Tayanch konspektlar


KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYATLARI


Download 0.5 Mb.
bet31/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

2. KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYATLARI

Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro’y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o’tganda bo’ladi. Asosiy e’tibor «iste’molga moyillik» va «jamg’arishga moyillik»ka qaratiladi.


Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg’arishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o’stiradi, ammo bu o’sish daromadlar darajasida bo’lmaydi. Oqibatda daromadlar o’sishi bilan jamg’arish ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo’l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun qo’llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy tendentsiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan, ya’ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o’z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo’lgan resurslarning miqdori bilan o’lchanadi.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O’z davrida J.B.Sey va biz yuqorida ko’rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo’lib, har qanday taklif o’z-o’zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns «Sey qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to’g’ri tanqid ostiga oladi.
Xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo’li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflyatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo’llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga quyish uchun rag’batlantiriladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling