Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”
Download 245.5 Kb.
|
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш
I-bob yuzasidan xulosalar
Borliqni idrok etish va kompazitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar dars jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishi, shox-shabbalarning shakl va yo’nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go’zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning yengil va nafis parvozi ham o’quvchilarni hayajonlantaradi. Xulosa qilib aytganda tabiat bu estetik tarbiya omilidir yuqoridagi keltirilgan fikrlar nazariy jihatdan bu mavzuning yaqol isbotidir II-bob Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш 2.1.O’quvchilarda rang tasvir mashg’ulotlari orqali estetik dunyoqarashni shakllantirishning usul va vositalar Tabiatshunoslik biosferaga oid ilmiy tadqiqotdir.Tabiatshunoslar odatda tajriba oʻrniga kuzatuvdan foydalanishadi. Tabiatshunoslik hayot shakllarining kelib chiqishi va yashash tarzi haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va tizimga soladi. U biologiyaning ostsohasi boʻlib, botanika, zoologiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir va paleontologiya, ekologiya, biokimyo, geologiya va iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqadadir. Tabiatshunoslik, tabiiyot - tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui.Tabiatning inson ongidagi aksi boʻlgan ko’rinishi jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi.Tabiatning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. Tabiatning asosan, fundamental fanlar boʻlgan mexanika, fizika, kimyo va biol.dan tashkil topgan. Astronomiya, geol., tibbiyot fanlari, qishloq xoʻjaligi.fanlari, ekologiya kabi koʻplab bil im tarmoklari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. Tabiatning tabiatda yuz berib, roʻyobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini oʻrganadi va oʻrgatadi; ularning harakatlanish, oʻzgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu krnuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. Tabiat tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bogʻliqdir. Farobiy tasnifiga ko‘ra “Tabiiyot” yoki “Fizika” – tabiat to‘g‘risidagi fanlar guruhini tashkil etib, modda va jismlarni tabiatga bir-biri bilan bog‘liqligi, tabiiy va sun’iy jism to‘g‘risida; tabiat unsurlari – olov, havo, suv va yer to‘g‘risida 8 bo‘limda o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi. Diniy yoki metafizika to‘g‘risida ham Farobiy o‘z mulohazalariga ega. Abu Nasr al-Farobiyning X asrda tuzgan fanlar klassifikatsiyasi o‘z davrining eng mukammal, bekami-ko‘st klassifikatsiyasi bo‘lgan. Uning fanlar bo‘yicha tuzgan klassifikatsiyasidan G‘arbiy Yevropa olimlari: tabiatshunos Rodjer Bekon (1214-1280), musiqashunos Simon (1389), filolog Raymon Lulliy (1235-1315) va boshqalar o‘z asarlarida keng foydalanishgan. Hozirgi vaqtda fanlar ilmiy yo‘nalishlariga ko‘ra, fundamental va amaliy guruhlarga ajratiladi. Fundamental fanlar tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlarini o‘rgansa, amaliy fanlar fundamental fanlar natijalarini faqat bilish jarayoniga tatbiq etib qolmay, balki ijtimoiy-amaliy masalalarni hal etishga ham tatbiq etadi. Fundamental fanlar amaliy fanlarga nazariy asos yaratadi. Biz fan-texnika inqilobi davrida yashamoqdamiz. Bu tushuncha orqali fan va texnikaning hayotimizda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida shunday bo‘lgan emas. Fan va texnika kurtaklari qadimda shakllangan, ammo ular bir-biridan ayrim tarzda rivojlanib borganlar. Masalan, qadimgi yunonlar ajoyib madaniyatni vujudga keltirib, tabiatni bilishga intilishgan, lekin ular uchun og‘ir ishlarni ilmiy taraqqiyot natijasida yaratilgan mashinalar emas, balki qo‘llar bajarishgan. Faqatgina yangi davrda (o‘rta asrlarda) g‘arb madaniyatida insonning tabiatga munosabati kuzatuvchanligidan amaliylikka aylandi. Insonning tabiatga hayoliy munosabati amaliy ahamiyat kasb eta boshladi. Endi ular tabiatni qanday bo‘lsa shunday qabul qilmasdan, uni o‘zgartirish imkoniyatlarini qidira boshladilar. Bu esa tabiatshunoslikni texnikaga aylantirdi. Yunon faylasufi Geraklit Efes (eramizdan oldingi 544-483 yillar) Koinotni olovdan vujudga kelganligi to‘g‘risidagi fikrni bildiradi. Fales Miletlik (eramizdan oldin 625-547 yillar) esa butun borliq suvdan iboratligini o‘qdiradi. Fales Yunon faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Fales turli sohalarda, xususan, astronomiyada kashfiyotlar qildi. Masalan, Yunonistonda birinchi bo‘lib, Quyoshning tutilishini oldindan aytib berdi. U, shuningdek, Quyoshning bir yil davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli tuman narsa va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo‘lgan va pirovardida suvga aylanadi. U birinchi bo‘lib, olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va o‘zgarishda ekanligini aytgan. Fales asarlari saqlanmagan. U haqidagi ma’lumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Falesning shogirdi, izdoshi Anaksimen (eramizdan oldin 585-525 yillar) ta’kidlashicha, butun borliqning asosi havodan iborat. Uning fikricha, havoni siyraklashishi va quyuqlashuvi oqibatida barcha narsalar yuzaga kelgan, ya’ni havo siyraklashuvidan olov, quyuqlashuvidan esa bulut, suv va yer hosil bo‘lgan. Havoning harakati oqibatida rang-barang dunyo vujudga kelgan. Falesning boshqa shogirdi Anaksimandr (eramizdan oldin 611-545 yillar) “Tabiat haqida” – dastlabki Yunon falsafiy asarining muallifi. Anaksimandr Koinotning geotsentrik modelini, ilk geografik haritani tuzgan va odamni boshqa turdagi hayvon (baliqlar)dan kelib chiqqanligi g‘oyasini bayon qilgan. Pifagor (eramizgacha 582-500 yillar) Qadimgi Yunoniston matematikasida alohida o‘ringa ega. Son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmoniy tizimi degan g‘oyalar Pifagor falsafasida ilgari surilgan. Pifagor nomi bilan juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar tushunchalari bog‘liq. Pifagor Yerni sharsimonligi va o‘z o‘qi atrofida aylanishiga oid fikr-mulohazalarni bildirgan. Shu bilan birga, Pifagor Koinotning markazi Yer degan nazariyaga qo‘shilgan. Empedokl (eramizgacha 483-423 yillar) yer, suv, havo va olovni tabiatning “ildizi” deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiat unsurlari bo‘lgan to‘rt element bir-biri bilan aralashib tabiat boyliklarini hosil etadi. Demokrit (eramizning 483-423 yillar) Koinotni mayda zarrachalardan iborat deb hisoblaydi. Zarralar – “atom”lar abadiy, ularni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Koinot, borliq abadiydir. Demokritning fikricha, atomlar (yunoncha “atom” – bo‘linmaydi, parchalanmaydi degan ma’noni bildiradi) o‘zgarmaydi, sinmaydi, bo‘linmaydi va har doim harakatda. Ularni shakli va kattaligiga qarab ajratish mumkin. Ammo, atomlar shunday kichikki, uni inson o‘zining sezgi a’zolari bilan anglab ololmaydi. Demokritning atomni tuzilishi, Koinotni cheksizligi, abadiyligi to‘g‘risidagi ta’limoti o‘z zamonasidan ancha ilgarilab ketdi va kelgusida bir qator olimlar uning nazariyasiga qayta-qayta yondashishdi. Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasuf olimlaridan biri Aristotel (Arastu) hisoblanadi (miloddan avvalgi 384-322 yillar). Platonning shogirdi va uning akademiyasida tahsil olgan Aristotel, Aleksandr Makedonskiyga (Iskandar Zulqarnayn) murabbiylik qilgan. Aristotel fan sohalarini tasniflab insoniyat tafakkurini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shdi. 6 Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling