Tayanch konspektlar


Download 0.5 Mb.
bet7/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning xulq-atvori kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so’roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish to’ppa-to’g’ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foizgacha narx quyish mumkin bo’lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko’rsatgan. SHunday vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o’lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o’lponlarni taqsimlagan.
A.Temur vafotidan keyin SHoxrux va Ulugbek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo’shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o’sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug’bek tomonidan o’tkazilgan pul islohoti bilan bog’liqdir.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida ham iqtisodiy g’oyalar muhim o’rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi faoliyati qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo’shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va’da bergan va va’dasining ustidan chiqqan, ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik, rabot va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan.
Davlat arbobi va qomusiy olim Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to’plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o’rin berilgan. «Zakot to’g’risidagi katta kitob» da esa o’sha davrdagi soliq, uning turlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o’zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug’ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo’lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o’z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to’g’risidagi avvalgi g’oyalar dastlabki sotsialistik kontseptsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor «Utopiya» (lot. yo’q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg’arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo’lgan (1529-32 yillarda Angliya kantsleri). U Uyg’onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do’sti edi. Katolik bo’lgan. Qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig’i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U «qo’ylar odamlarni yeb quydi» iborasining muallifidir. SHu davrda dehqonlarni cheklash, ya’ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog’liq edi. Mato to’qish, jun, ayniqsa qo’y juniga bo’lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o’rab olindi va qo’y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko’chaga haydaldi. Bu o’ziga xos agrar inqilob - sanoat to’ntarilishi uchun sabab bo’ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. SHu voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan T.Mor qaerdaki xususiy mulk hukmron bo’lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo’liga to’planadi, degan xulosaga keldi. YAna sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Xayoliy «utopiya» mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo’lmagan), umumiy mehnat bo’lgan, qishloq va shahar o’rtasidagi tafovo’t yo’q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo’q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo’q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o’ylagan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling