Taxeometrik dala jurnalini qayta ishlash va topografik xarita tuzish


Download 1.28 Mb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1618052
1   2   3   4   5
Bog'liq
Taxometrik dala jurnalini qayta ishlash va topografik xarita tuzish labaratoriya ish

Elektron taxeometrik stansiyalar eng ommaviy bo‘lib, ko‘p firmalar tomonidan chiqarilmoqda. Har bir firma o‘z asboblarini kodlash sistemasiga ega. Ular odatda ma’lum aniqlik diapazonini qamrab oladigan bir avlod asboblarining 3 sinfi (seriyasi) chiqari- ladi. Har bir seriyada o‘rnatilgan diapazon doirasida aniqligi, av- tomatlashtirish darajasi va qo‘shmicha funksiyalarning har xil to‘plami bo‘yicha farqlanadigan bir necha modifikatsiyasi bo‘ladi (45- rasm).
Taxeometrik stansiyalar masofalarni va burchaklarni bevosita o‘lchash — qutbli syomka, rejalash ishlari, masofani vositali aniq- lash, balandlikni aniqlash, maxsus ishlarni — doiraviy qabullar
usulida, doiraviy egrilarni rejalash, fasadli syomka, poligonomet- riyani o‘rnatish va boshqa maxsus ishlarni bajarishda qo‘llaniladi. Zamonaviy elektron taxeometrik stansiyalar avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra mexanik, motorlashtirilgan, robotlashtirilgan (ra- dioaloqa orqali olisdan motorlashtirilib boshqariladigan)larga
bo‘linadi.
Burchakli va chiziqli o‘lchash aniqligi bo‘yicha ular tegishlicha: o‘rtacha aniqlikda -mě = 3-5²; mD = 5 + [5 - 3] mm/km, aniq mě = 2 - 3², mD = 3 + [3 - 2] mm/km va yuqori aniqlikda mě = 1², mD = 1 + [2 - 1] mm/km o‘rta kvadratik xatoliklar bilan o‘lchaydiganlarga bo‘linadi.
Dasturli ta’minoti, ma’lumotlarni saqlash, uzatish turi va qo‘shimcha funksiyalari bo‘yicha: mexanik-izlovchi nur, pozisiya- lari nur, markazlashtirgich, motorlashtirilgan aniq avtomatik yo‘nalishtirish, qaytargichni avtomatik kuzatish, robotlashtirilgan (qo‘shimcha) identifiktor bo‘yicha qaytargichni izlash, qaytargich- dan radiomodem bo‘yicha distansiyali boshqarish kabilarga bo‘linadi. Topografik syomkalar an’anaviy geodezik asboblar, shuningdek, zamonaviy elektron asboblarda ham bajarilishi mum- kin, ammo syomka metodlari avvalgidek qoladi. Ufqiy va tik syomkalar ko‘pincha qutbli usulda bajariladi, bunda elektron asboblarda koordinatalarni topish aniqligi yuqori.
Elektron taxeometrlarning paydo bo‘lishi bilan taxeometrik syomkani to‘la va qisman avtomatlashtirish imkoni tug‘iladi. Bunda elektron taxeometr syomkali nuqtalarda o‘rnatiladi va piketli nuqtalarga taxeometr komplektiga kiradigan qaytargichli nishon tayoqchalar qo‘yiladi. Bu hamda yondosh va syomkali nuqtalardagi nishon tayoqchalarga asbob trubasi yo‘naltirilganda ufqiy va tik burchaklar hamda ulargacha masofa avtomatik rejimda aniqlanadi. Taxeometrning mikro EHMi o‘lchash natijalariga avtomatik tarzda ishlov beradi va Dx va Dy orttirmalarni, yondosh syomkali hamda piketli nuqtalargacha nisbiy balandliklarni aniqlaydi. Bunda o‘lchanadigan masofalarga va o‘lchanadigan burchaklarga asbob tik o‘qini qiyaligi ta’siri uchun ham tuzatmalar avtomatik tarzda hisobga olinadi. O‘lchashlar natijalari maxsus xotira (informatsiya yig‘uvchi) moslamalariga kiritilishi yoki magnitli kassetaga yozilishi mumkin. Keyinchalik informatsiya magnitli kasseta — yig‘uvchidan EHMga kiradi, u maxsus dastur bo‘yicha o‘lchashlar natijalarini yakuniy ishlovini bajaradi, syomkali va piketli nuqtalarning koordinatalarini hisoblashni, joy
topografik rejasini grafikli yasash va joyning raqamli modelini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisoblashlarni o‘z ichiga oladigan o‘lchashlar natijalarini topografik rejasini yasashni EHM bilan ulangan grafo-yasovchida amalga oshiriladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling