Tayanch konspektlar


- Mavzu. A.Smit va D. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari


Download 0.5 Mb.
bet15/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

4 - Mavzu. A.Smit va D. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari


1. A. SMIT MANUFAKTURA DAVRINING IQTISODCHI-NAZARIYOTCHISI

XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o’zgarishlar ro’y berayotgan edi.


Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar xal qiluvchi o’rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo’jaligi va tez o’sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. YAngi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo’lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi.
Angliya sanoati egalari erkin sohibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi. SHu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jihatdan to’la tahlil qiladigan iqtisodiy ta’limotlarga muhtoj edi.
SHunday qilib, XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g’oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g’oyalar A.Smit va D.Rikardo ta’limotlarida o’z aksini topdi.
Bu olimlar o’zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g’oyalarini mukammal o’rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to’qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to’quv mokisini, 1733 yilda J.Hargrivs o’z qizining nomi bilan atagan «Jenni» mexanik to’quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton «myul-mashina»ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to’quv stanogini ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to’quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning energetik bazasi kul va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug’ mashinasi ihtiyoriga o’tishi muhim o’zgarish bo’ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug’ kemasi-paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo’li qurildi.
Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako’mir o’rniga toshko’mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko’proq miqdorda metall olish yo’lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko’prik, quvur va hatto paroxod ham metalldan bo’lishi kerak, degan g’oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda so’za olishiga xech kim ishonmadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling