Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”
Download 245.5 Kb.
|
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева
Ilmiylik uslubi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan biri bo’lib, u fan asoslarini chuqur o’zlashtirmasdan o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o’quv predmetlari kabi bu prinsip tasviriy san’at darslarida ham amalgam oshiriladi.5
Tasviriy san’at atrof-muhitni huis etish, undagi voqea va hodisalarning o’ziga xos jihatlarini belgilashni talab etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida o’quvchilar chiziqli va havo perspektivasi, yorug’ soya, rangshunoslik, kompazitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Shuningdek odam va hayvonlarbibg plastic anatomiyasi haqida yetarlicha ma’lumotlarga ham ega bo’lishlari lozim. Tasviriy san’at dasturida o’quvchilarning bu qonunlarni o’zlashtirishlari ko’zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o’zlashtirmasdan realistic tasvir yaratish mumkin emas., desak mubolag’a bo’lmaydi. Rassom yoki o’quvchining rasm chizish uslubi har xil bo’lishi mumkin, lekin rasm yoki san’at asarlarining qurilishi bir hil, ilmiy asosida bo’lishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi, usq chizig’I, kesishish nuqtasi, kuzatilish nuqtasi, buyumning bir yoki ikki kuzatilish nuqtasi asosida rasmni ishlash, o’lchovlarni o’zgarish perspektivasi, och-to’qlikni o’zgarish perspektivasi, ranglarbi o’zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqlikni kamayishi perspektivasi va boshqa realistic ishlashga o’rgatishning asosini tashkil etadi. Ilmiy prinsip tasviriy san’at o’qituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarga berilayotgan barcha material va ma’lumotlar ilmiy bo’lishligini, maktab amaliyotida hamda o’quvchilarning xususiyatlariga mos bo’lishligani talab etadi. Tasviriy san’atni o’qitishda san’atning inson hayotidagi rolini tushun bilish juda muhimdir. Jumladan san’at ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligini nazarda tutish kerak. Tasviriy san’at o’qituvchisi shuni tushunishi kerakki, o’quvchilar borliqdagi narsalarni chizish jarayonida ularning faqat tashqi ko’rinishinigina emas, balki uning ma’lum qonuniyatlariga asoslangan ichki tuzilishini ham bilib olishlari talab etiladi. Ko’p hollarda bu qonuniyatlarni bilmaydigan o’quvchilar buyumlarning to’gri tasvirlashda yanglishadilar. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling