Taxlilning boshqa usullari


Download 125.12 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi125.12 Kb.
#1575144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

R=
bu yerda: n — sindirish ko'rsatkichi; (μ— molyar massa; d — zichlik.
Molyar refraksiyani hisoblash uchun bir xil haroratda moddaning zichligi va sindirish ko'rsatkichi o'lchanib yuqoridagi formulaga qo'yib hisoblanadi.
Molyar refraksiya additiv xossaga ega bo'lib, molekuladagi atomlar refraksiyasining yig'indisiga teng.
Masalan: RCCl4 . = RC+ 4RC1 = 2,42 + 4 • 5,97 = 26,36.
Atom refraksiya har bir element uchun aniqlangan (maxsus ma’lumotnomalarga keltirilgan). Tajriba yo'li bilan hisoblangan molyar refraksiya qiymati bilan nazariy hisoblangan refraksiya qiymati solishtirilib, yangi aniqlangan modda formulasi to'g'risida xulosa qilinadi. Demak, molyar refraksiya moddalarning tarkibini indentifikatsiyalashda, ayniqsa, ahamiyatli.
Oziq-ovqat sanoatida (yog‘, asal, kofe) moddalarning tozaligini aniqlashda refraktometrik analiz usuli qo'llaniladi.
Bu usul eng oddiy instrumental analiz usuli hisoblanib, analiz uchun oz miqdorda modda talab qilinadi, analiz tez va oson bajariladi.


POLYARIMETRIK ANALIZ USULI

D. Arago kvars kristalida (1811 -y.) va J. Bio eritmalarni aniqlashda (1815-y.) qutblangan tekislikning burilishini aniqladilar. Qutblangan numing burilish burchagini o‘rganishga asoslangan analiz usuliga polyarimetrik analiz usuli deyiladi. Ma’lumki, bir tekislikda tebranadigan nur qutblangan nur, tekislik esa tebranish tekisligi deyiladi ( rasm).



a-tabiiy nur, b-qutblangan nur
Qutblangan nurga perpendikular tekislik qutblangan tekislik deyiladi.
Barcha modda va eritmalar qutblangan nurga bo‘lgan munosabatiga qarab 2 ga bo'linadi.
1. Qutblangan nur tekisligini o‘zgartiradigan optik aktiv moddalar.
2. Qutblangan nur tekisligini o'zgartirmaydigan optik noaktiv moddalar.
Moddalarning optik aktiv xususiyati ularning kristall panjarasi va molekulaning tuzilishi bilan xarakterlanadi. Ana shu xususiyatlariga qarab optik aktiv moddalar ham ikki turga bo'linadi:
— qattiq kristallar: kvars SiO2, NaC1O3 va boshqalar. Ayrim ionlami ochishda hosil qilinadigan kristall cho'kmalar. Masalan, T1AuC14 • 5H2O va PbCl2 optik aktiv xossaga ega. Bunday moddalarning kristall panjarasi buzilsa, eritilsa optik aktiv xususiyati yo'qoladi;
— ikkinchi tur optik aktiv moddalarga eritilgan yoki gaz holidagi moddalar kiradi. Ularning optik aktivligi molekulaning tuzilishiga bog'liq. Bularga organik moddalardan: glukoza, vino kislotasi, morfin, olma kislotasi va boshqalar misol bo'ladi. Masalan, olma kislotasi molekulasining tuzilishini ko'raylik:

Polyarimetrik analiz usulining vazifasi ikkinchi tur moddalarni aniqlashga asoslangan. Agar optik aktiv moddadan qutblangan nur o'tsa, u qutblangan tekislikni aylantiradi. Qutblangan tekislikning ma’lum bir burchakka burilishi qutblangan tekislikning burilish burchagi (α) deyiladi. Qutblangan tekislikning burilish burchagi eritmadagi optik aktiv modda konsentratsiyasiga (C, g/ml), eritma qavatining qalinligiga (l) bog'liq:

Download 125.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling