Tayanch konspektlar


Download 0.5 Mb.
bet5/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

TSitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq bo’lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo’lib, savdo-sotiq ancha o’sdi, sudxo’rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq xo’jaligini qo’llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo’rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, TSitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo’rlarning manfaatini ham himoya qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o’sdi, qullar qo’zg’oloni ro’y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar ko’zg’oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo’lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo’ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag’al aholi yordamida hoqimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo’l qilmoqchi va boyimoqchi bo’ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi.
YAngi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo’ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo’lib qoldi, kolonat o’sdi. Aristotel g’oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo’lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa boshladi.
Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo’lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g’oyalari Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavelning fikri) g’oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi.
5.ARAB VA G’ARBIY yeVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR

SHarq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo’jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer soligini yig’ish huquqini yo’qotgan emas. SHu sababli SHarqda «davlat feodalizmi»ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o’z aksini topdi


Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g’oyalarning asosi Qur’oni karimda (arabcha qiroat, ya’ni o’qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat kuchaydi. Bu harakat so’nggi din - Islomda o’z aksini topdi. Islom ta’limoti payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kur’oni karimda mujassamlangan. Islomdagi yo’l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo’lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o’rin berilgan. Qur’oni karimdagi asosiy g’oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug’landi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Allox taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo’rlikni, ya’ni ribo’ (sudxo’rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va xatto xasad qilishni katta gunox degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi va yolg’on ishlatish, o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Allox taoloning Qur’oni karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-esirlarga muruvvat, xayr-exson qilish (3-sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g’oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. yetimlar xaqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e’lon qilingan. SHuningdek, o’zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo’ychilik bilan shug’ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Kur’oni karimdagi «Englar, ichinglar, xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng aktual masalaga aylangan). «Daryo bo’yida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli.
Islom huquqshunosligida foydaning eng yuqori miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring).
SHarq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug’ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo’lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo’lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo’lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g’arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko’rsatdi.
Soliqlarni faqat davlat, ayrim xukmdorlar foydasiga yig’ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi aytiladi.
Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning o’rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o’sishi» bilan bog’liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo’lmasa, buyum ham bo’lmas edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida «zaruriy» va «qo’shimcha mahsulot», «zaruriy va qo’shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. Zamon va makonda o’z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g’oyalarni berdi.«Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo’lsa - unga sarflangan mehnatiga teng», «daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o’rni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim (marjinal g’oya bor).
Italiyalik roxib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida iqtisodiy g’oyalar ma’lum tartibga solingan. U o’zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o’z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo’jalik hukmron) ravishda davlat o’z-o’zini ta’minlash g’oyasini qo’llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxo’rlik) harom deb hisoblangan.
Bunday iqtisodiy g’oyalar Frantsiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga keldi. SHuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy harakterga ega bo’lgan, yuqori tabaqalarning faoliyatini ma’qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myuntser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar qo’zg’oloni bo’lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar. SHu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to’g’risidagi g’oya buzilganligini ko’rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shoxona hayot kechirayotganiga qarshi chiqdi.
SHu davrda feodalizm yo’lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g’oyalar vujudga keldi. IX asrda tashkil topgan Qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan «Russkaya pravda» qonunlar to’plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differentsiatsiyasi, yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar, sudxo’rlar, qarzdorlarni noo’rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro’y berdi (13 ga yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash publitsistik tus oldi. SHunday publitsistlardan biri yermolay edi, monax - roxibligida yerazm nomini olgan. yermolay yerazm o’z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudxo’rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga hizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan) odamlarga berish kerak, degan to’g’ri g’oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga bo’ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Groznыy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya’ni boyarlarni) yo’q qilish uchun kurash bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga aylandi.
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o’zgarishlar ro’y berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo’la boshladi. Farbiy yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko’riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo’shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g’oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-1680), YU.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon etilgan.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling