Tavhid, ya’ni Allohning yagonaligini his etib yashash targ‘ibi Navoiy falsafasining asosiy g‘oyalaridan hisoblanadi. SHu sabab shoir hamd g‘azallarni shunchaki rasmiyat, devonlarini an’anaga muvofiq to‘ldirish uchun yozgan emas. Navoiy uchun falsafiy e’tiqod, nazariy dunyoqarash vazifasini o‘tagan tasavvuf, xususan, uning naqshbandiya tariqati talablari ham shuni taqozo etar edi. Binobarin: “Naqshbandiya mumtoz tariqatlarning oxirgisi va shuning uchun unda butun tasavvuf va uning tariqatlaridagi eng ijobiy tomonlar o‘z aksini topgan”. Aksar hamd g‘azallar Navoiyning umumtasavvufiy dunyoqarashi ta’siridan xoli emas. Aslida, hamd va na’tlarda uning oshiqona, orifona va rindona g‘azallariga nisbatan tariqat talqinidan ko‘ra shariat targ‘ibi – ustun. - Tavhid, ya’ni Allohning yagonaligini his etib yashash targ‘ibi Navoiy falsafasining asosiy g‘oyalaridan hisoblanadi. SHu sabab shoir hamd g‘azallarni shunchaki rasmiyat, devonlarini an’anaga muvofiq to‘ldirish uchun yozgan emas. Navoiy uchun falsafiy e’tiqod, nazariy dunyoqarash vazifasini o‘tagan tasavvuf, xususan, uning naqshbandiya tariqati talablari ham shuni taqozo etar edi. Binobarin: “Naqshbandiya mumtoz tariqatlarning oxirgisi va shuning uchun unda butun tasavvuf va uning tariqatlaridagi eng ijobiy tomonlar o‘z aksini topgan”. Aksar hamd g‘azallar Navoiyning umumtasavvufiy dunyoqarashi ta’siridan xoli emas. Aslida, hamd va na’tlarda uning oshiqona, orifona va rindona g‘azallariga nisbatan tariqat talqinidan ko‘ra shariat targ‘ibi – ustun.
“G‘aroyib us-sig‘ar” devonining 242-g‘azalidagi mana bu baytga ko‘ra, shoir nazdida Allohsiz charx – nima-yu, anjum – nima: Hakimi qudrating ollinda charx ila anjum, Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh. “G‘aroyib us-sig‘ar”da – 7 tavhid, 2 munojot; “Navodir ush-shabob”da – 11 tavhid, 2 munojot; “Badoe’ ul-vasat”da – 5 tavhid, 2 munojot; “Favoyid ulkibar”da – 5 tavhid, 2 munojot. “Xazoyin ul-maoniy”da hammasi bo‘lib 37 hamd g‘azal mavjud. Mavzu yo‘nalishiga ko‘ra, ularning 29 tasi tavhid va 8 tasi munojot ekani aniqlandi. An’anaga ko‘ra, tavhid va munojotlarning bari muayyan harf bilan tugagan g‘azallar guruhining boshida keladi. SHu harfga tegishli na’t g‘azallar ham bo‘lsa, ular, albatta, tavhid va munojotlardan keyin joylashtirilgan. “Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlarda ba’zi harflar bilan tugaydigan bir necha tavhid yo munojot g‘azal bo‘lsa, ayrim harflarga tegishli birorta ham tavhid yo munojot g‘azal yo‘q. - “G‘aroyib us-sig‘ar” devonining 242-g‘azalidagi mana bu baytga ko‘ra, shoir nazdida Allohsiz charx – nima-yu, anjum – nima: Hakimi qudrating ollinda charx ila anjum, Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh. “G‘aroyib us-sig‘ar”da – 7 tavhid, 2 munojot; “Navodir ush-shabob”da – 11 tavhid, 2 munojot; “Badoe’ ul-vasat”da – 5 tavhid, 2 munojot; “Favoyid ulkibar”da – 5 tavhid, 2 munojot. “Xazoyin ul-maoniy”da hammasi bo‘lib 37 hamd g‘azal mavjud. Mavzu yo‘nalishiga ko‘ra, ularning 29 tasi tavhid va 8 tasi munojot ekani aniqlandi. An’anaga ko‘ra, tavhid va munojotlarning bari muayyan harf bilan tugagan g‘azallar guruhining boshida keladi. SHu harfga tegishli na’t g‘azallar ham bo‘lsa, ular, albatta, tavhid va munojotlardan keyin joylashtirilgan. “Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlarda ba’zi harflar bilan tugaydigan bir necha tavhid yo munojot g‘azal bo‘lsa, ayrim harflarga tegishli birorta ham tavhid yo munojot g‘azal yo‘q.
- Tavhid va munojot g‘azallarning ko‘pchiligi – “alif” harfi (mumtoz adabiyotshunosligimizda buni ham “radif” deyish bor, qofiyadan keyin takrorlanadigan so‘z va so‘zlar ham “radif” deyiladi) bilan tugaydigan g‘azallar. To‘rtala devondagi “alif” radifli g‘azallar sinfida tavhid va munojotlar bor. Jami 29 tavhid g‘azalning 12 tasi “alif” bilan tugagan (har bir devonning 1 – 3-g‘azallari). Munojot g‘azallarning ham asosiy qismi – 8 tasi (har bir devonning 4 – 5-g‘azallari) “alif” bilan tugagan. Navoiy, iloji boricha, tavhid va munojot g‘azallarni maxsusan devonlarning boshida joylashadigan qilib yozgan. Bunda ham Alloh ta’rifini boshda joylashtirish qat’iyatidan kelib chiqilgani ayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |