Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida
Download 0.58 Mb.
|
4-маъруза
So‘fiylar aqidasiga muvofiq, olam yaralishida nuri Muhammadiy yoki haqiqati Muhammadiya asos qilib olingan. Ular bunga “Avvalu mo xalaqallohu taolo kona nuri” (“Alloh taolo yaratgan ilk narsa – mening nurimdir”) hadisini dalil qilib keltirishadi. G‘oya sifatida, nazariy jihatdan, ya’ni fikran Alloh avval insonni yaratdi. Olam ana shu insonni yaratish uchun vosita sifatida bunyod etildi. SHuning o‘zidayoq avval – odam, keyin – olam degan tushuncha kelib chiqadi. Xudo o‘z jamolini ko‘rishi uchun unga bir ko‘zgu kerak edi. SHu ko‘zgu faqat insondagina bor. Bu – uning ko‘ngli. Ko‘ngil esa olamdagi boshqa biror jonzotda yo‘q (Navoiy lirikasida ko‘ngil talqinlari ilmda maxsus o‘rganilgan ham. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam esa ikkinchi barpo bo‘ldi. Lekin mantiqan esa olamni yaratishdan ko‘zlangan bosh maqsad – odamni yaratish. SHu tariqa odam – maqsad, olam – vosita ekani ayonlashadi. Navoiyning o‘ndan ortiq na’t g‘azalida nur talqiniga duch kelamiz. SHoirning maqsadi – g‘azallarida oxir zamon payg‘ambarini har taraflama komil inson sifatida tasvirlashdan iborat. Na’t g‘azallarda nuri Muhammadiya talqinlari o‘zida bir banda, bir ummatning hissiy-qalbiy munosabatini aks ettiradi. Ularda nuri Muhammadiyaning tarixi, tafsiloti, bayoni, ya’ni epik tasviri yo‘q. Islom ilmida payg‘ambarimiz(s. a. v.)ning 134 mo‘‘jizasi keltiriladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling