Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”


Manzara ishlashda akvarel bo’yoqlaridan foydalanish


Download 245.5 Kb.
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1503060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева

Manzara ishlashda akvarel bo’yoqlaridan foydalanish.
Manzara ishlashda ko’pgina qiyinchiliklargs duch kelish mumkin. Tabiat manzaralarining rangli tasvirini ishlashda hava va rang perspektivasiga alohida e’tibor berish lozim. Shunda tasvir sifatli chiqadi va tomoshabinning e’tiborini tortadi. Shuningdek, manzara ishlayotganda tanlangan ob’ektni nisbatan joylashish o’rnini hisobga olish kerak. Ikkinchi plansa ko’rsatiladigan tasvirlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Manzara ishlashga endigini kirishayotgan paytda o’rtacha kattalikdagi qog’ozdan foydalanilsa manzara tez va yaxshiroq chizilib, o’quvchini qiynab qo’ymaydi. Bu borada durustroq bilim va malakalar hosil qilgandan keyin esa asta-sekin kattaroq o’lchamdagi qog’ozlar bilan ishlashga o’tish mumkin.
Manzara ishlashga kirishishdan oldin, joy tanlashni, ishni qanday boshlashni va tugallashni o’rganib olish lozim.
Manzara ishlashda dastlab uning yorug’ va to’q joylari belgilab chiqilishi kerak, qolgan joylari esa shunga qarab ishlanadi.
Osmonni oldin ham keyin ham ishlash mumkin. Lekin ranglarnig kuchi osmon rangining kuchiga nisbatan olinadi. Osmon agar bir hil bulutsiz ko’rinishda bo’lsa, ishni osmondan boshlash kerak. Bordi-yu osmon bulutli bo’lsa, rangdor vaziyatga kelishini kutish tavsiya etiladi. Manzaradagi osmon tasvirini qog’ozga xol qilib ishlash ma’qul. Shunda havo perspektivasi yaxshi seziladi. Quyoshli kunlarda esa soya joylarni yengil tusda ifodalash lozim. Yirik tusdagi ob’ektlarning manzarasini tasvirlashda dastlab xarakterli joylarni belgilab olish zarur. So’ngra mayday detallarni ishlash mumkin.
Shunday qilib o’quvchilarga manzara ishlatishdan maqsad qo’l harakatini tezlashtirish, ko’z bilan chamalash va rangni sezishni o’rgatish akvarel bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga erishishdir.
Alya prima metodida manzara qog’oz namligini saqlagan holda bir yo’la ishlanadi. Bu metod tez o’zgaruvchi manzaralarni darxol ishlab olish uchun kerak bo’lgan paytlarda, masalan, quyoshning chiqishi va botish paytlarini, tumanli yoki yomg’irli ko’rinishlarni tasvirlashga to’g’ri kelganda qo’llaniladi. A-lya prima metodida ishlangan har bir detal bir usulda boshlanadi va tugallanadi. Bunga asosan barcha ranglar kerakli kuchida qo’yiladi.
Shuningdek, ishlangan har bir natura ham umumiy va yaxlit ko’rinishda bo’ladi. Alya prima metodi bilan ishlaganda qo’shimcha vositalardan foydalanilmaydi. Ranglar asosan o’zaro ohangdosh bo’lishi va tiniq hamda toza ko’rinishda surilishi lozim. Bularning barchasi bo’yoqlar bilan ishlash malakasining o’sishiga, qo’lning yengil va tez harakatlanishiga, rangni ko’ra bilish va sezish qobiliyatlarining rivojlanishiga katta yordam beradi.
Akvarel bo’yog’i bilan ishlashni o’rganmoqchi bo’lgan har bir kishi A-lya prima metodini yaxshi bilib olishi lozim. Bu esa ranglarni sezish, shaklni tushunish, shuningdek, rangni rangga qo’shish va bog’lash kabi qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi.
Kerakli rangning o’z tusi va kuchida berilishida bir necha ranglar qo’shilmasidan hosil bo’ladigan aralashma ranglar muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Aralashma rangni tayyorlashda ko’p bo’yoqlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Kerakli rangni ikkita yoki ko’pi bilan uchta rangning aralashmasida hosil qilish mumkin.
Ortiqcha bo’yoqlarning qo’shilishi rangning tiniqligini va tozaligini, ravshanligini va nihoyat rang aniqligini buzadi. Shuning uchun barcha bo’yoqlarni o’z xossalariga ko’ra, tiniq bo’yoqni tiniq bo’yoqqa, to’q va qo’yiq bo’yoqni o’ziga o’zshash to’q va qo’yiq bo’yoqga aralashtirish tavsiya etiladi. Lekin A-lya prima metodida bunga deyarli amal qilinmaydi. Chunki qog’ozning toza qismiga qo’yilgan har bir bo’yoq aralashmasi o’zining sofligi, rangdorligi kabi sifatlarni saqlab qoladi.
Shuni esda tutish lozimki, to’yingan va kuchli ranglarni hosil qilishda kerakli rangdorlik xususiyatiga ega bo’lgan bo’yoqlardan foydalanish kerak. Mazkur ranglarning to’yinmagan och tusdagi aralashmasini olishda och tusli, masalan: sarg’imtir ranglardan foydalanishtavsiya etiladi. To’yingan yoki to’q tusdagi yoki tiniq va xira ranglarni hosil qilishda esa jigarrang hamda qora ranglar qo’llaniladi. Barcha hollarda ham bo’yoqning quriganidan keyin tiniqligicha qolishiga, nursizlanmasligiga erishish lozim. Buning uchun naturadagi ko’zga yaqqol tashlanadigan qarama-qarshiliklarni ranglarning to’yingan va to’q tusli ko’rinishlarining to’yingan va to’q tusli ko’rinishlarining o’zaro bog’liqligini eng to’q joylarining o’zaro to’yinganligini hamda bir-birlariga sekin o’tishlari kabi xossalarini bilib olish darkor.
Soyalar belgilanganda esa yarim soyalar ham aniqlanadi va bir-biriga solishtirib ishlanadi. Har bir qo’yilgan mazok o’zining o’rniga, shakliga va tasvirining aniqligiga javob berishi kerak. Bo’yoqlarning o’ziga xos xususiyatlaridan samarali foydalanish zarur.
Havoning ta’sirini sezdirishda, suvni, bo’shliqni, soyalarni tasvirlashda tiniq bo’lgan bo’yoqlarni ishlatgan ma’qul. Yerning tekisligini, qurilishlarni, tabiatdagi qo’pol va besonaqay buyumlarni tasvirlashda qoramtir to’q tusli bo’yoqlar qo’llaniladi.Bu usulda ishlash paytida qog’ozning ostiga ho’llangan karton bo’lagi yoki deraza oynasi qo’yishni unutmaslik kerak. Shunday qilinganda qog’ozning namligi uzoq vaqtgacha saqlanib turadi. Ranglarning ko’rinishi va tuslarning o’zaro ohangdoshligi juda yaxshi saqlanadi.9 Rangni o’z joyiga topib qo’yish ham muhim omillardan biridir.
Alya prima usulida ishlashning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, unda buyum hamda detallarning shakllarini aniq saqlab qolish qiyin. Bundan tashqari xo’llangan qog’ozning sirti ham notekis quriydi. Rang ko’proq qo’yilsa, rasmda har xil iflos ko’rinishlar xosil bo’ladi. Ishni sifatli chiqarish uchun ba’zan qo’shimcha usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Lessirofka metodida ishlash. Akvareldan foydalanishning keng yo’lga qo’yilishi, rasm ishlash usullari va metodlarining hilma-hil bo’lishiga olib keldi. Ulardan biri Lessirofka metodida ishlash hisoblanadi.
Lessirofka metodida asosan bo’yoqlarning tiniqligidan ranglarning o’zgarish hususiyatlaridan, hamda bir rangning ustiga ikkinchisini qo’yib, boshqa tusni hosil qilish yo’llaridan juz’iy foydalaniladi. Lekin oldin berilgan rangning ustuga boshqasini yotqizishdan avval oldingi rang yaxshilab quritiladi. Shuningdek ranglarning o’zgarishi bilan bir hildagi rang tuslari xosil qilinadi, ularning to’yingaligi kuchsizlikdan o’ta to’qlikka olib boriladi.
Lessirofka metodi ranglarni palitrada aralashtiriash metodidan keskin farq qiladi. Bunda qo’shimcha va kerakli ranglar bir-birining ustiga qo’yish yo’li bilan xosil qilinadi. Shuningdek bu ketod bilan murakkab ranglar hosil qilishning o’z chegaralari bor. Masalan: yashil, zarg’aldoq va binafsha ranglarini o’z kuchida to’yintirib olish qat’iyyan man etiladi. Shuning uchun ham lessirofka metodi bilan ishlagabda palitradagi mavjud ranglarni yoki aralashtirib topiladigan ranglarga yaqinlashtiriladigan usullarni qidirishga ehtiyoj qolmaydi.
Lessirofka metodida rang dastlab yorug’ va tiniq tusda qo’yiladi, keyin esa bo’yoqning tiniq qatlami qaytadan qo’yiladi va o’z meyoriga yetkazib tugallanadi.
Narsalarning rangli tasvirini asliga qarab ishlashda bu metod asta-sekin yoritilishni ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. Bordi-yu, bo’yoqlar o’z kuchiga yetkazib qo’yilsa, ba’zan nursiz va hira chiqib qolishi kuzatiladi.
Lessirofka metodi bir rang ustiga ikkinchisini surishda har bir qo’yiladigan rang qavat orasida aniq chegara bo’lishini taqazo etadi. Bu hol o’quvchilarga shakl va ranglarning o’zaro bog’liqligini tushuntirishda juda qo’l keladi. Shuningdekbir rang ustiga ikkinchisini surishni, tiniq va xira bo’yoqlarni ustalik bilan aralashtirish hamda xossalarni o’rganish ham yaxshi natija beradi. Bo’yoq qavati qanchalik ko’p surilgan bo’lmasin, undan yorug’lik nurlari yaxshi qaytadigan bo’lishi kerak. Har bir yangi bo’yoq oldingi bo’yoq qavati quriganidan keyingina qo’yiladi. Shundagina ostki qavatning yuvilib ketishining oldi olinishi mumkin.
Lessirofka metodi ko’proq uzoq ishlanadigan asarlar- natyurmort, kompazitsiyali sur’at, kitoblarga illyustratsiyalar hamda naqshning ba’zi bir elementlarini ishlashda qo’llaniladi.
Endi akvarelda etyud ishlash haqida biroz to’xtalib o’tamiz.
Akvarelda etyud ishlash qisqa vaqt ichida bajariladigan rangli tasvirdir. Etyud ishlash asosan to’garak ishlarida hamda amaliy mashg’ulotlarda o’rgatiladi. Etyud interyerda ham, planerda ham ishlanishi mumkin.
Interyerda (xona ichida) uncha murakkab bo’lmagan natyurtmortlar 1.5-2 soat ichida ishlanadi. Etyud ishlashda chiziqli tasvirning aniq bo’lishi muhim rol o’ynaydi. Interyerda etyud ishlaganda qo’yilgan naturaning tasviri qisqa vaqt ichida chizilib bo’ladi. Mayda detallarga unchalik e’tibor berilmaydi. Ko’rilgan bo’yoq palitradan darxol topilib, kerakli joyga o’z kuchida surilishi kerak. Planerda (ochiq havoda) etyud ishla ham shunga o’xshash bo’lib, bunda asosan tabiat manzarasi tasvirlanadi.
Ochiq havodagi etyudlar asosan a-lya prima metodida ishlanadi. Chunki boshqa usulda ishlash ko’p vaqt talab etadi. Etyud ishlashda kerakli jihozlar oldinda tayyorlab qo’yiladi. Ayniqsa planerda etyud ishlashga puxta tayyorgarlik ko’rish tavsiya etiladi. Chunki tabiat manzaralari daqiqa sayin o’zgarib turadi. Planerda etyud ishlashda akvarelda ishlashda orttirilgan tajribalar juda qo’l keladi. Planerda ham interyerda hametyud ishlashdan maqsad qo’lni tez harakat qilishga o’rgatish, rang tuslarini darhol ko’ra olish hamda ajrata bilish qobiliyatini o’stirishdir.
Ush uchun joy tanlanganda planshet yoki etyudnik albatta soyada bo’lishi kerak. Bordi-yu ochiq joyda, quyosh nurida ishlashga to’g’ri kelsa maxsus soyabon yoki gazeta va shu kabilar yordamida soya tushirish lozim. Qog’ozda quyosh nuri tushib tursa ko’zni tez toliqtiradi va rangli tasvir ko’ngildagidek chiqmaydi.
Ba’zi havaskor rassomlar akvarelda ishlangan rangli tasvirlarga moy bo’yoq ko’rinishini berish uchun ularni ustini xar hil laklar, tuxum sarig’I kabilar bilan qoplaydilar. Bunday qilish akvarelda ishlangan rasmlarning ko’rinishini buzadi hamda bo’yoqlarning tiniqligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Akvarelda, qalamda bajarilgan ishlarning saqlanishi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ishlangan etyudlar, homaki ishlar yaxshi saqlangan bo’lsa, keyinchalik ular yangi asarlar yaratishda rassom uchun qimmatli manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’quvchilarning yeg’ib olingan ishlari ham keyinchalik ularga o’z hatolarini ko’rsatishda, shuningdek, rasmlar ko’rgazmasi tashkil etishda kerak bo’ladi.
Saqlanadigan rasmlarning chetlariga oq qog’oz yopishtirish hamda ularni maxsus oynalar qo’yish tavsiya etiladi. Har bir rasmning tagiga ish nomi, ismi-familiyasi yozib qo’yilishi kerak.
Akvarelda ishlangan rasmlarni ko’rgazmaga qo’yganda quyosh nuri tushmaydigan joy tanlanadi va ular qora yoki kulrang parda ostiga qo’yiladi.
Yig’ib olingan rasmlarning maxsus papkalarda saqlash uchun oralariga yupqa tiniq va shaldiroq qog’oz yoki polietilin bo’laklari qo’yish tavsiya etiladi. Papkalarni esa quruq va soya joylarda saqlash lozim. Agarpapka qo’yilgan joy nam bo’lsa, qog’ozlar sarg’ayib qolishi yoki ranglari bir-biriga o’tib ketishi mumkin.
Alisher Navoiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Kamoliddin Behzod, Firdavsiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi jahonga mashxur olim, shoir, naqqosh, musavvir va boshqalar rang haqida, uning turlari, nomlari, ramsiy ma’nolari, inson sog’lig’iga ta’siri haqida juda ko’p ilmiy-tadqiqot ishlari qilganlar.
Abu Rayxon Beruniy o’zining asarida ranglarning200 dan ortiq omlarini ochgan. Afsuski, yillar, asrlar o’tishi bilan hozirga kelib, buning aksi bo’lib, asta-sekin ranglarning nomi, turlari va ramziy ma’nosi, hamda ularning tili yo’qolib ketish arafasida turibmiz, hozirda ranglarning nomini, odamlardan nechta rang sanab bera olasiz deb so’rasangiz, faqat 10 ta yaqinini sanab o’tishlari mumkin. Bu esa yuqorida aytgan gaplarimizning dalilidir.
Xalqimiz quyidagi ranglarni ajrata olganlar va ularning nomini bilganlar. Xattoki olimlarimiz har bir rang nomi nima uchun qo’yilganligini o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Shu ranglarning ayrimlari bilan tanishamiz: bo’z, gulgun, gunafsha, zumrad, danifa rang, zaynovi, ko’k temir, makaylik miynovi, norgul, olma talqon, saman, sir, sovot, axzar, bayzo, baxromi, birjina, vardi, zulmoni, kabibiy va boshqalar.
Har bir rangning o’z mazmuni va asoslangan manbai bo’ladi. Ranglar aralashmasida hosil bo’lgan ranglardan xuddi otalik va onalik mehri kelib turgandek tuyuladi.
Ranglarning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo’lg’usi rassomlarga ranglarning tabiatda hosil bo’lishi va tarqalishi masalalarini, ularning atrof-muhit ta’sirida o’zgarib ko’rinishi, bo’yoqlarni tayyorlash va ulardan foydalanish yo’llarini o’rgatadi.
Markaziy Osiyoda ranglar xaqidagi ta’limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik va devorlarga freska, pannolar ishlash bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. Chunki, musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etgan. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog’liq kimyoviy jarayonlarni o’rgangan.
Ranglarning tabiatda qanday hosil bo’lishi va tarqalish xodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg’onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Leon Battasta Alberti,Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir asarlarida ranglarning xususiyatlari xaqida yozganlar.
Atoqli va mashxur olimlar Nyuton, Lamanosov, Gelmgoistlar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar.
Isaak Nyuton qator tajribalar o’tkazib, oq yorug’likning ko’p rangli ekanligini isbotlagan, ekranda spektor ranglarini hosil qilgan.10 Buning uchun Nyuton quyoshning oq yorug’ligini derazadagi qora rangning ingichka tirqishidan o’tkazgan va yo’liga uch qirrali prizma qo’ygan, natijada ekrnda har xil ranglardan iborat keng yorug’lik dastasi ko’ringan. Ekranda ko’ringan ranglar spektor ranglar bo’lib, ular quyidagicha joylashgan edi: qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, zangori, ko’k va binafsharang.
XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgolts rangtshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratgan. Ko’p yillik tajribalari asosida aramatik ranglarning uchta asosiy alomati-rangtoni(nomi), rangning och-to’qligi va to’yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko’rsatgan.
Rang muammolarini o’rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan.Hozir ham dunyoda yagona bo’lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta’sir etadigan tabiat hodisasi-rang atroflicha o’rganildi.
Rangning nomini ifodalovchi, ya’ni ularning birini qizil, ikkinchisini ko’k, uchinchisini binafsha va hakazo deb atalishiga asos bo’lgan belgisi rang toni deyiladi.
Biror xramatik rangga ozroq kulirang qo’shsak, uning sho’xchanligi pasayib, nursizlanadi. Bu xol rangning kam to’yinganligidan darak beradi.
Shu o’rinda tempera to’g’risida to’xtalib o’tamiz. Tempera suv bilan ishlatiladigan bo’yoqlar turkumiga kiradi.
Tempera lotincha (temperare) so’zdan olingan bo’lib, aralashtirish degan ma’noni anglatadi.
Qadimgi rusda XVIII asrgacha tempera stanokli hamda monumental rassomchilikning eng yaxshi materiali bo’lib keldi. Ular asrlar davomida temperada ishlash usullarini rivojlantirib hamda takomillashtirib keldilar. Ayniqsa tuhum sarig’idan tayyorlangan temperada ishlash Andrey Rublyov ijodining asosiy qismini tashkil etadi. Rossiyada tempera bilan rangli tasvir ishlash XVIII asrning ikkinchi yarmigacha rivojlandi va asta-sekin uning o’rnini moy bo’yoqda ishlash san’ati egallay boshladi. Tempera yordamida devorlarga rangli tasvir ishlash faqatgina G’arbiy yevropadagina emas, balki Vizantiya va Rossiyada ham keng tarqalgan edi.
Hozir esa temperaga bo’lgan qiziqish yanada oshdi. Bunga sabab temperaning namga, harorat va tashqi muhit o’zgarishlariga chidamliligidir. Lekin uning kamchiligi shundaki, qo’yilgan bo’yoq qavati haddan tashqari qurib ketsa, qattiqroq bosilganda yoki turtilganda gruntdan tushib ketishi mumkin.
Tempera ikki qismdan iborat: bog’lovchi element bo’lmish tabiiy yoki sun’iy moddadan va bo’yoq moddasidan tashkil topadi. Bog’lovchi elementlar emulsiyaning tarkibiga qarab sariqli tempera (tuxum sarig’I qo’shilgan tempera), oq tempera(tuxum oqi qo’shilgan tempera), butun tuxum qo’shilgan tempera, moy tuxumli tempera va boshqa turlarga bo’linadi. Temperaning bu turlari bir-birlaridan faqat bog’lovchi elementlarining tarkibi bilangina emas, balki o’ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Sariqli tempera ikki qismdan: bog’lovchi emulsiya va bo’yoq moddasidan iborat. Temperaning bu turi juda qadim zamondan ma’lum. Bog’lovchi modda sifatida tuxum sarig’I olinadi hamda unga ta’sirchanligini ma’lum darajada oshirish uchun sirka yoki nondan tayyorlangan kvas qo’shiladi.
Emulsiya tayyorlash uchun tovuq tuximi olinadi va ehtiyotlik bilan bir chetidan sindiriladi. Uning oqsil moddasini alohida idishga olish lozim. Tuxum sarig’ini qoplamasi igna yoki bironta o’tkir asbob bilan tilinadi va kerakli idishga oqiziladi. So’ngra sariq moddaning hajmiga teng miqdorda suv quyib, tayoqcha bilan aralashtiriladi hamda sirkaning suvdagi eritmasidan 5-6 tomchi tomiziladi. Emulsiya natijada tezda qo’yilib qolmaydigan bo’ladi. Shu bilan emulsiyani tayyorlash nihoyasiga yetkaziladi.
Bo’yoq moddasini emulsiyaga aralashtirishdan oldin unga ma’lum darajada qayta ishlov berish tavsiya etiladi. Chunki bo’yoq tarkibida xar hil begona elementlar bo’lishi mumkin. Ularni yo’qotish usullari quyidagicha:bo’yoq kukuni tosh plita ustiga sepiladi hamda hamirsimon narsa hosil bo’lguncha suv qo’shilib, temir kurakcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra maxsus dastatuygich yordamida yaxshilab ishqalanadi. Bo’yoqning nami qochmasligi uchun unga oz-ozdan suv quyib turiladi. Bo’yoq moddasining tarkibida hech qanday donador yirik zarrachalar bo’lmadligi kerak.
Bo’yoq moddasini tayyorlashga 1-2 soat kifoya qiladi. Ishqalab tayyorlangan bo’yopq kukuni kurakcha yordamida plita ustidan yig’ishtirib olinadi va quritish uchun konussimon shaklda bir yerga to’planadi.Kukun quriganidan so’ng maxsus qopchalarga solib qo’yiladi. Qopchalarni polietilindan kerakli o’lchamlarda yasab olish mumkin. Shuningdek qopchalarning zavodlarda chiqariladigan turlaridan ham foydalansa bo’ladi.
Sariqli tempera quyidagicha tayyorlanadi: chinni idishga yoki bo’yalmagab sopol idishga kerakli tusdagi kukun sepiladi. Ustiga ozroq emulsiya quyilib, ko’rsatgich yoki o’rta barmoq bilan ishqalanadi. Rangli tasvir ishlash tamom bo’lganidan so’ng bo’yoq qotib qolmasligi uchun unga ozroq suv solib qo’yiladi. Kerak paytda suvi to’kib tashlanib, ozroq emulsiya aralashtiriladi. Tayyor bo’yoq bir haftacha buzilmaydi.
Temperaning qurishi moyli bo’yoqlarning qurishidan keskin farq qiladi. Rangli tasvirdagi bo’yoq qavati tarkibidagi suv bug’lanib ketganidan so’ng, tempera sirti nafis parda bilan qoplanadi va quyuqlanadi.
Oqli tempera ham huddi sariqli tempera kabi tayyorlanadi. Oqli temperaning xossalari ham sariqli temperanikidan qolishmaydi. Lekin u tashqi muhitga unchalik mos emas. Qurigandan so’ng sirtida mo’rt qavat hosil bo’ladi. Bu temperadan ko’proq qog’oz, karton va shu kabilar, lak hamda alif bilan qoplanmaydigan sirtlarni bo’yashda, bezatishda foydalaniladi.
Butun tuxum qo’shib tayyorlanadigan tempera uchun bog’lovchi sifatida tuxumning sarig’I va oqsilining suvdagi eritmasi olinadi. Tuxumning oqsil hamda sariq moddasi o’z hajmiga teng miqdordagi suv bilan kurakcha yordamida aralashtiriladi. So’ng mustaxkamligini oshirish uchun kerakli miqdorda fenol qo’shiladi. Emulsiya hosil qilib bo’lingach unga tepera bo’yoq kukuni solinib, bir zaylda aralashtiriladi.
Bu tempera o’zining rang barangligi, pishiqligi bilan sariqli temperadan qolishmaydi. Undan katta hajmdagi va uzoq saqlanmaydigan dekorativ pannolar, bezaklar ishlashda foydalaniladi.
Temperalar odatda sanoat usuli bilan kichik va katta tyubiklarda ishlab chiqariladi. Ularni uzoq vaqt saqlashga to’g’ri kelsa, quyosh nuri tushmaydigan salqinroq joylarga qo’yish tavsiya etiladi.
Tavsiyalar.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling