Tavsifnomasi. Texnologik


Download 332.5 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1274148
  1   2   3   4
Bog'liq
4 Курс иши. Pardozlash. — копия

Mundarija:

1. Kirish.

2. Tayyor mahsulot va ishlatiladigan xom ashyoning tavsifnomasi.


3. Texnologik qism:


- korxonaning ish rejimi rejasini tanlash;
- korxonaning unumdorligini aniqlash (yil, kun, smena va soatlik);
- xom ashyoga bo’lgan ehtiyojni hisoblash;
- ishlab chiqarish texnologik tizimi va uning sharhi;
- elektr quvvatiga bo’lgan ehtiyojni hisoblash;
- ombor hajmini aniqlash;
- ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni hisoblash.

4. Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar:


- asosiy mahsulot uchun mehnat sarfi;
- energiya sarfi;
- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.

5. Mahsulot sifatini tekshirish.


6. Atrof muhitni muhofaza qilish.


7. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



  1. K i r i sh

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SHavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4198-sonli hamda 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4335-sonli qarorlariga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning o’quv yili davomida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llay olishlari katta ahamiyatga egadir.


Hukumatimiz rahnomaligida qurilish industriyasida olib borilayotgani islohotlar, jumladan respublikamizga jalb etilayotgan rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalari asosida yangi loyihalar yaratilmoqda, zamonaviy texnologiyalari kirib kelmoqda. Bularni amalga oshirishda quruvchi-muxandis-texnolog mutaxassislari oldiga qator mas’uliyatli vazifalarni, xususan pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyalari asosida ularni rejali tashkil qilish, boshqarishning yangicha usullarini qo’llash, samarali natijalarga erishish shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda yagona Ecover «mineral paxta» qurilish materiallarining afzalliklari nimada. Ekoklimat kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib tovush, issiq va sovuq o‘tkazmaydigan, allergiya qo‘zg‘atmaydigan va o‘tga chidamli «mineral paxta» qurilish materialini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Siz gaz va elektr energiyasidagi taqchilliklarga qaramay, uyingiz osongina isishini, xonadoningizda yetarli yorug‘lik bo‘lishini istaysizmi? Xo‘sh, bunga qanday qilib erishish mumkin? Albatta, tejamkor va energiya samarador mahsulotlar yordamida. Bunday mahsulotlarning afzalliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? Binolar qurilishida qanday materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq? Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda energiya tejamkor uylar qurishda yangi usullar» mavzuidagi taqdimot anjumanida mahalliy ishlab chiqaruvchi «Ekoklimat» kompaniyasining Ecover brendi ostidagi «mineral paxta» qurilish materiallari qaysi jihatlari bilan energiya tejamkor va samaradorlik me’yorlariga javob berishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uy, ofis va boshqa qurilish binolarida tom ostida ingichka qoplama, shift, devor, xonalar orasidagi devorlar, pol va podval uchun keng foydalanilayotgan Ecover — milliy brendi ostidagi ushbu qurilish materiali o‘zidan issiqlikni kam miqdorda o‘tkazishi, namlikka bardoshli va shovqinni yaxshi ushlashi kabi xususiyatlari bilan binoni qishda issiq, yozda salqin ushlab turadi. Shu boisdan, hammom, sauna, oshxona, kafe va restoranlar, issiqxonalar, basseynlarda ham keng foydalanilmoqda.
Alohida ta’kidlash o‘rinliki, korxonada ishlab chiqarilayotgan xavfsizlik, ekologik toza, tejamkorlik, chidamlilik, qulaylik kabi ko‘plab foydali xususiyatlarga ega ekanligi bilan mahalliy mineral paxta materialiga qiziqish va xaridorlar soni tobora ortib borayotir.
Haqli savol tug‘ilishi mumkin, bu materiallar qurilishda qanday afzalliklarga ega va foydalanishga topshirilgan bino uchun qanday ustunliklar taqdim etadi?

Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling