Taxlilning boshqa usullari


Download 125.12 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi125.12 Kb.
#1575144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

α = αsol • l • C,
bu yerda: αsol —qutblangan tekislikning solishtirma burilishi.
αsol ning qiymati qutblangan nurning to'lqin uzunligiga, haroratga, modda va erituvchining tabiatiga bog'liq.
Qutblangan tekislikning molyar burilishi (Ф) solishtirma burilishi (αsol) va molyar massa (μ) ko'paytmasiga teng:


Ф = αsol • μ

Qutblangan tekislik solishtirma yoki molyar burilishining yorug'likning to'lqin uzunligiga bog'liqligi optik burilish dispersiyasi deyiladi. To'lqin uzunligi kamayishi bilan optik burilish ortib boradi. Yutilish spektri chiziqlari chegarasida maksimum qiymatga erishib, keyin tezda minimumga tushib, asta-sekinlik bilan oshadi (26-rasm). Bu o'zgarish Kotton effekti deyiladi:




a=(Фmaxmin)/100

Qutblangan tekislikning solishtirma va molyar burilishi o‘z ishorasini o‘zgartirishi ma’lum tahliliy qiziqish uyg‘otadi. Qutblangan tekislikning burilishi kuzatilmaydigan yorug'likning to'lqin uzunligi to'lqin uzunligining nol burilishi deyiladi. Qutblangan tekislikdagi to'lqin ikkita doimiy qutblangan komponent (o'ngga D va chapga buriladigan L) dan iborat bo'lib, tegishli muhitda har biri ma’lum molyar nur yutilishining molyar so'ndirish koeffitsiyenti εL va εD qiymatlarida ma’lum sindirish ko'rsatkichi nL va nD ga ega bo'ladi. Nur yutilishining molyar so'ndirish koeffitsiyentlarining farqi aylanma dixroizmni ifodalaydi:




Δε = εL + εD.
Shuningdek, molyar elliptiklikni ham ifodalaydi:


Q = 2,303 (εL - εD) = 3300Δε.

Kotton effekti, optik burilish dispersiyasining egri chizig'i yordamida organik va koordinatsion birikmalami struktura stereokimyoviy va fazoviy konformatsiya tuzilishiga baho berish mumkin.


Polyarimetrik analiz usuli hozirgi kunda mineralogiya, mikrokimyo sanoatida mineral va kristall cho'kmalarni o'rganish, qand sanoatida moddalar tarkibidagi qand miqdorini aniqlash maqsadida; yog' sanoatida refraktometrik analiz usuli bilan birgalikda yog' tarkibini, farmatsevtika sanoatida dorilar tarkibini indenti fikatsiyalashda qo'llaniladi.
1.Масс-спектрометрик анализ усулларининг моҳиятини тушунтириб беринг.
2. Масс-спектрометрия усули аналитик кимёнинг қандай соҳаларида ишлатилади?
3. Атом ва молекулаларни ионлаштиришнинг қандай усуллари бор?
4. Молекуляр ионларнинг қандай турлари бор? Улар қандай олинади?
5. Масс-спектрлар ёрдамида қандай катталиклар аниқланиши мумкин?
6. Масс-спектрларнинг қандай аналитик аҳамияти бор?
7. Масс-спектрометр қандай тузилган?
8. Масс-анализатор қандай вазифани бажаради?
9. Ионлаштиргичда қандай жараён содир бўлади? Унинг моҳияти нимада?
10.Масс-спектрометриянинг аналитик қўлланилишини тушунтиринг. Бир хил m/z қийматга эга бўлган ионларни ажратиш мумкинми?



Download 125.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling