Tayanch iboralar


Download 58 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi58 Kb.
#159670
Bog'liq
3 DEKABR - NOGIRONLARNI HIMOYA QILISH KUNI





--------------------------------------------------------------------
3 DEKABR - NOGIRONLARNI HIMOYA QILISH KUNI
REJA :


  1. Nogironlar kuni, mehr, muruvvat, saxovat tushunchalari.

  2. Mehr-muruvvat va saxovatlilik haqidagi maqol va hadislar izohi.


TAYANCH IBORALAR:

Mehr, muruvvat, saxovat, samimiyat, mehrsizlik,xayrli ishlar, ijtimoiy himoya.
Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir. O‘zbek millati uchun bu fazilat o‘ta milliy qadriyat. Hech bir millat farzandi ota-onasiga o‘zbek bolasidek mehr-muruvvatli, oqibatli bo‘la olmaydi.

Mehr-muruvvat, oqibat negizida insonning qadriga yetish, hol so‘rash, xayr-saxovat ko‘rsatish, yetim-yesirlarga saxiy bo‘Iish kabi fazilatlar mujassamdir. Insonlarga yaxshilik qilish muruvvat va oqibatning asosidir.

3 dekabr - NOGIRONLARNI HIMOYA QILISH KUNI deb nishonlanishi asrlar osha sayqallanib, mazmunan boyib va kengayib kelgan mehr va muruvvat tushunchalarining kelajak avlod ongida yanada mustahkam o‘rin olishida muhim ahamiyatga ega.

Biz tinch osmon ostida, osoyishta zaminda yashamoqdamiz. Bu yurt odamlarining yuragida mehr-muhabbat jo‘sh uradi. Ular kimgadir yaxshiliklar qiladi, muruvvatlar ko‘rsatadi.

Yakka-yolg‘iz faxriylarga, nogironlarga, serfarzand oilalarga, ko‘makka muhtoj boshqa fuqarolarga hurmat-e’tibor va xayr-saxovat ko‘rsatish bugungi Uzbekistonda davlat miqyosidagi an’analar safidan mustahkam joy olmoqda. Yurtboshimiz Islom Karimovning ta’kidlashicha:

«Insonparvarlik — bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo‘ravonlik uning tabiatiga yotdir. Bizniig xalqimiz o‘zining voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p narsalarni boshidan kechirdi — madaniyatsiz davlatchiligi yutuqlari nashidasini surdi, o‘zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi. Lekin tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushirolmadi. O‘zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug‘lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg‘usiga dardlik mujassamlashgandir»( K a r i m o v I. A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.» Toshkent: O‘zbekiston, 1992, 6b-bet. 56).

Haqiqatdan ham insonlar ixtiyoriy ravishda sadaqa qilganlar, jamgharma boyliklaridan kambag‘al oilalarga yordam tariqasida berganlar. Xonadon boshiga tashvish tushganda yordam berish an’ana bo‘lib qolgan. Bunday olijanoblik, himmat, insonparvarlik o‘zbek xalqining qoniga singib ketgan.

Xalqimizning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan mehmondo‘stlik, kattalarga hurmat, serfarzand oilalarga g‘amxo‘rlik qilish, to‘y va marosimlarda o‘zaro yordamlashish, hashar, oilada bir-birlariga ko‘maklashish, himmatlilik, oila buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi udumlar insonparvarlikning asosini belgilaydi. Uzbekistonda nogironlar jamiyati, «Navro‘z» xayriya jamgharmasi, «Mahalla» xayriya jamgharmasi insonparvarlikni amalga oshirishga qaratilgan. Ularning maqsadi odamlarga mehr-shafqat, muruvvat, qiynalganlarga madad, kambag‘allar va muhtojlarga yordam, xayr-ehson, mehr-muruvvat ko‘rsatishdir.

Bu yaxshi tashabbus. Haqiqatda ham insof, odamgarchilik, mehr-shafqat, xayr-ehson kabi ming yillar davomida kishilikning ezgulik ishlari bo‘lib kelgan tushunchalar odamlar orasida keng o‘rin olishi lozim. Axir keksayib qolgan ota va onani qariyalar uyiga tashlab, yillab xabar olmay kayf-safo qilib yurgan boyvachchalar ham, voyaga yetmagan, jinoyat qilib qamalayotgan yosh bolalar ham, aroqxo‘rliklari tufayli nogiron bo‘lib tug‘ilgan bolalarini maxsus yetimxonaga tashlab qo‘ygan ota-onalar ham, xalqning pulidan urib qolib millionlarni ko‘zlagan yulg‘ichlar ham bu foniy dunyoda hamma bir-biriga g‘animat ekanligini yaxshi tushunishlari kerak-ku! SHumday ekap, ota-bobo-larimizning udumiga sodiq qolgan holda bir-birimizga mehr-oqibatli, shafqatli bo‘laylik.



Aziz yoshlar! Sizlar azaliy qadriyatlarni asrlar osha asrab kelayotgan elning avlodisiz! Sizlar undan faxrlanishingiz va shu ulug‘ yurtga munosib farzand bo‘lishlaringiz kerak!

Albatta, har biringiz o‘z kelajagingizni o‘ylash barobarida siz bilan hamnafas yashayotgan keksalar, ota-onalaringiz, aka-ukalar, opa-singillaringiz va tengdoshlaringiz uchun qayg‘urasiz! Buni o‘zlariga burch deb bilgan yoshlarimiz ko‘plab topiladi. Aslida ham shunday.

Mehr forscha so‘z bo‘lib, birinchi quyosh, oftob, ikkinchi sevgi, muhabbat, ishq degan ma’nolarda ishlatiladi. Quyoshning hikmati shundaki, u barchaga baravar. Yaxshiga ham, yomonga ham birdek nur sochaveradi. Mehrli inson ham shunday. U hamisha yordamga shay turadi, birovlarning hojatini chiqaradi, o‘zgalarning mehnatini qadrlaydi

Muruvvat arabcha so‘z bo‘lib, mardlik, odamgarchilik, saxiylik degan m anolarda qo‘llaniladi. Bu so‘z ko‘pincha qo‘shma so‘z, ya’ni mehr-muruvvat tarzida ishlatiladi. Murruvvat so‘zi bir kishining boshqaga moddiy yordam ko‘rsatishi ma’nosidan tashqari yana insonni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ham anglatadi.

Insonparvarlik rishtalari hamisha mustahkamlanib boraversin. Ana shundagina hayotimiz yanada charog‘on va foydali bo‘ladi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Xayr-ehson deganda nimani tushunasiz?

2. Ota-onasini qariyaiar uyiga topshirgan kishilar haqida siz nima deya olasiz?

3. Qanday kishilarni mehr-shafqatli, muruvvatli, oqibatli desa bo‘Iadi?



4. Guruhlarga bo‘Iinib, bolalar va qariyalar uyiga boring, ularning holini so‘rang. 5. Kasalxona yoki mahalladagi hojatmand bemorlarga yordam uyushtiring.

6. Bahs mavzusi: «.Mehr-oqibatning tub mohiyatini nimada deb bilasiz?»
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling