Tasviriy san’at metodikasi” fanidan “Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari”mavzusida kurs ishi
Download 1.17 Mb.
|
G, Maftuna
Ortiqali Qozoqov
Taniqli o`zbek rassomi Ortiqali Qozoqov 1960 yilda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Atoqli ijodkor yuksak mukofot - O`zbekiston Badiiy Akademiyasining ―Oltin medali‖ (1997 yil) hamda Vatan ravnaqi yo`lida qo`shgan hissasi uchun ―O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat arbobi‖ faxriy unvoni sohibidir. Rassomning shaxsiy ko`rgazmlari nafaqat yurtimiz, balki Vashington (1991), Moskva (1994), Izmir (1995), Nagano (1999), Lyubek (1997) kabi qator shaharlarda namoyish qilingan. O. Qozoqovning asarlari Kipr, AQSH, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Turkiya, Yugoslaviya, Marokash, Kanada, Isroil, Niderlaniya, Janubiy Koreya va ko`plab boshqa xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereyalari va xususiy to`plamlardan o`rin olgan. Ortiqali Kazokov. Hayot baxti. 2000. Ortiqali Kazokov. Lolalar. 2006. XULOSA Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbеkistonda ta`lim sohasida kеng imkoniyatlar ochildi, vatanimizning halqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru e`tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, Tasviriy san`at fanlari yеtakchi mavqе kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas`ullik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Har bir jamiyatning rivojlanishida o’qituvchi (tarbiyachi-murabbiy)lar hal qiluvchi markaziy siymo hisoblanadi. Chunki ular ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bevosita amalga oshiruvchi bo’lishlari bilan bir vaqtning o’zida, shogirdlari orqali ma’naviy va moddiy boyliklarni yuzaga keltiruvchi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchilar har doim hayot yangiliklaridan xabardor bo’lib, unga hozirjavob bo’lishlari talab etiladi. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo’lishi, o’zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko’tarishi, ilg’or tajribalarga tayanishi kerak. Aynan mana shu xol ularning muntazam ravishda o’z ustida mustaqil ishlashlarini taqozo etadi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich sinflardan boshlab, tasviriy san`at mashg`ulotlarini ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart. O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk rassomlar tasviriy san`atning ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar. Bularni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.Mеn o`zimning kurs ishimda tasviriy san`at haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim Shu bilan birga tasviriy san`atga doir bir nеchta misollarni ko`rsatdim. Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling