Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”


Natyurmort ishlashda akvarel bo’yoqlaridan foydalanish


Download 245.5 Kb.
bet16/18
Sana16.06.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1503060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева

Natyurmort ishlashda akvarel bo’yoqlaridan foydalanish.
Natyurmort- fransuzcha so’z bo’lib, jonsiz tabiat degan ma’noni bildiradi. Akvarel bilan ishlash malakalarini rivojlanishiga natyurmort ishlash katta yordam beradi. Chunki, uning formasini, rangini osongina idrok qilish va qog’ozda tasvirlash mumkin. Shuning uchun natyurmort ishlash jarayonida rasm chizish hamda akvarelda tasvirlashning asosiy elementlarini puxta o’rganish mumkin. Natyurmort ishlashning dastlabki bosqichlarida o’quvchilarga uncha murakkab bo’lmagan buyumlar tasvirini chizdirish tavsiya etiladi.
Narsaning asliga qarab rasm chizishda va uni akvarel bo’yog’ida tasvirlashda ranglar boyligi, o’zaro bog’liqligi hamda nisbatlarining roli katta. Natyurmort ishlashning dastlabki bosqichlarida bir-birlaridan rang jihatidan keskin farq qiladigan buyumlarni tanlash kerak. Shunda bo’yoqlarning bir-birlaridan farqlarini sezish juda osonlashadi.
Natyurmort ishlashda asosiy diqqat e’tiborni buyumdagi eng yorug’ va to’q joylarga qaratmoq lozim. Tasviri chizilayotgan natura yaxshilab analiz qilingan va o’rganib olingandan keyingina amaliy mashg’ulotga o’tish mumkin.
Natyurmort ishlash jarayonida naturaning yoritilganlik darajasini sezdirish va rang tanlashni o’rgatish kabilar ko’zda tutiladi. Naturaning yoritilganlik darajasini sezdirishdatanlanadigan buyumning sirtlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlanadigan naturaga unchalik tiniq, yarqiroq bo’lmagan buyumlar olinadi. Naturaga yorug’lik yon tomondan tushishi hamda tushuvchi soya unchalik katta bo’lmasligi lozim. 8
Natyurmort uchun olingan buyumlarning sirtlari bo’yalgan yoki nikellangan bo’lsa, ularning yorug’ tushayotgan tomonida yaltirog’ dog’chalarni ko’ramiz. Bu yorug’lik nuruning eng ko’p qaytayotgan joyi- yorug’lik shu’lasi deb ataladi. Yorug’lik shu’lasi buyumlarning shakliga bog’liq ravishda ingichka yo’l yoki nuqta ko’rinishida bo’ladi. Xira sirtlarda yorug’lik shu’lasi uncha sezilmaydi. Yorug’lik shu’lasi ko’pincha xonaning ichidagi buyumlarda hosil bo’ladi va naturaning eng sovuq nuqtasini hosil qiladi. Chunki unga derazadan tushayotgan yorug’lik nurlari orqali havo rang osmonning sovuq tuslari ta’sir qiladi.
Yorug’lik shu’lasiga qarama-qarshi tomonda soya joylashadi. Lekin soyaning rangi bir hil bo’lmasdan har-xil rang rang tuslaridan iborat. Bu bko’rinish refleks deb ataladi. Reflekslar hamisha yorug’lik shu’lasidan to’qroq bo’ladi. Buyumning o’zida hosil bo’lgan soyalar hususiy soya deb yuritiladi. Xususiy soya bilan buyumning yorug’lik tushayotgan tomonlari oralig’iga yarim soya joylashadi. Buyumlardan tushayotgan soyalar ularning formasini belgilaydi va tushuvchi soyalar deb ataladi.
Tushuvchi soyalarning ranglari naturaga hamda fon rang tuslarining aralashuvidan hosil bo’ladi.
Ishni asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan boshlab, albatta oxiriga yetkazish kerakligini unutmaslik darkor. Ishlash uchun doimo tiniq bo’yoqlar tanlash, naturadagi xar hil mayday elemantlar bilan o’ralashib qolmaslik lozim. Aks holda tuzatib bo’lmaydigan hatolarga yo’l qo’yish mumkin.
Yuqorida aytilganidek, naturmort ishlashdan ko’zlanadigan ikkinchi maqsad rang tanlashni o’rgatishdir. Birinchi rangli natyurmortni ishlashni o’rganishda ma’lum rangdagi buyumlardan iborat natura qo’yilishi lozim.
Naturmortlarni rangda ishlashda eng avvalo, har bir buyumning rangini aniqlash va yoritilishidan hosil bo’lgan rang tuslarini tipib olish kerak. Ranglarning tuslari aniqlanib solishtirib ko’rilganidan keyin ular sirtlarining ranglari, yoritilganlik darajalari qarab chiqiladi. Natijada ranglarni hamda yorug’liklarni o’zaro muvofiqlashuv qonuniyatlarini nazarda tutgan holda birinchi qavatini qo’yish mumkin. Buyumlar va fonlar ranglarining munosabatlari belgilab chiqilgandan so’ng buyumlarning formalarini rangda aniqlashga o’tish mumkin. Bunda buyumni yoritishdan hosil bo’lgan soya, siyrak soya, tushuvchi soyalar ko’zda tutiladi.
Naturmortning chiziqli tasviri tayyor bo’lgandan so’ng, butun diqqat e’tibor naturaga qaratiladi. Chunki undagi ranglarning o’zaro munosabatlarini qayta tekshirib ko’rish yaxshi natija beradi.
Naturmortni bo’yoqda tasvirlashda ranglarning to’yinganligi muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa naturmortdagi mavjud issiq va sovuq ranglarni, shu’lalarni, reflekslarni o’z o’rnini topib ishlatishda katta tajriba va mahorat talab qilinadi. Naturaning soya qismlarini bo’yoqda tasvirlashda undagi har xil reflekslarni aniq tasvirlash lozim.
Naturmort ishlashda baland buyumlarni doimo orqa fonda bajarish yaxshi natija bermaydi. Ularni oldingi planga ham joylashtirish mumkin. Lekin bunda orqa plan ham yetarli darajada ko’rinishi shart. Naturmortni qo’yishda uning kompozitsion tuzilishiga e’tibor berish lozim.
Naturmort qo’yishda quyidagilarga amalgam qilish kerak:

  1. Naturmortning pastki qismi o’quvchiga yaxshi ko’rinib turishi lozim. Buning uchun naturani ko’z chizig’idan balandga joylashtirilsa, buyumlarning asosi bir to’g’ri chiziqqa tushib qolishi mumkin.

  2. Naturmort albatta o’ziga mos fonga joylashtirilishi darkor. Eng yaxshi fon sifatida tekis va och tusdagi materiallar tanlanadi. Masalan: devor, karton, faner bo’lagi, gazmol.

Naturmortning chiziqli tasvirini chizishda orqa fonda xonaning ko’rinishini, derazani va hakozolarni tasvirlash ishni ancha qiyinlashtiradi hamda uning sifatsiz chiqishiga sabab bo’ladi. Chunki derazadan tushayotgan yorug’lik kuchli bo’lganligidan unga qarama-qarshi tomon ko’zimizga qoramtir tusda ko’rinadi.
3. Naturmort uchun shaklini tushinish qiyin bo’lgan mayday detallar, bezaklardan iborat buyumlar tanlanmaydi. Chunki ularni aniq tasvirlay olmasdan, bir-biriga aralashtirib yuborish mumkin.
Akvarel bilan ishlash texnikasiga oid malakalar va tushunchalar hosil qilingach, buyumni hilma-hil ranglarda emas, balki bir hil rangning o’zida tasvirlash mumkin. Bu xil rangda rasm ishlash usuli monoxrom yoki grizayl usuli deb ataladi. Mono- bir, xrom esa rang demakdir.
Endi grizayl usuli haqida to’xtalib o’tamiz. Grizayl-fransuzcha “grizayle” degan so’zdan olingan bo’lib, nafis san’atda bir rangning har – xil tuslaridan foydalanishi demakdir. Grizayl’ faqat qalamdagina emas, balki akvarelda, moyli buyoq va hakozo materiallarda ifodalanishi mumkin. Bu ishlardan asosiy maqsad buyum fanning o’zaro bog’liqligini topishdir. Bajarilish uslubi jihatidan grizayl’ ishlash nafis san’atga yaqin turadi. Buyoqda xilma- xil yorug’lik tuslarini, soyalarni tasvirlash mumkin. SHuningdek, soyalarga yumshoq va nafis o’tish rasmning ma’noli va jonli chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Odatda grizayl’ uchun to’q bo’yoqlar, masalan, to’q zangori, qora, jigar rang kabilar tanlanadi.
Qora bo’yoq o’zining g’oyat chiroyligi va tuslarga boyligi, juda nozikligi, yorug’lanishi va to’qlanishi jihatdat boshqa bo’qlardan ustun turadi. Rassomlar o’z ishlarida bu bo’qlardan juda unumli foydalanidilar. Qora bo’yoqning o’rniga zangori hamda jigar ranglardan foydalanish zaruriyati tug’ilganda esa ularning eng to’q tusdagilari tanlab olinadi.
Grizayl quyidagi tartibda ishlanadi:
1. Avval natura yoki buyumning chiziqli rasmi ishlanadi. Rasm ishlanib va tekshirib bo’linganidan keyin undagi shu’laningo’rni hamda formasining eng yorug’ va to’q va to’q joylari aniqlanadi.
2. Shu’la o’rniga qog’ozda joy qoldirilib, tasvirning boshqa qismlari bo’yoqning kuchsiz eritmasi qoplb chiqiladi. Bunda eritma tusining ko’rinishi buyum yorug’ joylarining ko’rinishiga yaqin bo’lishi lozim.
3. Surilgan bo’yoq qog’oz quruguncha qadar buyumning eng yorug’ joylari, yarim soyalari hamda soya qismlari aniqlanadi.
Keyin esa tasvirning qolgan qismi bo’qning yangi eritmasi bilan qoplanib, soya va yarim soyalar bo’lgan joylar yengilgina yuvib olinadi. Aks holda,Yu ayrim joylarda keskin o’tishlar va chegaralar hosil bo’lib qolishi mumkin. Agar predmet fonda bajarilsa, bir vaqtning o’zida yorug’ tomonlari va soya tomonlari uchun tuslar tanlanadi.
4. Soya va soyaroq joylar bo’yoq miqdorini ko’paytirish ki moyqalamda yengil mazok qo’yish usuli bilan hosil qilinadi. Fanni buyum bilan birga ishlagan ma’qul. Bunda uning yorug’lik hamda soyalar o’rtasida o’rtasidagi chegarasini aniqlab olish, shuningdek to’q soya joylari o’rtasidagi chegarasini aniqlab olish, shuningdek to’q soya joylari solishtirishning ahamiyati juda kattadir.
Endi natyumort ishlash jarayoni aks etirilgan mashni misol keltiramiz:
Natyumort uchun gipsdan yasalgan geometrik sirtlardan tsilindr hamda shar to’planadi. Fon uchun to’qroq tusdagi materialdan foydalangan ma’qul. CHunki to’q fonda oq gips ko’zga yaxshi tashlanadi. Naturaning rangli tasvirini ishlash uchun uning chiziqli tasviri yaxshilab chiziladi. Soya, yarim soya va tushuvchi soyalarning, yorug’lik shu’lasining o’rinlari qalamda belgilab chiqiladi. Yaxshilab tekshirib chiqilgandan so’ng qo’g’oz sirti suv bilan yuviladi. Qog’oz qurigandan so’ng akvarelning qora rang tusi tanlanadi. Buyoqni maxsus idishda mo’l qilib tayyorlangan ma’qul. Uning rangini tsilindr sirtidagi yorug’ joydan to’qroq qilib olish kerak.
TSilindr va shardagi yorug’lik nuri eng ko’p aks etayotgan joyni qoldirib, boshqa qismi rang bilan bo’yab chiqiladi hamda quruguncha fon qora rangning to’qroq tusi bilan ishlanadi. So’ngra naturaning soya tomonidan reflekslar o’rni qoldirilib, yana bo’yab chiqiladi. Natyumortning rangli tasviri tugallanguncha qadar ish shu tariqa davom ettiraladi. TSilindr va shardagi soyalar, yarim soyalar va tushuvchi soyalar bir – birlaridan yorug’lik kuchlari bilan ajralib turishlari kerak. Bo’yoqda ularni aniq aks ettirish lozim. Rang tuslarini to’qroq chiqarish uchun bo’yoq qavati 5- 6 marta ustma – ust qo’yiladi. Natyumortni rangli tasvirda ishlash tuganidan so’ng, undagi biror rang tusini qayta o’zgartirish mumkin emas. Aks holda o’sha joyga bog’liq ravishda uning atrofidagi rang- tuslarini ham o’zgartirishga to’g’ri keladi.



Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling