Tavsifnomasi. Texnologik


Tayyor mahsulot va ishlatiladigan xom ashyoning


Download 332.5 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1274148
1   2   3   4
Bog'liq
4 Курс иши. Pardozlash. — копия

2.Tayyor mahsulot va ishlatiladigan xom ashyoning


Tavsifnomasi.

Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning xususiyatlari:


Mineral paxta:


Zichligi: (50 ÷ 80) kg / m3;


Ekstremal harorat: -180 ⁰S dan + 700 ⁰S gacha
Mineral paxta qurilish va sanoatda issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu materialdan foydalanish bino ichida qulay muhit yaratilishini kafolatlaydi: sovuq havoda issiqlikni saqlaydi, yozda esa aksincha salqinlik yaratadi.

To‘qilgan matlar:


Egilmagan; - Zichligi: 50-125 kg / m3


Metall setka bilan qoplangan; - Uzunligi: 1000-6000 mm
Kraft qog‘ozli astar bilan qoplangan; - Kengligi: 1200 mm
Alyumin folga astar bilan qoplangan; - Qalinligi: 50/60/70/80/90/100/120 mm
- Maksimal harorat: - 180 + 7S +700 ⁰S


Turar-joy binolari, jamoat va ishlab chiqarish binolari va inshootlarning, shuningdek, issiq va sovuq suv ta'minoti isitish tarmoqlarining quvurlarini, barcha tarmoqlarning texnologik quvurlarini issiqlik izolyatsiyasi va ovoz to‘sish uchun mo‘ljallangan.

Issiqlik izolyatsiya plitalari:




Yumshoq plastinka (PM) - Zichligi: 40 ÷ 50 kg / m3; qalinligi 50-150 mm
Yarim qattiq plastinka (PP) - Zichligi: 60 ÷ 80 kg / m3; qalinligi 30-150 mm
Qattiq plitalar - Zichligi: 100 ÷ 140 kg / m3; qalinligi 30-150 mm
Qattiqligi oshirilgan plitalar (PSJ) - Zichligi: 160 kg / m3; qalinligi 30-90 mm
- Uzunligi: 600-1200 mm
- Kengligi 400, 600, 1200 mm
- Ekstremal harorat: - 60°C - 400°C gacha


G‘ishtdan, gaz betondan va boshqa bloklardan yasalgan ko‘p bo‘lmagan qavatli binolarning uch qavatli yengil devorlarining sendvich panellari, tomlar, pollar, shiftlar, ichki qismlarining issiqlik va ovoz o‘tkazmaslik xususiyatlarini shakllantirish uchun foydalanishga tavsiya etiladi.

    1. 3. Texnologik qism

Bu bo’limda quyidagi texnologik hisoblar keltiriladi:
3.1. Korxonaning ish rejimini tanlash;
3.2. Korxonaning unumdorligini aniqlash (yil, kun, smena va soatlik);
3.3. Xom ashyoga bo’lgan ehtiyojni hisoblash;
3.4. Ishlab chiqarish texnologik tizimi va uning sharhi;
3.5. Elektr quvvatiga bo’lgan ehtiyojni hisoblash;
3.6. Ombor hajmini aniqlash;
3.7. Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni hisoblash.


      1. 3.1. Korxonaning ish rejimini tanlash

Korxonaning ish rejimini aniqlashda mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik tizimi, usullari, ularning bir-biridan farqi, kamchilik va afzaliklari hisobga olinishi zarur.
Texnologik tizimni tuzishdan maqsad, bajariladigan texnologik jarayonlarning ketma-ketligini belgilashdir. Bundan tashqari, bu bo’limda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni paytida yuz beradigan asosiy kimyoviy-fizikaviy jarayonlar hamda tanlangan asosiy uskunalarning vazifalari sharhlab beriladi.
TSexning ishlash tartibi (rejimi) ishlab chiqarish tavsifi, quvvati va boshqa faktorlarga qarab belgilanadi. Ko’pgina tsexlarda ishchilar: bir- ikki smenada, ba’zida esa uzluksizni ta’minlash maqsadida uch smenada ham ishlashlari mumkin.
Tegishli me’yoriy hujjatlarga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Korxonadagi texnologik jarayonlarni, xom ashyo oqimlari va ishchilar sonini to’g’ri hisoblash uchun tsexning ish rejimini tanlash kerak. TSexning ish rejimi yillik ish sutkalari soni va sutkalik smena soni bilan tavsiflanadi.
Ish rejimi bir va ikki smenalarda 8 soat, uchinchi smena esa 7 soat deb qabul qilinadi. TSexning yillik ish kunini qabul qilishda temiryo’l tansportidan foydalanilganda, ish uch smenada 365 ish kuni deb, avtomobil transportidan foydalanilganda esa 1-2-3 smenada 260 yoki 305 ish kuni deb belgilanadi.
Korxona (tsex)da tavsiya etiladigan ish rejimlari 1-jadvalda keltirilgan.


1-jadval
Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqaruvchi korxona (tsex)lar uchun ish rejimlarini quyidagi ma’lumotlar asosida tanlash mumkin.



TSex, bo’lim, jarayon

Bir yilda ish kuni, kun

Bir kunda smenalar, smena

Smenada-gi ish soati,
Soat

Bir yilda ish soati, soat

Uskunadan foydala-nish koef-fitsienti,
Kf

Uskunalarning hisobiy yillik ishlash fondi,
Tf, soat

1



Asosiy va yordamchi tsexlar

350

3

8+8+7

8050

0,85

6842



2

300

2

8+8

5600

0,85

4760



3

260

3

8+8+7

5980

0,85

5083



4

260

2

8+8

4160

0,85

3536



5

305

3

8+8+7

7015

0,85

5963



6

305

2

8+8

4880

0.85

4148



Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun zarur bo’ladigan texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Tf=T kf ishchi soat (1)
Bu yerda:
Tf - texnologik uskunalarning yillik ishlash vaqti fondi, ishchi soat;
T - texnologik uskunalarning yillik me’yoriy ishlash vaqti fondi, ishchi soat;
kf - uskunadan foydalanishda to’xtalishlar, joriy va kapital ta’mirlashlarni hisobga oluvchi koeffitsient bo’lib, kf=0,8-0,9 atrofida qabul qilinadi.

3.2. Korxonaning unumdorligini aniqlash



      1. (yil, kun, smena va soatlik)

Korxonaning unumdorligini aniqlashda ishlab chiqarishdagi sifatsiz mahsulot va yo’qotishlar miqdori tegishli me’yorlar bo’yicha qabul qilinadi. Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish korxonalari uchun mumkin bo’lgan yo’qotishlar va sifatsiz mahsulotlarning o’rtacha miqdori 1-3% oralig’ida tavsiya etiladi.
Sifatsiz mahsulot va yo’qotishlarni e’tiborga olgan holda, korxonaning yillik hisobiy unumdorligi quyidagi formula asosida aniqlanadi:


t/y Uyh=40000/1-(10/100) Uyh =45454,5 (2)
Bu yerda:
- korxonaning yillik hisobiy unumdorligi (yo’qotish va sifatsiz mahsulotlarni hisobga olgan holda);

Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling