Tasviriy san’at metodikasi” fa­nidan “Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari”mavzusida kurs ishi


Download 1.17 Mb.
bet2/12
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1374727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
G, Maftuna

Mavzuning dolzarbligi: Pedagogika fanidan shu narsa ma’lumki, «metodika» so’zi (uslub ifodasi) - ifoda etishdan olingan bo’lib, o’rgatiladigan o’quv materialani o’quvchilarga o’rgatish, o’qitish, va o’zlashtirishning nazariy va amaliy asosi - faoliyati yoki usulidir. Ya’ni «uslub» deganda tasviriy san’atda rasmi chiziladigan ob’ektni, naturani yoki tahlil etiladigan san’at asarini o’quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki o’rganishni yo’l-yo’riqlarini, uslublarini tushuniladi. Tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti kursi bo’lajak pedagoglarga maktabda tasviriy san’atni o’qitish va o’rgatishni eng oson, qisqa va ilmiy asosda bo’lishi uslubini o’rgatuvchi fandir. Ishimizda ko`zda tutlgan asosiy maqsad tasviriy san`at fani darslarida o`quvchilarning faoligini oshirishga qaratilgan ilg`or tajriba va yangiliklarni ta`lim jarayonida qo`llash , yangicha tus berish. Shuningdek asosan mavjud tajribalarni o`rganish, tadqiqt qilish, hamda eng samarali usul va metodlarni ishlab chiqish va tajribadan o`tkazish.
Kurs ishining vazifasi:

  • Mavzuning dolzarbligi , maqsadi va vazifalaririni aniq belgilab oladi;

  • Mavzuga oid pedagogik manbalarni o`rganish tahlil qilish va umumlashtirish;

  • Muammoning nazariya va amaliyotdagi ahvolini o`rganish hamda tahlil qilish;

  • Umumta`lim maktablarida tasviriy san` at mashg`ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish va shu orqali o`quvchilarda tasviriy faoliyat ko`nikmalarini shakillantirishga yo`naltirilgan pedagogik tizimnining samaradorligini amaliy tajribada sinab ko`rish;

  • Umumta`lim maktablarida o`qitiladigan tasviriy san` at mashg`ulotlarini kompyuter va axborot texnologiyalarini orqali tashkil etish imkoniyatlarini o`rganib chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish;


I-bob. Tasviriy san`at faning mohiyati, mazmuni.
1.1 Tasviriy san‟at darslarini samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
«Ta‘lim to`g`risida»gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta‘limda ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish prinsipiga alohida e‘tibor berilgan. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini qo`llash asosiy vazifa bo`lib qoldi. Shuningdek ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, darslarni o`qitishning faol usullarini qo`llab tashkil etish muammolarining yechimiga qo`yilgan talab tobora ortib bormoqda. AQSH va Evropa mamlakatlarida «ta‘lim texnologiyasi» sifatida e‘tirof etilgan nazariya bo`lib, uning yaratilishi to`g`risida ma‘lumot beruvchi manbalarni o`rganish natijalari shuni ko`rsatdiki, ta‘lim tizimini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish g`oyasi o`tgan asrning boshlarida g`arbiy Evropa hamda AQSHda ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta‘minlash va bu borada muayyan muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga kelgan. Ushbu g`oya XX asrning 30 - yillarida tasviriy san‘at darslariga «pedagogik texnika», «ta‘lim texnikasi», tushunchasining olib kirilishi bilan asoslangan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta‘lim texnikasi» tushunchasi o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko`maklashuvchi usul, vositalar yig`indisi deya talqin etiladi.
XX asrning 50 - yillarida audiovizual vositalarning yaratilishi hamda ular xizmatidan foydalanish «ta‘lim texnologiyasi»ning yo`nalishini belgilab beruvchi omildir deya baholandi. Ushbu bosqichda asosiy e‘tibor texnik vositalardan samarali foydalanish hisobiga amalga oshirilishi, ularning imkoniyatlarini kengaytirish, axborot sig`imini va ularni uzatishni takomillashtirish va individual ta‘limni yo`lga qo`yish kabi masalalarning ijobiy hal etilishiga qaratildi. O`tgan asrning 60 - yillarida ta‘lim faoliyatini avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur g`oyalariga muvofiq tashkil etish tashabbusi ko`tarildi. Dasturlashtirilgan ta‘lim o`quvchi muayyan bilimlarni qismlarga bo`lib hal etilishi asosida tasviriy san‘at darslarini tashkil etishni nazarda tutadi. Dasturlashtirilgan ta‘lim mazmunida uning maqsadlari, baholash mezonlari tasviriy san‘at darslari mohiyatining aniq tavsifini ko`rsatuvchi ko`rsatgichlar ekanligiga alohida o`rin ajratildi.
«Texnologiya» yunoncha so`z bo`lib, «techne» - mahorat, san‘at va ―logos‖ - tushuncha, ta‘limot, fan ma‘nosini anglatadi.
―Ta‘lim texnologiyasi‖ iborasining ma‘nosi - (inglizcha ―An educational technology‖) tasviriy san‘at darslarini yuksak mahorat bilan san‘at darajasida tashkil etish to`g`risida ma‘lumot beruvchi fan, ta‘limot demakdir yani vaqtda mazkur tushunchaning ta‘rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g`oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud.
Foydalanishga topshirilayotgan tasviriy san‘at darslarining samaradorligini oshirish ta‘lim - tarbiya jarayonini davr talabi darajasida yangi pedagogik texnologiyalar, texnik hamda axborotli vositalar bilan kurollantirishni takozo etadi. Tasviriy san‘at darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish mazkur jarayonning nazariy - amaliy kirralarini tadqiq etish, maxsus ishlanmalar yoki tavsiyanomalarning yaratilishini talab etadi. Uzoq yillardan buyon ushbu nazariya va uning mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borayotgan pedagog olim V.P. Bespalko «ta‘lim texnologiyasi» tushunchasini «amaliyotga tatbiq kilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta‘riflagan bo`lsa, N.F. Tal‘zina «fan va
amaliyot oralig`ida muayyan tamoyillarni olg`a suruvchi usullarni ishlab chikaruvchi, ularni izchil qo`llash kabi masalalarni hal etishga yo`naltirilgan mustaqil fan» ekanligiga e‘tiborni qaratadi.
V.V. Klarin tomonidan yaratilgan «Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse» nomli asarda V.P. Bespalko tomonidan bayon etilgan mulohazalar to`ldirilib, pedagogik texnologiyalarning tasviriy san‘at darslariga tatbiq etish shart - sharoitlari borasidagi qarashlar ilgari suriladi. V.P. Bespalko va M.V. Klarinlarning tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta‘rif berilgan.
B. Lixachev ta‘lim texnologiyasi tushunchasining mohiyati «psixo -pedagogik o`gitlar yig`indisi»ni anglatishini qayd etgan bo`lsa, V.I. Shepel B. Lixachevning «shakl, metod, usul, o`qitish yo`llari hamda tarbiyaviy vositalar majmui» dir degan fikrini qo`llab - quvvatlaydi.
O`z navbatida, V.M. Monaxov V.P. Bespalkoning qarashlariga qo`shilgan holda ta‘lim texnologiyasi «o`quvchi va o`qituvchilarning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoit yaratish orqali o`quv jarayonini loyihalash, tashkil etish, o`qitish bo`yicha ularning pedagogik faoliyatini har tomonlama puxta o`ylangan andozasi» ekanligiga urg`u beradi.

  • Ingliz olimlari K. Tomas va Skinnerlar o`z tadqiqotlarida dasturlashtirilgan ta‘lim mohiyati, istikbollari yuzasidan fikr bildirib, uning afzalliklariga to`xtalib o`tdi.

Ingliz olimi B. Blum ta‘lim texnologiyasi mazmunida ta‘lim maqsadining aniq belgilanishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan holda tasviriy san‘at o`quvchilari tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlarni aniqlash maqsadida test topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida maqsadni oydinlashtirishga xizmat qiluvchi taksonomiyani ishlab chihadi. Taksonomiya muayyan ob‘ektlarni ularning o`zaro tabiiy bog`lanishlari asosida tasniflash va tizimlashdir.
So`nggi yillarda olimlarimiz tomonidan ham ta‘lim texnologiyasi nazariyasiga oid bir kator makola, risola va qo`llanmalar yaratildi. M.O. Ochilov mazkur iborani «Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o`zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o`qitish va bilim o`zlashtirish jarayonlarida qo`llanadigan usul va usullar majmuidir» deya sharhlasa, N. Saidahmedov esa quyidagicha: ―Pedagogik texnologiya bu o`qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchilarga ta‘sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni‖, - degan ta‘rifni beradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling