Tayanch konspektlar


IX-XV ASRLARDA O’RTA OSIYO IQTISODIY FIKRLARI


Download 0.5 Mb.
bet6/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

6. IX-XV ASRLARDA O’RTA OSIYO IQTISODIY FIKRLARI

X-XII asrlarga kelib O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy tafakkurning SHarqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O’rta Osiyo yevropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.


Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, Nizomulmulk va boshqa ko’plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. SHarq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o’rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o’zlashtirib oladi, odam esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. SHu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishi kerak».
Forobiy (873-950) O’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning SHarq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so’ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning (1318-1389) «Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «dil yor (Allox) bilan, qo’l ish bilan (band bo’lsin)» degan tezisi o’sha davr va hozirgi kun uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e’tiqod qilishning o’zi kifoya deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste’mol qilishini, soliqlarning og’irligi, davlat mablag’larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida ikto’ni tanqid qilgan. Iqto’ - o’rta asrlarda O’rta SHarq, shu jumladan O’rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer (Temuriylar davlatida suyurg’ol).
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis YUsuf Xos Xojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shao’arlaridan biri Bolasog’unda tug’ildi(olamdan o’tgan yili noma’lum). Bo’lajak mutafakkir o’z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling