

  1. Tezkor xotira haqida

Xotira aniq boshqaruvni talab qiladigan juda muhim resurs. Asosiy xotirani boshqarish juda muhimdir. Aslida, tarixiy nuqtai nazardan, butun tizimning ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkita narsaga bog‘liq edi: ishlov berishda qancha xotira mavjudligi va u qanday optimallashtirilganligida. Xotira ierarxiyasini boshqaradigan operatsion tizimning qismi xotira menejeri yoki menejer deb ataladi. U xotirani samarali boshqarish uchun mo‘ljallangan va xotiraning qaysi qismlari ishlatilishini kuzatishi, jarayonlar uchun kerak bo‘lgan xotirani ajratishi va jarayonlar o‘z ishini tugatgandan so‘ng xotirani bo‘shatishi kerak.
Xotira – bu ko‘p dasturli operatsion tizim tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarishni talab qiladigan muhim resursdir. Xotira ostida sifatida bu yerda tezkor (operativ) xotira tushuniladi. Tashqi xotira (saqlash qurilmasi) deb nomlanadigan qattiq diskning xotirasidan farqli o‘laroq, ma’lumotlarni saqlash uchun operativ xotira doimiy quvvat manbai talab qiladi. Dastlabki operatsion tizimlarda xotirani boshqarish dasturni va uning ma’lumotlarini tashqi diskdan (perfokarta, magnit lenta yoki magnit disk) xotiraga yuklanar edi. Ko‘p dasturlashni paydo bo‘lishi bilan, operatsion tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta ishga tushuriladigan dasturlar o‘rtasida mavjud xotirani taqsimlash bilan bog‘liq yangi vazifalarga duch keldi. Multidasturli tizimda xotirani boshqarish uchun OT funksiyalari quyidagilardan iborat:
 bo‘sh va band xotirani kuzatish;
 jarayonlarga xotirani taqsimlash va jarayonlar tugaganda xotirani bo‘shatish;
 asosiy xotira o‘lchamlari undagi barcha jarayonlarni joylashtirish uchun yetarli bo‘lmaganda jarayon kodlari va ma’lumotlarini operativ xotiradan diskka ko‘chirish (to‘liq yoki qisman), va qachonki unda bo‘sh joy paydo bo‘lganda ularni RAM ga qaytarish;
 fizik xotiraning ma’lum bir sohasiga dastur manzillarini o‘rnatish;
 xotirani himoya qilish - boshqa jarayonga taqsimlangan xotiraga ma’lumotlarni yozishni yoki u yerdan o‘qishni taqiqlash. Ushbu funksiya qoida tariqasida operatsion tizim dasturiy modullari tomonidan qurilma vositalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.




  1. Download 262.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling