Tayanch kompetentsiyalar


VIII.Darsning borishi (reja)


Download 1.4 Mb.
bet19/24
Sana16.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1095218
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8-sinf kimyo 4 chorak

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism(4-daqiqa) a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash(10-daqiqa):a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:(15-daqiqa)
Qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda mahalliy o'g'itlar bilan bir qatorda mineral o'g'itlarning ahamiyati ham juda katta. O'simliklarning normal hayot kechirishi uchun ug'lerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zarur. Ayniqsa, ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyning ahami­yati juda muhimdir.
O'simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda ularda kimyoviy elementlar davriy sistemasida 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrim- lari o'simliklarning normal o'sishi uchun ko'proq, ayrimlari esa ozroq miqdorda kerak
bo'ladi.
O'simliklar uchun ko'proq miqdorda zarur bo'ladigan elementlar makro- elementlar, ozroq miqdorda kerak bo'ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi:
Makroelementlar С, О, H, N, P, S, Mg, Iv, Ca;
Mikroelementlar Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co.
Azot, fosfor va kaliy elementlari o'simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, ko'p miqdorda kerak bo'ladi. Shuning uchun bu elementlarni o'simliklar o'zlashtira ola- digan moddalar ko'rinishda ko'proq ishlab chiqarish zarur.
O'simliklarda azot yetishmaganda uning o'sishi kechikadi. Barglari och-yashil bo'lib qoladi, hatto sarg'ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o'simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Fosfor o'simliklar hayotida zarur bo'lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun kat­ta ahamiyatga ega.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling