Tayanch konspektlar
-Mavzu. Ilk klassik maktabning vujudga kelishi davridagi
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isaak Nyuton
3-Mavzu. Ilk klassik maktabning vujudga kelishi davridagi
ta’limotlar 1. ANGLIYA VA FRANTSIYADA KLASSIK IQTISODIY MAKTAB VUJUDGA KELISHINING SHART-SHAROITLARI XVII-XVIII asrlarda Farbiy yevropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davridagi (tashqi savdo rivojiga to’siq) protektsionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo’g’uvchi) davlatning iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo’qoldi. Angliyadagi XVIII asr o’rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik diqqatini savdodan industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbai sifatida yanada ko’proq qiziqtira boshladi. Avvaldan ma’lum inqilobiy g’oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish kontseptsiyasi yangi g’oyaning asosi edi. Merkantilizm o’rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. CHunki avvalgi ta’limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo’ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo’layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo’nalish tarafdorlari zimmasiga to’g’ri keldi. Uning namoyandalari o’z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo’yicha dastlabki muhim qadamni qo’ydilar. Uy hunarmandchiligi urniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo’ldi. Tarix, xalq xo’jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o’qiganda hunarmandchilik, tsex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xom ashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo’q, manufakturada esa (manu - qul, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo’ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (er yirik lendlordlar qo’liga o’ta boshladi) ro’y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo’llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o’zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog’liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to’qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi Xalq xo’jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. SHu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexaniqa, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-1727yy.), Tomas Gobs (1588-1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o’xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan g’oya yotadi. «Inson insonga bo’ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir (bu fikr Smitda yaxshi berilgan). Bu olimda tarixga zid fikrlar mavjud bo’lishiga qaramay , uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi tabiatdagi kabi ob’ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm ta’limoti talabga javob bermay qo’ydi va uning buzilishi ro’y berdi. YA.S.YAdgarov klassik maktab rivojlanishida (ma’lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri – XVIII asr boshiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbai va o’lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohasi emas, balki ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko’rsatiladi. Bu bosqich XVIII asr o’rtalarida va 2-yarmida frantsiyalik F.Kene va A.Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbaini qidirish orqali asosiy e’tiborni mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to’la ajratib qo’yilgan. 2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to’g’ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g’oyalarda aks etgan. 3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to’g’ri kelib frantsiyalik J.B.Sey va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar asarlaridagi g’oyalar bilan bog’liq. 4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to’g’ri keladi va J.S.Mill g’oyalarida o’z nihoyasiga yetadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin bizning fikrimizcha, bu unchalik to’g’ri emas. Bu bosqichlarning hususiyatlari tegishli mavzularda yoritiladi. Bizning ma’ruzada sotsialistik g’oya vakillari bozor iqtisodiyotiga muholif ta’limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy fikri xususiy mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi sotsialistik va kommunistik jamiyat yaratish bo’lgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling