Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida
Download 0.58 Mb.
|
4-маъруза
“Munojot” so‘ziga “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da ya l i n i sh, yo l v o r i sh deb ta’rif berilgan. Munojot g‘azallarda lirik qahramon Allohdan najot so‘rab, yolvoradi, iltijolar aylaydi, undan bilib-bilmay qilgan gunohlaridan kechishni, qiyomat kunida mag‘firat etilishini, jannat nasib aylashini so‘raydi. SHu tariqa munojot g‘azallarda shoir o‘z dardini ko‘proq ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin: “SHe’r shoirning o‘z “dardi”ni o‘zgalarga bildirishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi” . Tavhid va munojot g‘azallarda murojaat etiladigan va ta’riflanadigan asosiy manzar (ob’ekt) – bevosita Xudoning o‘zi. Lirik qahramon bir banda sifatida YAratguvchisiga o‘z qalb tuyg‘ularini bayon, ichki sirlarini oshkor qiladi. Tavhid va munojot hamd g‘azallar mohiyatiga etish – devonlarning boshqa turdagi g‘azallarini tushunish uchun o‘ta zarur. Ayrimlar islom va adabiyotni bir-biridan butunlay ayri tushunchalar deb hisoblaydi. Bu, umuman olganda, to‘g‘ri qarash. CHunki din bilan so‘z san’atining voqelikka munosabati ham, ko‘zlagan maqsadi ham, ta’sir vositalari ham, voqealar talqinida tasvir usullari ham bir xil emas. Ammo ikkalasining ham bosh manzari – odam. Ikkalasining ham maqsadi – uni ezgulikka undash. Ikkalasining ham mag‘zini axloq tashkil etadi
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling