Tayanch konspektlar


D.RIKARDO TA’LIMOTINING AHAMIYATI


Download 0.5 Mb.
bet19/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

5.D.RIKARDO TA’LIMOTINING AHAMIYATI

D.Rikardo yagona iqtisodiy kontseptsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do’stona munosabatda bo’lgan.


Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to’laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo’lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to’g’risida uch xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag’ishlandi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank to’zishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a’zosi sifatida o’ziniig iqtisodiy g’oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig’ilishlar erkinligini qo’llovchi no’tqlar bilan chiqqan. 1821y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
U Smitning g’oyalarini qo’llash bilan birga uni to’ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma’lumki Smitda bu manfaatlar bir edi, Rikardo yer egalarining manfaati ishchi va kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi.
Rikardodagi bu o’zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sotsial omillar mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada sanoat to’ntarilishi ro’y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Angliya ko’p yillar davomida «dunyo fabrikasi» nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o’sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko’paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya’ni differentsiatsiya yuz berdi. Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha o’zaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo’shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi ko’rashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o’t qo’yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat xali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-soxibkorlar ham feodalizm qoldiklariga qarshi chiqib, progressiv rol o’ynagan edi.
Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga bo’lgan past bahoning kapital foydasiga bo’lgan ta’siri to’g’risidagi tajriba» nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo lo’nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o’z holiga qo’yilsa, aholining o’sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berishga o’tilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi. Buning barcha foydasi yer egalari bo’lgan lendlordlarga o’tadi. Vaholanki kapitalga bo’lgan foyda normasi pasayadi. Bundan esa ishchilar ham ziyon ko’radi, chunki ularning mehnatiga talab pasayib boradi. Xo’sh, bu tendentsiyaning oldini olish mumkinmi? Xususan, xorijdan arzon don import qilish kerak, demak, bundan «Non qonunlari»ni bekor qilish kerak degan xulosa chiqariladi (Angliyada non va donga yuqori baho qo’ygan maxsus qonun bor edi, uni «Non qonunlari» deb atalardi, bu qonunlar 1830 yilda to’la bekor qilindi). Rikardo parlament a’zosi sifatida doim erkin savdo uchun ko’rash olib bordi. Tarix bu g’oyaning to’g’riligini amalda isbotladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling