Tayanch konspektlar


FANNING O’RGANISH USLUBIYOTI (METODOLOGIYASI)


Download 0.5 Mb.
bet2/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

2. FANNING O’RGANISH USLUBIYOTI (METODOLOGIYASI)


«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Bu g’oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo’nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o’z ichiga oladi.
Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg’or metodlari yig’indisidan iborat bo’lib, tarixiy, induktsiya, mantiqiy abstraktsiya va boshqa usullardan keng foydalanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo’jalik ob’ekti bilan chambarchas bog’liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli printsipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. CHunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo’lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o’rganishni taklif etishadi, ammo bu so’nggi nazariya avvalgi ko’p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo’ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma’lum vaqtdan keyin o’zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog’liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o’rganish orqali ekonomiks, xalq xo’jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy kontseptsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o’zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o’zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko’mak beradi.
3. QADIMGI SHARQDAGI IQTISODIY G’OYALAR

Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo’lgan qadimgi SHarqdan izlamoq mantiqan to’g’ridir.


Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo’lyozmalarda aks ettirilgan g’oyalargina tahlil qilingan. SHu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog’i, xususiy mulk paydo bo’lishi bilan boshlanadi, deyish o’rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati SHarqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va yefrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo’jaligida intensiv, ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tildi, shu asosda nisbatan turg’un ko’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo’ldi.
Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo’lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik orttirilgan. SHarqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining axvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, SHarq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko’pgina olimlarning fikricha, SHarqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo’jaligida ustun bo’lgan.
SHarq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo’jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog’liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). SHu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O’z mahsulotini sotishga mo’ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo’jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo’lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to’la shakllanmagan bo’lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo’lishidan kat’i nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Xindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, xukmronlik va bo’ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Xindistondagi iqtisodiy g’oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oraligida)dir (tom ma’nosi bo’yicha ifoda, amaliy hayot to’g’risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to’ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u CHandragupta I podsholigi davrida podsho maslaxatchisi Kao’tile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib quyilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko’tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag’batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyiladi.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g’oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo’lgan. Konfutsiylik g’oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-TSzi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to’plamida («Suxbatlar va mulohazalar») o’z g’oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o’tmishdan izlaydi. SHu davrda obro’si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g’oyalar keyinchalik Ken-TSzi (m.a.312-289 yy.), Syun-TSzi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). YOshlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chikmaslik g’oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammani o’z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering).
«Guan-TSzi» (m.a. IV a.) asarida ham xo’jalikni davlat tomonidan tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o’rganib, undan xo’jalikni barqarorlashtirishda ma’lum mexanizm sifatida foydalanish taklif etiladi. Xalq xo’jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g’oyasi ilgari suriladi. Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo’l) g’oyalari alohida o’rinni egallaydi, uning asoschisi Lyao-TSzi bo’lib, Konfutsiy davrida yashab, ijod etgan (m.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi, qonunlar ko’pligi tufayli «xalq kambag’allashmoqda», degan edi u. Daosizm g’oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo’lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu g’oyaga ko’ra inson ibtidoiy davrga kaytishi, yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak. Ko’rinib turibdiki, unda reaktsionlik elementlari bor, ammo bu g’oyada xalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki tsivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham hizmat kilayotgan edi. Bunda kurashdan voz kechish, davlatning xalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari ustun kelgan.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling