Tayanch konspektlar
XVII-XVIII ASRLARDA FRANTSIYA TARAQQIYOTINING XUSUSIYATLARI VA UNI P.BUAGILBER QARASHLARIDA AKS ETISHI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Per Buagilber
- Frantsiyaning to’la tavsifi », «Frantsiya to’g’risida varaqa », «Boyliklar tabiati to’g’risida traktat
3. XVII-XVIII ASRLARDA FRANTSIYA TARAQQIYOTINING XUSUSIYATLARI VA UNI P.BUAGILBER QARASHLARIDA AKS ETISHI
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g’oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog’liq bo’lsa, Frantsiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g’oyalar Angliyada Rikardo bilan intixosiga yetgan bo’lsa, Frantsiyada Sismondi bilan yakunlanadi. Frantsiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muxit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Frantsiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo’lib, qirollar («qirol - quyosh - Lyudovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo’jaligining ziyoniga o’tkazildi, feodal munosabatlar to’la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo’lib o’tdi, vaholanki Frantsiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro’y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to’siq edi. Manufakturalar paydo bo’ldi, ammo rivoj topmadi. TSex tizimi saqlangan bo’lib, rivojga to’siq edi. Er masalasi to’la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo’q» tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig’imlarga mahkum etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantirmas edi, vaholanki aholining 3/4 qismi dehqonlar bo’lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. SHu sababli bu sohada islohotlar o’tkazish zarur bo’lgan, ammo unga shu davrdagi tizim xalaqit berardi. Ichki bozor tor bo’lib, kapitalistik tadbirkorlikning o’sishiga yo’l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq to’lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to’lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Ana shunday sharoit Frantsiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Frantsiyadagi asoschilaridan biri bo’lgan Per Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo’lib, de Buagilber - bu oila yer pomestesining nomi edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot olgach, adabiyot bilan shug’ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o’z ko’zi bilan ularning nochor ahvoliga guvox bo’ldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta ugliga topshirdi; o’zini «qishloq xo’jaligining advokati - himoyachisi» deb atadi. Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat uchun ahamiyatini ko’ra bildi. 1691 yilda u Frantsiyani og’ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari buyicha turli islohotlar o’tkazib (ular burjua-demokratik harakterga ega bo’lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning g’oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 1. Soliq tizimini o’tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegishli bo’lishi kerak edi. 2. Ichki savdoni har hil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o’sishini ta’minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 3. Donning erkin sotilishiga yo’l berish, donga tabiiy baho ta’sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho belgilangan bo’lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish o’smay qo’ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin rakobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo’lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga xomiylik qilishi zarur, deb hisobladi. Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo’jalikni rivojlantirishning boshlang’ich shartlari bo’lishi kerak edi. Buagilber o’z g’oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bir oyda qirolga kerak bo’lgan summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki soat davomida kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo’jalik «xuddi hamirturushdagi kabi» tez o’sadi, deydi u. U o’z takliflari bilan bir necha bor murojaat qildi. Ammo uning bu harakatlari zoye ketdi. U o’z g’oyalarini kitoblarda bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning asosiy iqtisodiy asarlari «Frantsiyaning to’la tavsifi», «Frantsiya to’g’risida varaqa», «Boyliklar tabiati to’g’risida traktat» va boshqalardir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707 y. 2 jildda chiqarilgan «Frantsiya ayblari» kitobi ta’qiqlangan. Ularda Frantsiyaning shu davrdagi og’ir iqtisodiy ahvoli to’la yoritib berilgan, ayniqsa qishloq xo’jaligining orqada qolish sabablari to’g’ri berilgan. Xalq xo’jaligi orqada qolishining bosh sababi - olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshlig’i) va boshqalarning merkantilistik qarashlari fosh etilgan. Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e’tiborni «optimal baho paydo bo’lishi» masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proportsional va normal baholar hisoblanadi. Xo’sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o’rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va ma’lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish bo’lmaydi, undan so’ng, bu shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya qilish jarayoni bekamu-ko’st davom etishi va barqaror iste’mol talabi qondirilishi kerak. Va nixoyat, bu shunday baholarki, pullarning «o’z o’rni bo’lib», ular tulov oborotini bajarishi va odamlar ustidan hukmronlik, zo’ravonlik qila olmasligi zarur. Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. SHu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funktsiyasini inkor etmadi: bu o’sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to’g’ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste’mol va talabni yuqori darajada ta’minlashi mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag’allar ko’proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o’z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o’z daromadlarini saqlashda va, demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug’dirishiga olib keladi. Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta’limotlarning keyingi yuz yillikdagi rivojiga katta ta’sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o’sish buyicha printsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. Birinchisi buyicha ishlab chiqarishning o’sishi jamg’arish hajmi (ya’ni jamg’arma va kapital qo’yilmalar)ga bog’liq. Bunda to’lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu kontseptsiyaga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo’lishi inkor etiladi. Ikkinchi pozitsiya buyicha iste’mol talabi ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda o’sishini qo’llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma’lum ma’noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqirozlar muammosini keltirib chiqargan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling