Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida


Download 0.58 Mb.
bet3/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1385872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

“Xazoyin ul-maoniy”dagi barcha devonlarning 4 – 5-g‘azallari – munojot. Tasavvuf nuqtai nazaridan oshiqona, orifona va rindona g‘azallarda ta’riflanadigan yor timsolida ham zimdan Alloh ko‘zda tutilgan bo‘ladi. SHoirning hamd g‘azallari ham tasavvufiy talqinlardan ayri emas. Lekin tavhid va munojot g‘azallarning bu jihatdan muhim farqi shundan iboratki, ulardagi Alloh timsolida tasavvufona ramziylik emas, aksincha, bevositalik bor. YA’ni tavhid va munojot g‘azallarda Alloh yor timsolida emas, bevosita Alloh tarzida ta’rif va tavsif qilinaveradi. Lirik qahramon ham ko‘proq oshiq tarzida emas, balki bevosita bir banda sifatida YAratguvchisiga o‘z qalb tuyg‘ularini bayon etadi. Tavhid va munojot g‘azallardagi lirik qahramon murojaat etadigan va ta’riflanadigan asosiy qahramon – bevosita Xudoning o‘zi. SHuning uchun hamd g‘azallardagi Alloh timsolini yor timsoli tarzida qabul qilmaslik kerak. Ishqiy g‘azalning mamduhi, bugungi atama bilan aytganda, ob’ekti – yor, ya’niki ma’shuq. Hamdlar ishqiy mazmunda bo‘lmaydi. Bu – juda nozik jihat. Tavhid hamd g‘azallar va munojot hamd g‘azallar ko‘p umumiy jihatlarga ham, alohida-alohida xususiyatlarga ham ega.

  • “Xazoyin ul-maoniy”dagi barcha devonlarning 4 – 5-g‘azallari – munojot. Tasavvuf nuqtai nazaridan oshiqona, orifona va rindona g‘azallarda ta’riflanadigan yor timsolida ham zimdan Alloh ko‘zda tutilgan bo‘ladi. SHoirning hamd g‘azallari ham tasavvufiy talqinlardan ayri emas. Lekin tavhid va munojot g‘azallarning bu jihatdan muhim farqi shundan iboratki, ulardagi Alloh timsolida tasavvufona ramziylik emas, aksincha, bevositalik bor. YA’ni tavhid va munojot g‘azallarda Alloh yor timsolida emas, bevosita Alloh tarzida ta’rif va tavsif qilinaveradi. Lirik qahramon ham ko‘proq oshiq tarzida emas, balki bevosita bir banda sifatida YAratguvchisiga o‘z qalb tuyg‘ularini bayon etadi. Tavhid va munojot g‘azallardagi lirik qahramon murojaat etadigan va ta’riflanadigan asosiy qahramon – bevosita Xudoning o‘zi. SHuning uchun hamd g‘azallardagi Alloh timsolini yor timsoli tarzida qabul qilmaslik kerak. Ishqiy g‘azalning mamduhi, bugungi atama bilan aytganda, ob’ekti – yor, ya’niki ma’shuq. Hamdlar ishqiy mazmunda bo‘lmaydi. Bu – juda nozik jihat. Tavhid hamd g‘azallar va munojot hamd g‘azallar ko‘p umumiy jihatlarga ham, alohida-alohida xususiyatlarga ham ega.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling